Fakultet: Ijtimoiy fanlar Magistrant: Karomov Shavkat Anvar o’g’li Kafedra



Yüklə 29,59 Kb.
tarix17.09.2023
ölçüsü29,59 Kb.
#144787
ANNOTATSIYA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Fakultet: Ijtimoiy fanlar Magistrant:Karomov Shavkat Anvar o’g’li
Kafedra: Milliy g’oya va ma’naviyat Ilmiy rahbar: dots.Omonov B.
asoslari
O’quv yili: 2019-2021 yy. Mutaxassisslign: 5А111601 - Ijtimoiy
fanlarni o’qitish metodikasi (Ma’naviyat
asoslari)
"Yoshlarning atrof-muhitga estetik munosabatini shakllantirishda ekologik tarbiyaning roli" mavzusidagi magistirlik dissertatsiyasiga


ANNOTATSIYA
Dunyo falsafiy tadqiqotlar tizimida ekologiya, tabiatga estetik munosabat va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning global muammolari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish dolzarb masala sanaladi. Xususan, yoshlarning tabiatga estetik munosabatini jamiyat ekologik ongi va madaniyati bilan korrelyatsion va integrativ alokadorligi, inson bilan tabiatning ekoestetik muloqotini rivojlantirish, manfaat va extiyojlarni optimallashtirish masalasi asosiy ilmiy tadqiqot mavzusiga aylangan. Atrof-muxitni qulay ekologik holatini biosfera muvozanati, tabiiy landshaflar komplekslarini va ekologik borliqni estetikalashtirishga qaratilgan ishlar yoshlar ekologik ongida utilitar estetik qadriyatlarni shakllantirib, tabiatga ekoestetik munosabatini rivojlantirib, zararsiz atrof-muhitni, iqtisodiy komplekslarni yaratish imkoniyatini beradi-.
Tadqiqotimizning asosiy maqsadi - yoshlar ekologik ongini shakllantirish vazifalari yo’nalishlari ularni amalga oshirish usul-vositalarini aniqlash va ilmiy asoslaridan iborat.
Quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
yoshlar ekologik ongini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy, an’anaviy va zamonaviy qadriyatlarni funksioanal uyg’unlashtirish imkoniyatlarini va omillarini aniqlash;
yoshlarning tabiatga estetik munosabati tizimini aniqlash;
yosh avlod ongiga ekologik qadriyatlarni singdirish va mustahkamlashda oilaviy tarbiyaning o’rni va ahamiyati haqidagi qarashlarni takomillashtirish;
milliy ekologik xavfsizlikni ta’minlashda davlat ekologik siyosatining xalqaro miqyosda integratsiyalashish va globallashish xususiyatlarini aniqlash.
Yüklə 29,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin