7. XODIMLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH “Hamkorbank” Aksiyadorlik Tijorat Banki Mintaqaviy filialida jami 44 nafar xodimlar faoliyat yuritadi. Ular uchun quyidagi qulayliklar va afzalliklar yaratilgan.
Respublika miqyosida sodir bo’layotgan iqtisodiy o’zgarishlarga aloqador
bo’lish;
Qiziqarli ish, tashabbuskorlik va mustaqil faoliyat qo’llab
quvvatlantiriladi;
Yuqori ijtimoiy maqom, ishdagi muqobillik, ertangi kun ishonchi;
Muntazam oylik maosh;
Xizmat pillapoyalari bo’yicha ko’tarilish uchun yaxshi imkoniyat, karyera bo’yicha o’sish;
Ta’lim, turli kurslarda o’qitish orqali kadrlar malakasini oshirish;
Ish sharoiti qulay, ish o’rni zarur zamonaviy asbob uskunalar, kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan;
Ish joyida xodimlararo munosabatning yaxshi ekanligi;
Yuqori darajadagi ijtimoiy himoya. Ijtimoiy paketga quyidagilar kiradi:
Har oylik mukofot pullari;
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo’yicha pul to’lanishi;
Sog’likni tiklash maqsadida mehnat ta’tili davrida qo’shimcha vositalar
ajratilishi;
Bank tasarrufidagi “Kumushkon” dam olish oromgohida oila a’zolari bilan dam olishga borish;
Xodimlarning farzandlarini bolalar dam olish oromgohlariga yo’llanmalar bilan ta’minlash;
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini bozor narxidan past narxda xodimlarga
taklif etilishi
10. Bank filiallari, mijozlarga odatdagiga nisbatan ko’proq xizmat ko’rsatishsa va mijozlar sonini keskin oshirishsa, ularga odatada yoz faslida turli xil dam olish maskanlari va sihatgohlarga bank hisobidan yuboriladi.
Xulosa va takliflar
Tijorat banki faoliyatini o’rganish jaroyonida shunday xulosaga keldikki O’zbekison Respublikasi tijorat banklari faoliyati, ularning tashkil topish asoslari O’zbekiston Respublikasi qonunlari, meyoriy xujjatlariga asosan asosan amalga oshiriladi va ularning tijorat faoliyatini olib borishlari, turli xil operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun imtiyozlar va qulayliklarga egaligini ko’rishimiz mumkin. Xozirda jahonda banklar mijozlarga 300 dan ortiq xizmatlar ko’rsatadilar. Shulardan asosiylaridan biri bo’lgan kredit operatsiyalaridir. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklarda kredit operatsiyalarini amalga oshirish uchun iqtisodiy meyorining o’rnatilgani tijorat banklarida kredit xizmatlarining o’sishiga xizmat qiladi, bu esa banklarda kredit bo’yicha xatarni kamaytirish bilan birga, bank bo’lmagan kredit beruvchilarga banklar bilan raqobat qilish uchun sharoit yaratadi.
Bank faoliyatini kuzatish va o’rganish jarayonida yana bir element e’tiborimizni tortdi, rivojlangan chet el banklari tajribalaridan ma’lumki bank kartalari mijozning asosiy hamyoniga aylanib ulgurgan va ularda debet karta va kredit karta tizimlari yo’lga qo’yilgan. Biz o’rgangan bankdaham bu tizimlarni yo’lga qo’yishning dastlabki bosqichlari faoliyat boshlaganligini hisobga olib asosan kredit kartalarga beriladigan pul miqdori va muddatini uzaytirish maqsadga muvofiq bo’ladi hamda mijozlarning e’tiborini jalb qiladi.
Yana bir xizmat turi ya’ni lizing berish xizmatlarini takomillashtirishdir.
O’zbekiston Respublikasida lizing xizmatlari o’sish tendensiyaga ega bo’lsada, foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud.
Bu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun quyidagilarni taklif qilamiz: * lizing beruvchilarga kredit axbaroti tizimining aktiv ishtirokchilari bo’lishlari, undan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratish kredit xatarini ancha kamaytirgan bo’lar edi: jixozlar xar xil maishiy texnika vositalri, avtotransport vositalarini, ro’zg’orda foydalanildigan qishloq xo’jaligi taxnikalarini jismoniy shaxslarga xam lizingga bersa jismoniy shaxslarda oldinga intilish, o’z ishlab chiqarishini amalga oshirishga imkon tug’ilar edi: Yuqorida keltirilgan fikrlar, faktlar lizingning rivojlanishi qolaversa Respublikamiz iqtisodiyotining, bank tizimining barqarorligini ta’minlashda ishtirok etadi. Lizingdan foydalanishning kengayishi, investitsiya muxitining yangilanishi, samaradorligining oshishi, makroiqtisodiy barqarorliokning mustaxkamlanishiga olib keladi. Natijada mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanadi va axoli turmush darajasi yanada yaxshilanadi. Bu amaliyot davomida “Hamkorbank” ATB faoliyati bilan tanishib, yana bir bor amin bо‘ldimki, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida о‘z faoliyatimizni banklar faoliyatisiz tasavvur etib bо‘lmaydi.
Amaliyotni о‘tashdan asosiy maqsad – olingan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, tijorat banklarini boshkarishni takomillashtirish bо‘yicha mavjud bо‘lgan qо‘llanma va yuriqnomalarni hamda bunda vujudga keladigan muammolarni о‘rganishdan iborat. Shu bilan birga, amaliyot jarayonida tijorat bank faoliyati umumiy asoslari bilan tanishish, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilish iborat.
Men о‘z amaliyot davrida bank faoliyatini о‘rganish, asosiy operatsiyalarini, bankning maqsad va vazifalari, buxgalteriya hisobini tashkil qilish, ichki nazoratni olib borish yо‘llarini о‘rganishga harakat qildim,mijozlardan turli usullar yordamida pul mablag’larini depozit uchun qabul qilish ishlari, kommunal xizmati va boshqa turdagi ta’minotlar hamda bo’sh turgan pul mablag’larini maqsadli joylashtirish, mijozlar bilan ishlash yo’nalishlari tahlili amalga oshirdim. Amaliyot davomida olingan nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlashga e’tibor qaratdim.