Oldingi tahrirga qarang. 11. Fuqarolari uchun Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucherni yoki O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etishga oid talab bekor qilinishini hamda hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida vizani rasmiylashtirishni nazarda tutadigan turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PF-5731-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son) Oldingi tahrirga qarang. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son) 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-iyuldan boshlab elektron kirish vizalarini berish tizimi ishga tushirilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Milliy turizm mahsulotini targ‘ib qilish markazi” DUK O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK etib qayta tashkil etilsin, unga respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilishni tashkil etish bo‘yicha vazifalar yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
2018-yil 1-martiga qadar “Milliy PR-markazi” DUK uchun zamonaviy va yuqori texnologik suratga olish uskunalari, avtotransport vositalari, shu jumladan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lgan avtotransport vositalarini sotib olishni o‘z ichiga oluvchi zaruriy moddiy-texnik bazasi yaratilishini, shuningdek, ijara to‘lovisiz zaruriy xonalar ajratilishini;
2018-yil 1-apreliga qadar ijodiy va suratga olish guruhlarini, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish yo‘li bilan shakllantirishni, shuningdek, ularni ta’minlash va moddiy rag‘batlantirish uchun zaruriy mablag‘lar ajratilishini;
shakllantirilgan ijodiy va suratga olish guruhlarining ssenariylar va suratga olish ishlari konsepsiyasini ishlab chiqish, respublika hududlariga ijodiy ekspeditsiyalar va xizmat safarlari, shuningdek, mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha materiallarni tayyorlaydigan boshqa ijodiy guruhlar faoliyatini doimiy asosda, shu jumladan autsorsing orqali moliyalashtirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining quyidagi aholi qatlamlari uchun respublika hududlari bo‘ylab turizm-ekskursiya turlari tashkil etilishini ko‘zda tutuvchi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun — ta’til davri va dam olish kunlarida;
tashkilotlar xodimlari uchun — dam olish kunlarida, umummilliy bayramlar va ta’til kunlarida, ayniqsa turizm mavsumi sust davrda;
aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, pensionerlar, urush va mehnat faxriylari uchun — sanatoriy-kurortlarda dam olishdan faol foydalangan holda yil davomida;
keksalar, yosh oilalar, fuqarolar yig‘inlari faollari, xotin-qizlar va boshqa jamoat birlashmalari vakillari uchun — turizm mavsumi sust davrda.
6. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
bir oy muddatda Dasturni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun kiritsin;
Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda turizm xizmatlari ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining sifat, xavfsizlik va narxlarning raqobatbardoshligi mezonlaridan kelib chiqib Dasturda ishtirok etish hamda ularning Dasturni amalga oshirish doirasida o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmlarini belgilasin;
2018-yilning 1-martiga qadar o‘zining rasmiy veb-saytida Dasturda ishtirok etish shartlari, turizm-ekskursiya dasturlarini tashkil etish mexanizmlari haqidagi, hamkor tashkilotchilar va ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatlari hamda boshqa zaruriy ma’lumotlarni joylashtirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining tuzilgan xalqaro shartnomalarini mazkur Farmonning talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
8. Quyidagilar: