Fakulteti 2-kurs “investitsion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish”



Yüklə 312,35 Kb.
səhifə9/17
tarix26.10.2023
ölçüsü312,35 Kb.
#161701
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
maks.2.0

Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
5. Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida va tartibda 10 million AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, lekin 5000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan, davlat mulki obyektlarini (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3067-son qarorining 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan obyektlar bundan mustasno) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi berilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdorini 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirish;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs qatnashishi shartligi to‘g‘risidagi talabni bekor qilish;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdorini 600 million so‘mdan 400 million so‘mgacha kamaytirish;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdorini uch baravarga kamaytirish;
aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdorini 400 million so‘m miqdorida belgilash;
meva-sabzavot mahsulotlariga eksport kontraktlarini “O‘zagroeksport” AJ tomonidan e’lon qilingan narxlardan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha tuzish, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport kontraktini tuzmasdan, “O‘zagroeksport” AJ rasmiy veb-saytida qayd etilgan narxlardan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha invoys asosida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibini bekor qilish haqidagi takliflari ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Belgilab qo‘yilsinki:
mazkur Farmonning 6-bandida belgilangan shartlarga muvofiq bo‘lgan hamda xo‘jalik faoliyatidan tushadigan jami mablag‘ning 60 foizdan ko‘prog‘i ustav faoliyatida ularning o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulot va (yoki) ko‘rsatayotgan servis xizmati ulushiga to‘g‘ri keladigan xorijiy, shu’ba va qo‘shma korxonalar chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ustav fondlarini ta’sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda shakllantirishning oxirgi muddati hukumatning ayrim qarorlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab bir yildan oshmasligi kerak;
ustav fondining miqdori kamida 200 mln so‘m bo‘lgan hamda ustav fondidagi chet el investitsiyalari ulushi 15 foizni tashkil etuvchi korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida yangi barpo etiladigan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deb hisoblanadi;
mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyoz belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida joylashgan va o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan chet el investitsiyalari ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalargagina taalluqlidir.

Yüklə 312,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin