Fakulteti kafedrasi


fakultet Ilmiy Kengashining qarori



Yüklə 363,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix06.05.2023
ölçüsü363,58 Kb.
#108841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Kimyo 4 kurs amaliyot zavod

fakultet Ilmiy Kengashining qarori bilan unga universitetdagi darslardan 
ajralmagan holda kichik kurslarda pedagogik amaliyotni bajarish 
majburiyati yuklatiladi.
Biroq bitiruvchi kurs amaliyotchi talabalari dastur talablarini 
bajarmagan hollarda mazkur semestr o'quv rejasini bajarmagan 
hisoblanadi hamda uzrli bo’lgan taqdirda ham amaliyotni bajarish uchun 
muddat yetishmaydi, chunki o’quv yilining oxirisida tugaydigan 
amaliyotni qayta o’tash uchu 7 hafta vaqt qolmaydi. Bitiruvchilar uchun 
bir hafta ichida yakuniy davlat attestatsiya sinovlari boshlanadi. Bundan 
chiqdi bitiruvchi kurs amaliyotchi talabalari amaliyotga qatnashmagan 
taqdirda kursdan qoldiriladi.
Amaliyot davrida mazkur ishlab chiqarish muassasalarida amaliyotni 
o'tayotgan talabalardan biri guruh tashkilotchisi etib tayinlanib, unga 
talabalaning davomatini hisobga olish, ishni umumiy tashkil etish
talabalani umumiy maslahatlar, seminarlar rejasidan xabardor qilish, 
amaliyot rahbari tomonidan berilgan qo'shimcha topshiriqlani bajarish 
vazifasi yuklatiladi. 
Amaliyot davrida universitetdan va ishlab chiqarish muassasalaridan 
amaliyot rahbarlari tayinlanadi. Amaliyotchilar doimo amaliyot davrida 
amaliyot rahbarlari nazoratida harakatlanishi shart. 
MALAKAVIY ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT
DAFTARINI YURITISH BO'YICHA KO RSATMALAR 
1. Ushbu daftar malakaviy (pedagogik yoki ishlab chiqarish) 
amaliyoti bo'yicha asosiy hujjat hisoblanadi. 
2. Amaliyot daftari har kuni amaliyotchi tomonidan to'ldiriladi va har 


haftaning oxirida ta’lim muassasasi hamda universitet tomonidan 
tayinlangan amaliyot rahbari tomonidan tasdiqlab boriladi. 
3. Kundalikdagi yozuvlar amaliyot rahbari tayyorlangan amaliyot 
dasturiga, uning davomiyligi va belgilangan topshiriqqa mos kelishi shart. 
4. Talaba amaliyot davomida berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida 
bajarilishini va amaliyot daftarida qayd qilib borishi lozim. 
5. Amaliyot davomida talaba bajargan har bir ish va berilgan 
mustaqil ishning bajarilishi kundalik yozuvlarda o'z aksini topishi shart. 
6. Talaba amaliyot davrida bajargan ishlari va kundalik yozuvlari 
asosida xulosa tarzidagi hisobotni tayyorlashi, taqdimot tayyorlashi lozim. 
7. Hisobot malakaviy amaliyot o'taladigan muassasa va universitet 
tomonidan tayinlangan ma’sul amaliyot rahbari tomonidan tekshirib, 
tasdiqlanadi. 
8. Amaliyot daftaridagi barcha kundalik yozuvlar va hisobot aniq-
ravshan, bejirim, qo'lda yozilgan bo'lishi va chizmalar barcha qoidalarga 
amal qilgan holda chizilishi lozim. 
9. Talabalar amaliyotda tayyorlagan hisoboti bo'yicha taqdimotdan 
ijobiy baho olgandan va amaliyot kundalik daftari hamda umumiy 
hisobotni kafedraga amaliyot rahbariga topshirilgandan so'ng amaliyotni 
o'tagan hisoblanadi. 

Yüklə 363,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin