haftaning oxirida ta’lim muassasasi hamda universitet tomonidan
tayinlangan amaliyot rahbari tomonidan tasdiqlab boriladi.
3. Kundalikdagi yozuvlar amaliyot rahbari tayyorlangan amaliyot
dasturiga, uning davomiyligi va belgilangan topshiriqqa mos kelishi shart.
4. Talaba amaliyot davomida berilgan topshiriqlarni o'z
vaqtida
bajarilishini va amaliyot daftarida qayd qilib borishi lozim.
5. Amaliyot davomida talaba bajargan har bir ish va berilgan
mustaqil ishning bajarilishi kundalik yozuvlarda o'z aksini topishi shart.
6. Talaba amaliyot davrida bajargan ishlari va kundalik yozuvlari
asosida xulosa tarzidagi hisobotni tayyorlashi, taqdimot tayyorlashi lozim.
7. Hisobot malakaviy amaliyot o'taladigan
muassasa va universitet
tomonidan tayinlangan ma’sul amaliyot rahbari tomonidan tekshirib,
tasdiqlanadi.
8. Amaliyot daftaridagi barcha kundalik yozuvlar va hisobot aniq-
ravshan, bejirim, qo'lda yozilgan bo'lishi va chizmalar barcha qoidalarga
amal qilgan holda chizilishi lozim.
9. Talabalar amaliyotda tayyorlagan hisoboti bo'yicha taqdimotdan
ijobiy baho olgandan va amaliyot kundalik
daftari hamda umumiy
hisobotni kafedraga amaliyot rahbariga topshirilgandan so'ng amaliyotni
o'tagan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: