Tadqiqot obyekti : maktablarda ta'lim oluvchi boshlang'ich sinf o'quvchilaridan tashkil topgan 108 nafar respondentdan iborat bo'ldi.
Tadqiqot predmetini: maktab o'quvchilarida oilaviy munosabatlar to'g'risidagi tasavvurlar tashkil etadi.
Tadqiqotda qo'llanilgan metodikalarning tasnifi: tadqiqotni amalga oshirish jarayonida quyidagi metodikalardan foydalanildi. Eston psixologi G.Xomentaukasning "Oilaning kinetik rasmi" metodikasi, D.X.Olson, Dj. Portner, I. Lavining "Oilaviy moslashuv va jipslik shkalasi" so'rovnomasi, Rene jilning "Bolaning shaxslararo munosabatlarini o'rganish" metodikasi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning oilaviy munosabatlar to'g'risidagi tasavvurlarini o'rganish odatda kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning oilaviy munosabatlar to'g'risidagi tasavvurlarini to'g'ri shakllanishiga to'siq bo'luvchi omillarni aniqlashga yordam beradi.
- kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning oilaviy munosabatlar to'g'risidagi tasavvurlarini to'g'ri shakllanishi bolaning kelajakdagi oilasini qanday qurishiga, uning o'qish va kelajakdagi ish faoliyatiga ham katta ta'sir ko'rsatadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati:tadqiqotning amaliy ahamiyati esa, olingan tadqiqot natijalarini sharhlash orqali maktab o'quvchilarida oilaviy munosabatlar haqida tasavvurlarning yosh jihatdan farq qilinishi, turli oilaviy muhitda tarbiya topayotgan o'quvchilarda oila haqida tasavvurlarning sog'lom oilada voyaga etishayotgan bolalarga nisbatan boshqacha xususiyat kasb etishi aniqlangani holda, ularga ijtimoiy, psixologik, pedagogik nuqtayi nazardan yondashish chora-tadbirlarini tashkil etishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning tuzilishi :magistr-akademik darajasini olish uchun taqdim etilgan mazkur dissertasiya ishi kirish, uchta bob, to'qqizta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda ilovalardan iborat.
Ilmiy rahbar: R.B.Qudratullayeva