Fakulteti 2-kurs “investitsion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish”



Yüklə 312,35 Kb.
səhifə10/17
tarix26.10.2023
ölçüsü312,35 Kb.
#161701
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
maks.2.0

(61-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov:
vakolatli organlardan har birining huquqlaridan kelib chiqqan holda ularning chet el investitsiyalarini jalb etish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlasin;
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilarning ushbu sohadagi asosiy vazifalarning bajarilishini baholagan holda davlat investitsiya siyosatining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi oylik hisobotlarini eshitishlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini qo‘llagan holda o‘tkazsin;
xorijiy investorlarni mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlar to‘g‘risida keng xabardor qilish maqsadida xalqaro konferensiyalar, seminarlar, yirik investitsiya forumlarini tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb etishni kengaytirsin.
8. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari zimmasiga — investitsiya muhitini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning samarali amalga oshirilishi, xorijiy investorlarga zarur ko‘mak ko‘rsatilishi, investitsiya buyurtmanomalari sifatli va tezkor ko‘rib chiqilishi, investitsiya buyurtmanomalari bo‘yicha kelishish tartib-taomillari o‘tkazilishi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va investitsiya faoliyati sohasidagi muammoli masalalarning hal qilinishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — xorijiy investorlarga barcha zarur ko‘mak ko‘rsatilishi, investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni o‘rnatish orqali investitsiya buyurtmanomalarining tezkor ko‘rib chiqilishi, investorlarning tizimli ravishda shaxsan qabul qilinishi, tegishli infratuzilmaning ta’minlanishi, yer uchastkalari elektron onlayn-auksionga chiqarilishi, ruxsat beruvchi hujjatlar berilishi, investitsiya buyurtmanomalari bo‘yicha kelishish tartib-taomillarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tizimli monitoring qilinishi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbari zimmasiga — faoliyat yuritmayotgan yoki qurilishi tugallanmagan obyektlar, samarasiz foydalanilayotgan ishlab chiqarish binolari hamda yer maydonlarining ularda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun puxta xatlovdan o‘tkazilishi;
“O‘zbekenergo” AJ raisi, “O‘ztransgaz” AJ raisi, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — investorlarning ishlab chiqarish obyektlari qurilishi va ularning tashqi infratuzilmaga ulanishi, investorlarning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv bilan uzluksiz hamda tashqi kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi zimmasiga — investorlarga respublika hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda maslahat ko‘magining ko‘rsatilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Investitsiya kiritish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 8500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘p martalik uch yillik viza olish va uning amal qilish muddatini O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish huquqi berilsin.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalariga katta miqdorda investitsiya kiritgan chet el fuqarolariga “Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
10. Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda investitsiya kiritish uchun eng qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, investitsiya faoliyati sohasidagi unifikatsiya qilingan qonun hujjati loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, bo‘ysunuvidan qat’i nazar, barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan investorlarning huquq va kafolatlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin hamda qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda:
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni investitsiya faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan yoki uni murakkablashtirayotgan norma va qoidalarni aniqlash nuqtai nazaridan to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 312,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin