Fakulteti 2-kurs “investitsion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish”



Yüklə 312,35 Kb.
səhifə7/17
tarix26.10.2023
ölçüsü312,35 Kb.
#161701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
maks.2.0

Oldingi tahrirga qarang.
a) asosiy faoliyat turi tematik xiyobonlar xizmatlarini tashkil qilish bo‘lgan yuridik shaxslarni ular tomonidan tematik xiyobonlar 2022-yil 1-iyuldan kechiktirmay foydalanishga topshirilganda foydalanishga topshirilgan sanadan e’tiboran 3 yil muddatga — yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘i, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan;
(8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
b) tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini 2024-yilning 1-yanvariga qadar — belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga ko‘ra tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallarni (shu jumladan mebel va inventar) olib kirish uchun bojxona bojini to‘lashdan;
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi PF-6318-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 06/21/6318/0927-son) — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
v) tadbirkorlik faoliyati subyektlarini 2024-yilning 1-yanvariga qadar — O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan:
ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan, yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari sakkiz va sakkiztadan ortiq o‘rindiqlarga ega bo‘lgan transport vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
dor (osma) yo‘llarni, tog‘-chang‘i ko‘targichlar, funikulyorlar va boshqa o‘xshash obyektlar va inshootlarni qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, aerostatlar (havo sharlari), elektromotorli qayiq, qorda harakatlanishga mo‘ljallangan maxsus transport vositalari (TIF TN kodi 8703 10) va kvadrotsikllar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga ko‘ra bojxona bojini to‘lashdan ozod etilsin.
(8-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
10. Belgilansinki:
2018-yilning 1-yanvaridan e’tiboran turizm mahsulotlarini sotish va/yoki turizm xizmatlarini onlayn bron (band) qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliqqa solinadigan bazasi elektron xizmatlarni, jumladan, elektron to‘lovlar, bron (band) qilish, ekvayring va boshqa xizmatlarni, shuningdek, turizm xizmatlarining zamonaviy turlarini taklif qiluvchi ixtisoslashtirilgan internet-saytlar va portallarni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan xarajatlar miqdoriga kamaytiriladi;
jamoat joylarida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar foydalanuvchilarning shaxsini majburiy tartibda aniqlagan holda tegishli sifatdagi ulanishni ta’minlashlari lozim;
o‘z hududida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) o‘rnatgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasi, shu jumladan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bazasi tegishli sifatdagi simsiz ulanish hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va internet-trafikni sotib olishga yo‘naltirilgan xarajatlar miqdoriga kamaytiriladi;
jamoat joylarida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bunday hududlarni tashkil etgan joylarda 18 kv.m.dan ortiq bo‘lmagan o‘lchamdagi reklama banneri yoki romlarini o‘rnatish huquqi beg‘araz asosda va mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatlarini olmasdan taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarida (Wi-Fi) taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.
(10-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)
11. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining mehmonxonalarni, tutash yo‘l, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 200 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ikki oy muddatda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi shartlarda kreditlar ajratilishi uchun ularga kredit liniyalarini ochsin:
mehmonxonalar va tutash yo‘l, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlari uchun import uskunalar va texnologiyalarni xarid qilish uchun kredit muddati 15 yilni (imtiyozli davr — 5 yil) tashkil qiladi. Maqsadli kredit liniyasining mablag‘lari hisobiga bitta mijoz uchun ajratiladigan kredit hajmi loyiha qiymatining 50 foizidan oshmasligi lozim;
kreditlar vakolatli tijorat banklarining investitsiya loyihasini amalga oshirishning iqtisodiy va moliyaviy maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi ijobiy qarorlari asosida beriladi. Bunda, bir qarz oluvchiga beriladigan kredit miqdori bitta investitsiya loyihasi uchun 10 mln. AQSh dollaridan oshmasligi lozim.
12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo Bo’ylab” telekanali O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ichki turizm, dam olishning faol turlari va sport turizmini rivojlantirish, madaniy meros obyektlari va tabiiy boyliklar, shu jumladan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni yoritish masalalari bo‘yicha bosh axborot hamkori sifatida belgilansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda o‘n kunlik muddatda mazkur Farmonni hisobga olgan holda kirish turizmini rivojlantirish, ichki turizmning jadal rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining vakolatlari va tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarining loyihalarini ishlab chiqsin va kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Vazirlik va idoralar bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmon bilan muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri — Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash raisi A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.






Yüklə 312,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin