Falsafa 21-mavzulari mundarija



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə24/47
tarix16.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#88085
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
Falsafa 21-mavzulari mundarija

Iqtisodiy kichik tizim. Ijtimoiy ishlab chiqarish tushunchasi. Hozirgi ko‘rinishda jamiyat takror ishlab chiqarish, o‘zini o‘zi boshqarish va o‘zini o‘zi tashkil etish ichki mexanizmlariga ega bo‘lgan tarixan muayyan, yaxlit va barqaror tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyat – bu odamlarning shunday bir birlashmasiki, uning yaxlitligi ijtimoiy ishlab chiqarish, ya'ni odamlarning umuman ishlab chiqarish, o‘z hayotini quvvatlash va takror ishlab chiqarishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati bilan ta'minlanadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish – vaqtda davom etadigan va vaqti-vaqti bilan takrorlanadigan jarayon (takroriy ishlab chiqarish). Ayni vaqtda u o‘zgaruvchanlikni, muayyan ijtimoiy dinamikani (ya'ni sof ishlab chiqarishni) o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatilgan omillarning birligi, bir tomondan, an'ana, ijtimoiy merosga, boshqa tomondan esa, amaliy va ma'naviy tajribaning oshishi va to‘planishiga asoslanadi. Ijtimoiy dinamika, jamiyatning rivojlanishi ishlab chiqarishda va odamlar xulq-atvorini boshqarishda to‘plangan tajribani saqlash va kelgusi avlodlarga qoldirish usullarini takomillashtirish bilan ta'minlanadi. Tajribani baham ko‘rishning muhim vositalari – til, namoyish etish, o‘rnak ko‘rsatish va eng muhimi – tajribani o‘zlashtirayotgan odam qaysi xalq vorisi bo‘lsa, shu xalqning ijtimoiy boyligi va madaniy mulki hisoblanadi.
Keng ma'noda ijtimoiy ishlab chiqarish – ijtimoiy hayotning barcha elementlarini o‘z ichiga oluvchi serqirra jarayon. Unga odamlarning ko‘payishi; moddiy ishlab chiqarish, ya'ni odamlar hayotini saqlash va quvvatlashning moddiy omillarini yaratish; ma'naviy ishlab chiqarish, ya'ni bilim, tajriba, qadriyatlarni yaratish; odamlarni boshqarish, ular faoliyatining muvofiqligini, jamiyatning yaxlitligi va uyushqoqligini ta'minlash kabilar kiradi. Ijtimoiy ishlab chiqarish –jamoaning ishi. Ayni shu sababli u ijtimoiy hayotning har bir elementiga xos bo‘lgan munosabatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Ularning asosiylari – oila-ro‘zg‘or, ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy, ma'naviy (mafkuraviy), siyosiy munosabatlardir. Ijtimoiy hayot murakkablashuviga qarab jamiyatda tabaqalanish va mehnat taqsimoti kuchayib boradi. Natijada jamiyatning nisbatan mustaqil bo‘lgan alohida muhim kichik tizimlari vujudga keladi. Bu kichik tizimlarning har biri butun ijtimoiy organizm uchun muhim bo‘lgan funksiyalarni bajaradi. Jamiyatning muhim kichik tizimlari: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy kichik tizimlardir.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin