likvidligi darajasini yanada mustahkamlash, kapitallashuv darajasini oshirish, kreditor va aksiyadorlar mablag‘larini saqlash va ko‘paytirish, bank faoliyati bo‘yicha yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish masalalari rivojlanish Strategiyasining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarni rivojlantirishda alohida e’tibor qaratiladi: Xizmat ko‘rsatish sohasiga, birinchi navbatda, savdo sohasi korxonalariga, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga e’tiborni qaratish;
xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kompleks ta’minlash;
Bank amaliyot markazi ustunliklaridan to‘laqonli foydalanishga erishish va
kartochkali biznesni rivojlantirish;
Namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarida uy-joylarni qurilishini, ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan pudrat tashkilotlari ehtiyojini kompleks moliyalashtirishni ta’minlash;
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar
qurilishi hajmini va sifatini oshirib borish hamda Osiyo Taraqqiyot Banki, Xitoy Eksport Import banki va boshqa xalqaro moliya institutlari orqali kredit mablag‘larini jalb qilish va o‘zlashtirishda faol ishtirok etish;
Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda bank
mijozlariga taklif etilayotgan xizmatlar spektrini yanada kengaytirish va ularning sifatini oshirib borish, jumladan “Internet-banking” xizmatlaridan foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar safini yanada kengaytirish;
Bank xizmatlarini ko‘paytirish va sifatini oshirish orqali bankning korporativ va xususiy mijozlari sonini ko‘paytirish. Bunda, bank xizmatlarini iste’molchilarga etkazishni takomillashtirish, minibanklardan, bank-klient va boshqa shakllardan foydalanish;
Harajatlarni boshqarilishi uchun samarali tizimni yaratish;
Moliyaviy xizmatlar bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib, bank infratuzilmalari moddiy texnika bazasini mustahkamlash, faoliyatini rivojlantirish(kengaytirish) va bank tizimida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish choralari ko‘riladi