Falsafa 21-mavzulari mundarija


MAVZU OIL AVA OILAVIY QADRIYATLAR MA’NAVIY MANAVIYATNING BOSH OMILI



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə16/59
tarix10.02.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#52348
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Falsafa 21-mavzulari mundarija

9 MAVZU OIL AVA OILAVIY QADRIYATLAR MA’NAVIY MANAVIYATNING BOSH OMILI

Oila ma'naviyati va mahalla muhiti -milliy taraqqiyotimiz kafolatlari

Oila - nikohga yoki tug'ishganlikka asoslangan kichik gurah. Uning a'zolari ro'zg'orining birligi, o'zaro yordami va ma'naviy mas'uliyati bilan bir-biriga bog'langan. Oila jamoa-urug'chilik tuzumining yemirilishi bilan barqaror uyushma bo'lib yuzaga keldi. Monogamiyaning dastlabki tarixiy shakli patriarxal oila bo'lgan va oilani ota boshqargan. Oila ham jamiyat taraqqiyotiga va oila a'zolari o'rtasidagi mehnat taqsimotiga qarab mohiyatini o'zgartirib turadi. Sharq oilasi G'arb oilasidan farq qiladi.

Haqiqiy sevgi, muhabbat asosida qurilgan oilalar ko'p. Ba'zan hisob-kitob asosida, mulkiy munosabatlar asosida ham oila qurganlar uchraydi. Shu sababli oila buzilishlari ham ko'pdir.

Oilada doimo ahillik, totuvlik bo'lishi lozim. Agar bu narsa bo'lmasa, oilaga putur yetadi. Uning majburiyatlari buziladi. Oila rasmiy tus olgan taqdirdagina, er-xotin oldida, xotin eri oldida, ularning ikkovlari farzandlari oldida, far-zandlari ota-onalari oldida mas'uliyatli va burchli bo'ladilar. Oiladagi ma'naviyat deyilganda er-xotin, ota-ona va bolalar o'rtasida o'zaro hurmat, mehr-muhabbat, shafqat, mehr-oqibat, odob-axloq, ta'lim-tarbiya va boshqa insoniy tuyg'ular ko'zda tutiladi.

Oilaning birinchi vazifasi o'z nasl-nasabini davom ettirishdan, solih va soliha farzandlarni tarbiyalashdan, oila a'zolarining tirikchiligini, bo'sh vaqtini ko'ngilli o'tkazishdan iboratdir. Ahoh soni ma'lum muayyan ko'rsatkichda bo'lib turishi uchun, ohmlarning hisoblashicha, har 100 oilaga 260 ta bola to'g'ri kelishi kerak. Aniqrog'i, 100 oiladan 60 tasida 3 tadan, 40 tasida 2 tadan bola bo'lishi lozim. Olimlar hisoblariga ko'ra, agar har bir oila bittadan farzand ko'rsa, 8-avlodga kelib, ya'ni 200 yildan keyin bu xalq millat sifatida yo'q bo'lib ketishi mumkin ekan. Ma'lumki, oila jamiyatning birlamchi bo'g'inidir. Jami-yat ana shu bo'g'inlardan tashkil topadi. Lekin u shunchaki bo'g'in emas, tirik vujudlar ittifoqidir. Har bir tirik vujudning o'zi alohida bir olam. Oila - ota-ona va ularning bola-chaqalari, eng yaqin tug'ishganlaridan iborat kishilar gurahi, boshqacha aytganda, xonadondir. Oila odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birligidir. Tabiiy munosabat deyilganda bola-chaqali bo'lish, iqtisodiy munosabat deyilganda mulkiy munosabatlar - uy-ro'zg'or, hovli-joy, boshpana; huquqiy munosabat de­yilganda nikohni davlat yo'li bilan qayd etish nazarda tu-tiladi.

Shu sababli oila muqaddas va daxlsiz hisob-lanadi. Ramziy qilib aytsak, oila o'ziga xos kichik bir muxtor davlatdir. Lekin oila osmondan tushmaydi, oila jamiyat tashqarisida emas, uning tarkibidadir. Oilaviy munosabat­lar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy va ma'naviy munosabatlar bilan belgilanadi hamda ular ta'sirida o'zgarib boraveradi.

Xalqimizda, nikoh eng awalo, Arshi a'loda o'qilur, keyin esa yerda, deb behuda aytilmagan. Ota-bobolarimizning azahy tushunchalari bo'yicha, nikoh - ilohiy ahd, oila -muqaddas. «Xotinlaringiz ziroatgohingizdirlar», - deyiladi Qur'oni Karimning Baqara surasi 223-oyatida. Bu so'zlar bilan oila tuzishdan birinchi muddao - farzand ko'rish ekaniga ishora qilinmoqda.

Bola tarbiyasida otaning qattiqqo'lligi, onaning mehri-bonligi hal qiluvchi omillardandir. Oiladagi umumiy sog'lom iqhm mehr-muhabbat, oqibat, o'zaro hurmat, tinch-totuv-lik ota-onaning bilim saviyasi, iymon-e'tiqodliligi, pul va puldorhkka, moddiy va ma'naviy boylikka munosabati va shu kabi ko'pgina narsalarga bog'liq. Ma'naviyatsiz moddiy farovonlikka ham, umumtaraqqi-yotga ham erishib bo'lmaydi. Ma'naviy qashshoqlik milliy tanazzulga olib boradi. Nohalol ayoldan halol farzand dunyo-ga kelmaydi. Umuman, порок ayolni Ona deya sharaflab bo'lmaydi. «Qush uyasida ko'rganini qiladi»,- degan maqol behuda aytilmagan.

O'zbek oilasining o'ziga xos axloqiy mezonlari bor. Avvalo, ertalab barvaqt turish shart. Rizqi ro'z tongda ulashiladi, deyiladi. Barvaqt turilgan kuni ish, o'qishning unumli bo'lishi hammamizga ma'lum. Ikkinchidan, yuz-qo'lni yuvmasdan hol-ahvol so'ralmaydi, yuz-qo'l yuvil-gandan keyingina kichiklar kattalarga salom beradilar. Ayollar nonushta hozirlaydilar. Qizlar, kelinlar hovlini, ko'chani supurib, suv sepib qo'yadilar. Dasturxonga birinchi bo'lib oilaning yoshi ulug'i qo'l uzatadi.

Ish yoki o'qishga oilaning yoshi ulug'idan fotiha olib ketiladi. Qaytganda ham ularga uchrashilib, salom beriladi. Ular bunday hurmatdan mamnun bo'lib, yoshlarni duo qiladilar. Shuning uchun ham oilani rohat-farog'at, tinch-lik-xotirjamlik maskani deydilar.

Oila - millat parvozi uchun maydon. Oilaga qadimdan juda katta e'tibor qaratilgan. Qadimgi Yunon faylasufi Aflo-tun oila tashkil qilishda yigit qanday oilada tarbiya topgan qizga uylanajagini, qizning ota-onalari esa qanday oilalarga qizlarini berayotganlarini yaxshi bilishlari kerak, deb hisob-lagan. 35 yoshgacha turmush qurmagan odam jamiyatda al-batta «bo'ydoqlik» bojlarini to'lashi kerakligini Aflotun qo-nun tariqasida joriy ettirgan. Arastu fikricha esa oila - bu odamlar muloqotining dastlabki ko'rinishi bo'lib, oilalar maj-muidan davlat kelib chiqqan. Hadislarda: «Eng yaxshi sadaqa - kishining o'zidan keyin boylik qilib qoldirgan narsasidir va, eng avvalo, o'zing boqadirgan kishilarga (ahli ayoling) xarj qilgin», - deyiladi va oilaning mustahkamligini ta'min-lashning iqtisodiy asosiga alohida e'tibor qaratiladi.

Oila va jamiyat bir-biriga bog'liq bo'lib, jamiyatning o'zi ham oilalardan tashkil topgan. «Hammamizga ayon bo'lishi tabiiyki, oila sog'lom ekan - jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan - mamlakat barqarordir», - deyiladi «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobida.

Oilaning ma'naviy va huquqiy asoslari. Oilaning ma'naviy Konstitutsiyamizda belgilab qo'yilgan. 63-moddasida: «Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega», - degan qoida mavjud. Oila huquqi - nikoh tuzish va nikohni bekor qilish tartibi va shartlari; er-xotin, ota-ona bilan bolalar o'rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar; farzand- likka olish, vasiylik va homiylik, bola asrab olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlar; fuqarolik holati dalolatno- malarini qayd qilish tarzini belgilaydigan huquqiy me'yorlar yig'indisidir. O'zbekiston Respublikasi oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:



  • oila jamiyat va davlat muhofazasida; barcha fuqaro-lar: jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida teng;

  • ayol bilan erkak oilada teng huquqqa ega;

  • faqat yakka nikohlilikni tan olish va uni mustahkam-lashda yordam berish;

  • ixtiyoriy va erkin nikoh;

  • davlat nazorati ostida nikohdan erkin ajralish;

  • davlat otalik, onalik va bolalikni muhofaza etadi va ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qiladi;

  • bolalarni milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi rahida tarbiyalash va hokazo.

1998-yil 30-aprelda O'zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi» qabul qilindi. U 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan BMTning «Inson huquqlari umumjahon dek-laratsiyasi»ga to'la mos keladi. «Oila kodeksi» 8 bo'lim, 238 moddadan iborat bo'lib, unda nikoh, qon-qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari, oila a'zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari, ota-ona qaramog'idan mahram bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari, fuqarolik holati va dalolatnomalarini qayd etish, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishti-rokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish va boshqalar o'z ifodasini topgan. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari:

  1. Farzand dunyoga kelgach unga chiroyli ism qo'yish.

  2. Farzandning o'ng qulog'iga azon, chap qulog'iga takbir aytish (chaqaloqdan har xil dev, ins-u jinlar daf bo'ladi).

  3. Farzandga aqiqa qilish. Qurbi yetmasa shart emas.

  4. Farzandga ilm (diniy va dunyoviy ilm, kasb-hunar) o'rgatish.

  5. Farzand voyaga yetgach, uylantirish yoki turmushga berish. Farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari:

  1. Muhtoj bo'lganda taomlantirmoq.

  2. Xizmatini qilmoq.

  3. Chaqirganda labbay deb javob bermoq.

  4. Gunohdan boshqa ishlarga buyursa itoat etmoq.

  5. Ota-ona bilan yumshoq muomalada gaplashmoq.

  6. Ota-onani, qodir bo'lsa, libos bilan ta'minlamoq.

  7. Ota-onaning orqasida yurmoq.

  1. O'zi rozi bo'ladigan narsani ota-onasiga ham ravo ko'rmoq.

  1. O'zi yomon ko'rgan narsani ota-onaga ravo ko'rmaslik.

10. Doimo o'zi uchun duo qilganda, ota-onani ham duo qilmoq.

Har bir ota-ona yaxshi farzand o'stirishni xohlaydi. Le-kin mavjud moddiy va ma'naviy muhit ba'zi farzandlarni buzadi, yo'ldan ozdiradi. Yusuf Xos Hojib aytadi:

Shuning uchun xalqimiz: «O'g'ling yomon bo'lsa qad- ding bukiladi, qizing yomon bo'lsa yetti pushtingning rahi chirqiraydi, xotining yomon bo'lsa, seni do'zax azobi kuta- di»,- deb bejiz aytmaydi.

Oila har bir narsani isrof qilmasdan o'rinli va o'z vaqtida ishlatsa, iqtisodiy nochorlikda qolmaydi:

Oilaning ma'naviy asosini, yuqorida aytib o'tilganidek, ahillik, fikriy birdamlik, halollik, poklik, mehnatsevarlik, odoblilik, axloqiy tozalik, inoqlik, totuvlik, bilimga, kasb-hunarga intilish, o'z sha'ni-shavkatini asrash, obro'sini saqlash, sog'lom turmush tarzi, har qanday порок, jirkanch, qonunga to'g'ri kelmaydigan ishlardan saqlanish, xush-muomalalik, mehr-shafqatli, oqibatli bo'lish, kattalarga hurmat, kichiklariga izzat va boshqalar tashkil etadi.

Mamlakatimizda oilani mustahkamlash uchun qator tad-birlar amalga oshirilmoqda. 1998-yil 2-fevralda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Respublika «Oila» il-miy-amahy markazini tashkil qilish to'g'risida» Qaror qabul qildi. Bu Qaror Prezidentimiz tomonidan 1998-yilni «Oila yili» deb e'lon qilinishi munosabati bilan qabul qilindi. Ushbu Qarorda «Oilaning jamiyatni o'zgartirishdagi tutgan o'rni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy manfaatlarini va farovonhgini yaxshilashni davlat tomonidan qo'llab-quwat-lashni kuchaytirish va izchil ta'minlash» ta'kidlanadi. Oila manfaatlarini ta'minlash borasidagi tadbirlar Davlat dasturi kompleks tusga ega bo'lib, u 150 dan ortiq tadbirni o'z ichiga oladi. 1998-yilda ushbu tadbirlarni bajarish uchun davlat budjetidan 144,8 mlrd so'm mablag' ajratildi. 1999-yil «Ayollar yili» deb e'lon qilindi va ushbu yilda-gi Davlat dasturida ham oilaning ustunlaridan biri bo'lgan ayollarning manfaatini himoya qilishga alohida ahamiyat berildi.

2000-yil «Sog'lom avlod yili», 2001-yil «Onalar va bolalar» yili sifatida tarixga kirdi. Bu yillarda oilaning aso-siy tayanchi bo'lgan onalar va bolalar haqida katta g'am-xo'rlik qilindi. O'nlab yangi sanatoriylar, dam olish uylari, tibbiy binolar qurildi. Bolalarga katta yordam ko'rsatildi. O'n minglab Orol bo'yi va Xorazm viloyati bolalari yozda respublikamizning Farg'ona, Toshkent vohasidagi dam olish uylarida hordiq chiqardilar.

2002-yil «Qariyalarni qadrlash yili» deb nomlandi va oilaning ko'rki, maslahatchisi, g'amxo'ri bo'lgan ota-onalarga katta hurmat ko'rsatildi.

2003-yil «Obod mahalla yili» bo'lib tarixda qoldi. Mam-lakatimiz shahar va qishloqlarida guzar va mahallalar obod qilindi, ko'chatlar o'tqazilib, ariqchalar qazildi. Yurtimiz-ning ko'rkiga ko'rk, chiroyiga-chiroy qo'shildi. 2004-yil esa «Mehr va murawat yili» deb atalib, xalqimizning birligini, jipsligini mustahkamlash, qariyalar, yetim-yesirlar, nogiron-lar, kam ta'minlangan oilalarga yordam ko'rsatish borasida katta ish qilindi. 2005-yil - «Sihat-salomatlik yili», 2006-yil - «Homiylar va shifokorlar yili, 2007-yil - «Ijtimoiy himoya yili», 2008-yil «Yoshlar yili», 2009-yil «Qishloq farovonligi yili» deb nomlanib, o'zaro hurmat, oqibat mustahkamlandi.

Insoniyat yaralibdiki, doimo uyushib yashab kelgan. Chunki bir joyda uyushib yashash turli xil xavfdan himoya-lanishni osonlashtirgan. Shu sababli ovullar, qishloqlar va shaharlar paydo bo'lgan. Ayniqsa, ishlab chiqarishning o'sishi va mehnatni tashkil etish masalasi kun tartibiga qo'yilishi xalqning bir joyda to'planib yashash istiqbolini yanada rivojlantirdi. Bu hoi mamlakatimiz xalqlari tarixiga ham xos bo'lib, xalqimizning turmush tarzi va tafakkurida o'ch-mas iz qoldirgandir. O'zbek qishloqlarida turli marosim va to'ylarni o'tkazish uchun oqsoqollar muhim rol o'ynagan. Qishloq oqsoqoli obro'li, halol inson bo'lib, boshqalarga o'z ta'sirini o'tkazgan. Chorvador xalqlarda ham qishki va yozgi yaylovlarda muvaqqat ovullar bo'lgan, ularni ham oq­soqollar, yurtning obro'li insonlari boshqarganlar. Shaharlarning paydo bo'lishi bilan mahallalar yuzaga kelgan. Uzoq tarixda turli xil kasb egalari alohida-alohida bo'lib birlashganlar. Shu sababli boqqollar, kosiblar, kulollar va h.k. mahallalari paydo bo'lgan. Lekin yaqin o'tmishda barcha kasb egalari aralash-quralash bo'lib ketgandan keyin ma'lum bir hudud mahalla bo'lib shakllandi. Mahallalar ham davrga qarab o'zgarib bordi, ularning boshqarav shakli ham yildan-yilga takomillashib, hozirgi ko'rinishga ega bo'ldi.

«O'rta Osiyoda va, awalo, O'zbekistonda mahalla kabi o'zini o'zi boshqaravchi ijtimoiy tashkilotning noyob shakli azaldan mavjud bo'lgan va shu kungacha ham saqlanib qolgan, - degandi Prezident I. Karimov. - O'zbeklar uchun mahalla jamoa tushunchasidan ko'ra ko'proq ma'noni bildiradi». Mahallaning o'ziga xos turmush tarzi bo'lib, u yerda istiqomat qiluvchi kishilar kirn bo'lishidan qat'i nazar uning qonun-qoidalariga bo'ysunadi, bir-birlariga yordam beradi, to'y-ma'raka, hasharida birga bo'ladi. Shu sababli mahallaning turmush tarzi unda yashayotganlar tafakkurida o'ziga xos iz qoldirdi. Mahalla - yirik jamoa bo'lib o'zini o'zi boshqarish tashkiloti. Mahallada norasmiy ijtimoiy aloqalar tizimi tarkib topgandir. Agar biron to'y bo'lsa, oqsoqolning bir og'iz gapi bilan barcha qo'ni-qo'shnilar xizmatda bo'ladi. Birov choy qaynatadi, birov masallig' olib keladi. Xotin-qizlar ham barchasi xizmatda bo'ladi. Ma'raka ham xuddi shunday, bir og'iz gap-so'zsiz ijro etiladi. Hamma mahalla sha'nini saqlashga harakat qiladi. Bu yerda jamoa va oqsoqollar fikriga bo'ysunish tamoyili

ustuvordir. Bu narsa sharqona rahiyatga mosdir. Shu sababli xalqimiz orasida «Mahallang - ota-onang», «Bir bolaga yeti mahalla ota-ona» iboralari paydo bo'lgan. Kishilarning eng xursandchilik va og'ir kunlarida ham mahalla insonlarning kuniga yaraydi, yordam ko'rsatadi, ko'nglini ko'taradi. Yuqorida keltirilgan iboralarning mazmun-mohiyati naqa- dar chuqur bo'lib, tarix sinovlaridan o'tgan. Shuning uchun xalqimiz orasida hamon yangi mazmun bilan yashab kelmoqda. Bu narsa mahallaning an'anaviy tarbiya o'chog'i ekanligini mustahkamladi va uning oldiga zamon talablaridan kelib chiqib, yangi vazifalar yuk-ladi. Ko'p qavath binolar joylashgan hududlarda ham yangi-yangi mahallalar tuzildi va u respublikamizda yashovchi boshqa millat vakillari orasida ham mahalla udumlarining keng yoyilishiga olib kelmoqda. «Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch» asarida ta'kidlanganidek: «Mustaqillik yillarida mahalla hayoti bilan bog'liq ko'plab qadriyatlar, udum va an'analarimiz qayta tiklanib, zamon talablari asosida boyib bormoqda... Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta «mahalla» tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o'rni va maqomi qat'iy belgilab qo'yildi».

Ayni paytda mahalla ko'pchilik uchun ma'naviy muhit hisoblanadi. Chunki bu yerda ibrat bo'larli voqealar ham, ogohlantiravchi voqealar ham sodir bo'ladi. Agar mahalla-da ma'naviy muhit yomon bo'lsa, u yerda turli bezorilar, jinoyatchilar, noqonuniy ishlar bilan shug'ullanuvchilar ko'payadi. Agar ma'naviy muhit yaxshi bo'lsa, buning teskarisi bo'ladi, ya'ni ilmli, iymonli, mehnatkash insonlar ko'payadi. Shu sababli ma'naviy muhit shaxsni ham, butun avlodni ham muayyan yo'nalishda shakllantiradi, tarbiya-laydi, ijobiy xislatlarni yuzaga chiqaradi, ularni nomaqbul ta'sirlardan himoya qiladi. Ma'naviy muhit har qanday yutuq va kashfiyotlarning (chetdan qabul qilingan yangi qadri-yatlarning ham) taqdirini belgilaydi: yo rivojlantiradi, yo unutihshga mahkum etadi yoki deformatsiya qilib, o'ziga moslashtiradi.

Ma'naviy muhit - jamiyatning hissiy, aqliy va jismoniy kamolot borasida erishgan o'rtacha saviyasi asosida vujudga kelgan talablari va ularning amalga oshishi tartibi. Muhit, odatda, barqarorhkka, bir tekislik va bir xillikka intiladi, uning talablari va ta'siri hammaga birdek - o'rtacha bo'ladi. Uning talablariga javob berish uchun kimlardir o'zini tarbiyalaydi, takomillashadi, o'sadi va hokazo. Kimlar uchundir umumiy ma'naviy muhitning talablari kamlik qiladi. Bunday shaxslar yoki ijodiy guruhlarning imkoni-yatlari to'liq yuzaga chiqmasdan qolish xavfi tug'iladi. Shu boisdan umumiy ma'naviy muhit doirasida nisbatan mos-lashgan tabaqaviy, kasbiy - professional yoki guruhiy muhitlar - submuhitlar mavjud. Submuhitlar o'zaro biroz farq qiladi. Farq muayyan ijtimoiy gurah, tabaqa va sinf-larning psixologiyasi va siyosiy mavqei, intilishlari ta'sirida vujudga keladi. Ammo bu farqlar ortiqcha baholanmasligi va ma'naviyatga bolshevikchasiga mustahkamlashtirilgan sinfiyhk nuqtai nazaridan yondashish uchun asos bo'lmasligi kerak. Submuhit umum muhitdan ajralib keta olmaydi va pirovardida uning talablariga bo'ysunishga majbur bo'ladi.

Har bir yosh avlodning ma'naviy yetuk, komil shaxs bo'lib voyaga yetishida musaffo havo, tabiat bilan birgalik-da mahalla va oila muhiti juda katta rol o'ynaydi.

Buyuk yunon olimi Demokritdan bir kishi kelib so'raydi:

- Hozirgi yoshlar to'g'risida nima deya olasiz?

-Hozir yoshlar o'z bilganlaridan qolmaydilar, ularda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat yo'qolgan, mahmado-na va o'zboshimcha bo'lib ketishgan. Buning oldini olish uchun oiladagi va mahalladagi tarbiyani kuchaytirish ke-rak, - deb javob beribdi buyuk mutafakkir.

Demak, mahalla kishilarning tarixan shakllangan, yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko'rsatadigan makoni hisoblanadi. U o'zbek xalqining turmush tarzi, rahiyati, ijtimoiy hayotining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiravchi, milliy an'analarini, urf-odatlari, axloqiy-ma'naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi muqaddas maskan bo'lib kelgan. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, till, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shax-siy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar ularni ezgulik yo'lida jipslashtiruvchi va birlashtiravchi katta oila hisoblanadi. Bu oila insonlarning bir-birlariga bo'lgan o'zaro hurmati, muhabbati, mustahkam do'stligi asosida yashaydi, faoliyat ko'rsatadi.

Oila va mahalla har tomonlama bir-birlari bilan bog'liq. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag'rida kamol topgani kabi, oila ham mahalla ichida ravnaq topadi, nurh kelajak sari intiladi. Kerak bo'lsa, mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, tog'day tayanchidir. Sharq xalqlari, chunonchi, o'zbek xalqi shu narsani biladi, teran ma'no-mazmunini yaxshi tushunadi. Darhaqiqat, sharq xalqlari uchun muhim xususiyat xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo'lishdir. Insonlar o'rtasidagi bunday bog'liqlik va hamjihathkning muhim vositasi - mahalladir.

Prezidentimiz Islom Karimov: «Mahalla - kamdan kam mamlakatda mavjud bo'lgan noyob idora. Bu maskan milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda, el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashda, yoshlarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda muhim rol o'ynab kelmoqda», deb ta'kidlagan. O'zbekistonda turmush madaniyatini yuksaltirish va juda ko'plab muammolarning hal etilishida tarixiy vazifani bajargan mahalla xalqning xalq bo'lib maydonga chiqishida eng birinchi omillardan bo'ldi. Mahalla birlashtiruvchi kuch bo'lib, Vatanning bir bo'lagi hisoblanadi. Mahallada yutuq-lar, kam-ko'stlar ham qo'ni-qo'shnilarga ma'lum. Odamlar-ning bir-birlarini yaxshi bilishlari natijasida o'rtada mehr-oqibat paydo bo'ladi. Mehr-oqibatning boshi andishalilik-da. Bularning barchasi xalqimizni ma'naviy jihatdan yuksaltirgan, uni madaniyatli xalqlar qatoriga ko'targan eng qimmatli milliy belgilardandir. Mahallani tinchlik va osoyishtahk qo'rg'oni, deyish ham mumkin. Afsuski, bizda mahallalar tarixi o'rganilmagan. Aslida, millat tarixini o'rganish mahallalar tarixini o'rganishdan boshlanadi.

Bizda mahallalar o'zaro yaqin hamkorlik va turli hunar-mandchiliklarning ham maskani bo'lgan. Mahallalar nomlarining o'zi ko'hna bir tarix: ko'nchilik, pichoqchilik, juvozkashlik, charxchilik, etikdo'zlik, tayibko'cha va hokazo. Shu bilan birga «professorlar», «olimlar», «shifokorlar», «geologlar» kabi mahallalar ham mavjud.

Mahalla shunday bir muqaddas makonki, unda insonlar bir-birlari bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do'st-birodar bo'lib, har bir xonadondagi to'y-u ma'raka, mo-tamda, barcha xonadonlarning farzand tarbiyasida ham barcha mahalla ahli mas'ul, yutuqlar ham, kamchiliklar ham umummahalla ahliniki hisoblanadi. Shuning uchun ham xalqimizda «Otang - mahalla, onang - mahalla» degan naql bejiz aytilmaydi.

Mahalla haqida gap ketganda, yurtboshimiz Islom Ka-rimov ta'kidlaganidek: «Asrlar mobaynida mahallalarda ko'pdan-ko'p hayotiy muammolar o'z yechimini topib keladi. To'y-ma'rakalar ham, hayit-u hasharlar ham ma- halla ahlisiz o'tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga meros bo'lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o'zi mahallalarni rivojlantirish va ularni qo'llab-quwatlashni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ko'p qirra-li islohotlar amalga oshayotgan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta'sirchan kuch bo'lib xizmat qilishi lozim».

Mahallalarning faoliyatini yanada jonlantirish va ular-ning ta'sirini kuchaytirish maqsadida Prezidentimizning ibratli farmonlari va Respublika Oliy Majlisining qator qommlari hayotga tatbiq qilinmoqda. Jumladan, «Fuqaro-larning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi Qonunni misol keltirsak bo'ladi.

Mahalla katta mamlakatning ichidagi kichik bir mam-lakatdir, katta davlat ichra kichik davlatdir. Shuning uchun uning boshqaruv tizimi bo'lgani kabi, unga xos ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy faoliyat mexanizmi ham asrlar davomida shakllangan.

Mahallada, unda yashovchi oilalar va turli yosh-u jins-lar uchun o'ziga xos bo'lgan turli xil tadbirlar amalga oshi-rib kelinmoqda. Bular: «Balli, qizlar», «Yoshlar mustaqil hayot ostonasida», «Huquqingizni bilasizmi?», «Oila mus-tahkamligi kimga bog'liq?», «Oila - jamiyat tayanchi», «Bolah oilalarga imtiyozlar», «Qaynona-kelin munosabat-larining axloqiy-ma'naviy asoslari» va boshqa tadbirlar.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mazkur qonuni bo'yicha mahallalarga katta huquq berildi, ularning rahbarlik faoliyati kengaytirihb, budjetdan qo'shimcha shtatlar ajratildi va kam ta'minlangan oilalarga nafaqalar tarqatish ham mahallalarga yuklatildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika «Mahalla» xayriya jamg'armasini tashkil etish to'g'risida» gi 1999-yil 12-sentabrdagi Farmoniga ko'ra, tarixan tarkib topgan milliy va ma'naviy qadriyatlarni e'zozlash va izchil targ'ib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va an'analarini keng ommalashtirish, respublika mahallalarida madaniy va ma'rifiy ishlarni keng yo'lga qo'yish, shuningdek, ularni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash choralarini davlat yo'li bilan qo'llab-quwatlash maqsadida jamg'arma tashkil etildi.

Ushbu jamg'armaning asosiy vazifasi:



  • aholining tarixan qaror topgan udum va an'analarini avaylab-asrash va boyitishga har tomonlama ko'maklashish;

  • kam ta'minlangan oilalar, nogironlar, yetimlarga va yolg'iz qariyalarga nisbatan insonparvarlik va mehr-shafqat munosabatida bo'lish g'oyalarini targ'ib qilish;

  • ularga moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatish;

  • bozor iqtisodiyoti sharoitida mahallalarni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga ko'maklashishdan iboratdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmo-niga ko'ra, jamg'armaning hisob raqamiga 25 mln so'm pul o'tkazildi, shuningdek, respublika idora va muassasalariga jamg'armaga aniq maqsadni ko'zlab yordam ko'rsatish tavsi-ya etildi. Undan tashqari mahallada kam ta'minlangan, ko'p bolali oilalar, yolg'iz keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, boquvchisini yo'qotgan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish, xotin-qizlarning manfaatlarini muhofaza qilish, mahalla hududida jamoat tartibini ta'minlash, yoshlar va o'smirlar o'rtasida huquqbuzarhkning oldini olish, voyaga yetmagan-larning huquqlarini muhofaza qilish, yoshlarni harbiy xiz-matni o'tashga jismoniy va ma'naviy tayyorlash ishlari ham amalga oshiriladi. Har bir oilaning o'z kasbiy sulolasi bo'lganidek, mahallaning ham uzoq tarixga ega bo'lgan kasb-hunar sulolasi mavjud. Mahalla aynan shu hunar nomi bi­lan ham ataladi. Mahallalar: zardo'zlar mahallasi, etikdo'zlar yoki duradgorlar mahallalari kabi. Mahallaning tartib qoi-dasi, qadriyatlariga barcha amal qilishi shartdir. Prezident I. Karimov aytganidek: «Hamma - u qanday odam bo'l-masin, qaysi lavozimda o'tirmasin, mahalla ahliga bo'y-sunishga majbur...

Ayrim «beli baquwatlar» ham, quturib ketayotgan ba'zi kimsalar ham mahallaga quloq soladi». Kimda-kim bularga rioya etmasa, hurmat qilmasa, u ma-halladagi o'tadigan tadbirlardan, to'y-ma'rakalardan chet-latiladi, takhf etilmaydi. Agarda kibr-u havo bilan qo'ni-qo'shni, mahalla ahli an'analarini oyoq osti qilsa yoki bepisandhk bilan munosabatda bo'lsa, amaldagi qonunlarga xilof ish tutsa, u mahalladan chiqarib yuboriladi. Bu esa mahalla qonunida eng oliy jazodir. Bu jazo ota-onaning noqobil farzandni «oq qilish»! bilan tengdir. Mahallalar-dagi choyxonalar ham o'ziga xos ahamiyat kasb qilib, aynan ko'pgina tadbirlar, ta'lim-tarbiya ishlari va hokazolar ana shu joyda o'tkaziladi.

Xulosa qilib aytganda, mahalla Sharq xalqlari uchun muhim qadriyat bo'lib, mahallaning har bir fuqarosi uning sha'ni, gullab-yashnashi, taraqqiyoti uchun butun kuch va imkoniyatini safarbar etishi zarur.

Umuman olganda, oila va mahalla jamiyatning muhim bo'g'ini hisoblanib, uni yanada mustahkamlash uchun butun choralar ko'rilmoqda. Zero, demokratik jamiyatda mahalla va oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni beqiyosdir.




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin