b) dastgoh bikirligini baxolash usullari
Dastgohning bikirligini baxolashning uchta usuli mavjud:
1. Statik usul, bikirlik miqdori dastgoh tek turganda aniqlanadi.
2. Dinamika usuli, Tash.P.I pribori bilan aniqlanadi.
3. Ishlab chiqarish usuli, tanavorga ishlov berish orqali aniqlanadi. (bikirlik miqdorini amaliy aniqlash-bu ham dinamika usuliga kiradi).
1. Statik usul. Bikirlikni aniqlashning eng sodda va keng tarqalgan usuli statik usul hisoblanadi. Bu usulda dastgoh bikirligini aniqlashga muhandis К.V.Votinov va prof. A.P.Sokolovskiylar asos solgan. (7.3-rasm).
a) b)
7.3-rasm.К.V.Votinovning stanok bikrligini statik aniqlash: a-sxemasi va b-grafigi.
Statik usulning eng oddiy sxemasi stanokni faqat bitta tashkil etuvchi kuch yordamida yuklash bo’lib hisoblanadi, masalan, bikrlikni aniqlashning ushbu sxemasi К.V.Votinov tomonidan ishlab chiqilgan. Bunda tek turgan tokarlik dastgohi shpindelini, ketingi babka penolini va markazlarga o’rnatilgan tanavorni maxsus qurilma va o’lchagich asbob (7.3, a-rasm) orqali Py va Pz yoki Py, Pz va Px kuchlari orqali yuklash ancha aniq natijalar beradi. O’tkazilgan qator ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, stanok shpindelini Py va Pz kuchlari bilan baravar yuklanilganda tizimning bikirligi Pu kuchi bilan yuklanilgandagiga qaraganda kam bo’lar ekan. Stanoklar statik bikrligini aniqlashda o’ziga xos tavsifnomalar tuziladi. Tavsifnomalarning yuklanish va yuksizlantirish grafik chiziqlari bir-biriga mos tushmaydi (7.1, b-rasm), bu esa yondashgan yuzalarning ishqalanish kuchi ta’siri bilan shartlanadi. Yuklash vaqtida ishqalanish qo’yilayotgan kuchga, yuksizlantirishda esa elastik kuchga qarshilik ko’rsatadi. Bu esa ma’lum miqdorda tizimdagi tirqishlar bilan shartlanadi. Statik yuklanishning yuqorida ko’rib chiqilgan hamma ko’rinishlari u yoki bu darajadagi aniqlikda ishlamayotgan stanok birikmalarining holati haqida tasavvur beradi, biroq stanokning ish vaqtidagi bikirligi haqida to’liq tasavvur bermaydi. [3].
Prof A.P.Sokolovskiy ham statik uslubda Pu, Px va Pz kuchlari bilan deformasiyalovchi maxsus moslama konstruksiyasini yaratdi va uni dastgoh markazlariga o’rnatib tizim bikirligini amaliy aniqlash taklifini kiritdi.
Odatda, statik tekshiruvlar bikrlikning kesish sharoitidagi tekshiruvlariga qaraganda oshiqroq qiymatni ko’rsatadi. Izlanishlar natijasida Leningrad va Toshkent politexnika institutlarida tizim bikirligini aniqlashning yangi dinamik usullari ishlab chiqildi-zinali kesish va ekssentrik yo’nish (masalan, Tash.PI-pribori).
Dostları ilə paylaş: |