Falsafa 21-mavzulari mundarija


Oddiy hukmlarning son va sifat jihatidan bo’linishi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə48/59
tarix10.02.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#52348
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
Falsafa 21-mavzulari mundarija

Oddiy hukmlarning son va sifat jihatidan bo’linishi.

Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq oddiy hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Murakkab hukmlar haqida keyingi paragrafda to’xtalib o’tamiz.


Oddiy hukmlar xususiyatiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
a) Hukmning sifat jihatidan bo’linishi. Mantiqda sifat jihatidan hukmlar tasdiq va inkor hukmlarga bo’linadi. Agar hukm buyumga xos bo’lgan biror belgi va munosabatni qayd etuvchi bo’lsa, u tasdiq hukm bo’ladi. Masalan, “Bugun mantiq darsi bo’ldi”. Ba'zan agar hukm predikati inkor etuvchi va undagi bog’lovchi tadiqlovchi bo’lsa, hukm albatta tasdiqlovchi bo’ladi. Masalan, “Bu qaror asossiz hisoblanadi”. Inkor hukm esa tasdiq etilgan buyum belgilarini rad etishdan iborat. Masalan, “Terak mevali daraxt emas”.
Tasdiq va inkor hukmlar o’rtasida hamma vaqt o’zaro bog’lanish mavjud. Bunday holatning bir munosabatdagi tasdiq hukmning ikkinchi munosabatda inkor ham bo’lishida ko’rish mumkin. hamma vaqt bir belgini tasdiqlash, unga zid bo’lgan boshqa bir belgini inkor etishdir. Mantiqda tasdiq hukm S – P dir, inkor hukm esa S – P emas formulasi bilan ifodalanadi.
b) hukmning son jihatidan bo’linishi. hukm sub'ektida ifodalangan predmetlarning miqdoriga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. har bir hukm faqat o’z sifati bilangina ajralmasdir balki son bilan xam ajraladi. hukm bir predmet, predmetlar sinfining bir qismi va predmetlar sinfiga kiruvchi barcha predmetlarning xossa va munosabatlarini tasdiqlashi yoki inkor qilishi mumkin. Shu jihatidan hukmlar yakka, juz'iy va umumiyga bo’linadi.
Yakka hukm bir predmetga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi. Yakka hukm hukmlar sub'ekti yakka tushunchalar bo’ladi. Masalan: Ahmedov ikkinchi kurs talabasi yoki Ahmedov uchinchi kurs talabasi emas. Yakka hukmlar formulasi:

“S – P dir” yoki “S – P emas”.

Juz'iy hukmlar deb predmetlar sinfining ma'lum qismiga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi. Juz'iy hukm «ba'zan S – P dir» yoki «ba'zan S – P emasdir» formulasiga ega. Masalan: ba'zi yoshlar talabadir yoki ba'zi yoshlar talaba emas.

Umumiy hukmlar predmetlar sinfining butun qismiga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi.. Umumiy hukm sub'ekti hamma vaqt tasdiqlovchi bo’lsa, «hamma», «har bir», inkor etuvchi bo’lsa «hech bir», «hech qaysi» va boshqa tushunchalar orqali ifodalanadi. Masalan: hamma fanlar o’z tadqiqot ob'ektiga ega. hech bir metall gaz emas. Umumiy hukmlar tasdiqlovchi shaklda «hamma S – P dir», inkor shaklida esa «hech bir S – P emas» formula bilan ifodalanadi.


Hukmlarning son va sifat jihatidan birlashgan klassifikatsiyasi. hukmlar son va sifat jihatidan umumiy tasdiq, umumiy inkor, juz'iy tasdiq va juz'iy inkor hukmlarga bo’linadi. Yakka tasdiq va yakka hukmlar bunda alohida guruhga ajratilmaydi va umumiy hukmlar bilan tenglashtiriladi.
Umumiy tasdiq hukmlar soniga ko’ra umumiy va sifatiga ko’ra tasdiq hisoblanadi. Masalan: hamma daryolar (S) o’z oqimiga ega (R). Umumiy tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi.
Umumiy inkor hukmlar soniga ko’ra umumiy va sifatiga ko’ra inkor hisoblanadi. Masalan: hech bir o’simlik hayvon emas. Umumiy inkor hukmlar lotin alifbosidagi ye harfi bilan belgilanadi.
Juz'iy tasdiq hukmlar. soniga ko’ra juz'iy va sifatiga ko’ra tasdiq hisoblanadi. Masalan: Ba'zi ishchilar zavodda ishlaydi. Juz'iy tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi I harfi bilan belgilanadi.
Juz'iy inkor hukmlar. soniga ko’ra juz'iy va sifatiga ko’ra inkor hisoblanadi. Masalan: Ba'zi hashoratlar uchmaydi.Juz'iy tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi O harfi bilan belgilanadi.
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Oddiy hukmlarda terminlar(sub'ekt va predikat)ning hajmiga ko’ra to’liq va to’liqsizga bo’linadi.

Umumiy tasdiq hukmlarning sub'ekti har doim to’liq, predikati esa to’liq yoki to’liqsiz hajmda bo’ladi. Masalan: “hamma talabalar o’quvchidir”. Bu yerda hukmning sub'ekti to’liq, predikati to’liqsie, chunki barcha o’quvchilar talaba emas. “hamma insonlar ongli mavjudotdir”. Bu yerda hukmning sub'ekti ham, predikati ham to’liq olingan, chunki faqat insonlargina ongli mavjudotdir.

Umumiy inkor hukmlar ning sub'ekti va predikati har doim to’liq hajmda olingan bo’ladi. Masalan:

Juz'iy tasdiq hukmlarning sub'ekti har doim to’liqsiz, predikati esa to’liq yoki to’liqsiz hajmda olingan bo’ladi. Masalan: “Ba'zi o’simliklar daraxtdir”. Bu hukmda sub'ekt to’liqsiz, predikat esa to’liq olingan, chunki fikr o’simliklarning bir qismi va daraxtlarning barchasi haqida ketayapti. “Ba'zi respublikalar yevropada joylashgan”. Bu hukmda sub'ekt to’liqsiz, predikat esa to’liqsiz olingan, chunki respublikalarning va yevropa davlatlarining bir qismi haqida fikr yuritilmoqda.

Juz'iy inkor hukmlarning sub'ekti to’liq va predikati to’liqsiz hajmda olingan bo’ladi.

Hukmlarning predikat mazmuniga ko’ra turlari. 1.Atributiv (xususiyat) hukm. 2.Mavjudlik hukmi. 3.Munosabat hukmi.

1.Atributiv (xususiyat) hukmlar buyumlarning o’z belgilari bilan bo’lgan bog’lanishlarini ifodalaydi.

Buyumlar belgisiz bo’lmagani kabi, belgilar ham buyumlardan ajralgan holda bo’lmaydi.

2.Munosabat hukmi ob'ektiv borlikdagi buyumning bor yoki yukligin haqida ma'lumot, bilim beradi.

3. Munosabat hukmlari. Bu hukmlar ikki yoki undan ko’p buyumlarning fazoga, vaqtga, jinsga, ketma-ketlikka va tenglikka nisbatan bo’lgan munosabatlarini aks ettiradi.

Mantiq ilmida munosabat hukmlari «ARV» formulasi bilan ifodalanadi. Bunda «A» va «V» belgilari buyumlar xaqidagi tushunchani; «R» belgisi esa ular orasidagi munosabatni ko’rsatadi.

Endi yuqorida aytilgan munosabatlarni kursatadigan hukmlaga misol keltiramiz.

1. Buyumlarning fazodagi munosabati: «Ukraina Rossiyaning g’arbida joylashgan».
2. Vakt munosabati: «Jomiy Alisher Navoiyning zamondoshi».
3. Tenglik: «institutning bosh binosi uning yangi binosidan katta».
4. Jins munosabati: «Ulug’bek qaxramonning ukasi».
5. Ketma-ketlik : «Ikkinchi jaxon urushi birinchi jaxon urushidan yigirma besh yildan keyin bo’lgan».
Hukmlarning modallik bo’yicha bo’linishi. Hukmlarning modallik bo’yicha bo’linishiga hukm predikatidagi belgining fikrimiz predmetida tasdiq yoki inkor shakldagi bog’lanish darajasi asos bo’ladi. Shunga ko’ra, mantiqda hukmlar ikki asosiy guruhga bo’linadi.
Hukmlar ob'ektiv modalligiga qarab ehtimoliy, voqeiy va zaruriyga va ikkinchidan, uning mantiqiy modalligiga qarab, problematik va ishonchli hukmlarga ajraladi.
1. Hukmnng ob'ektiv modalligi inson ongidan tashqari bo’lgan buyumlarning ob'ektiv, ehtimoliy, voqeiy yoki zaruriy bog’lanishlarini aks ettiradi.
a) Ehtimoliy hukmlar narsalar, xodisalar va ularning belgilari o’rtasidagi bog’lanishning tasdiq yoki inkor shakli extimoliy bo’lishini yoki bo’lmasligini ko’rsatadi. Mantiqda ehtimoliy hukm «extimol S - R emas» formulasi bilan ifodalanadi.
Ehtimoliy hukmlarning chinligi va bu hukmlarning voqeiy hukmlarga aylanishi, aytilgan xodisaning qanday darajada yuz berishi bilan bogliq. Odatda, ehtimoliy hukmlar haqiqatga zid bo’lmasalar, albatta, chin vokeiy hukmlarga aylanadi.

b) Voqeiy hukmlar predmet bilan belgilar orasidagi, ya'ni S va R orasidagi bog’lanish aniq ekanligi, ya'ni hukm fakt va bo’lgan voqeaning haqiqat ekani yoki emasligi haqida xabar beradi. Odatda, voqeiy hukmlar ifoda etilgan voqeaning mavjud xolatini qayd qilishga qaratilgan bo’ladi. Bunday vaqtda bog’lanishning tasodifiy yoki zaruriy ekanligi alohida ko’rsatiladi.

O’zbek adabiy tilida voqelik hukmlar, agar ular tasdiqlovchi bo’lsa, «so’zsiz», «haqiqatan», «ham», «albatta», «shubxasiz», «darhaqiqat» kabi so’zlar yordami bilan ham ifodalanadi.

c) Zaruriy-apodiktik hukmlar turli sharoitlardi ham buyumlar, ham ularning belgilari o’rtasidagi bog’lanishlarning zaruriy bor yoki yo’kligini aks ettiradigan hukmlardir. Zaruriy hukmlar tabiat, jamiyat qonuniyatlari va aqidalarini ifodalaydi. Ikkinchi xil qilib aytganda, zaruriy hukm narsalar, xodisalar bilan belgilar orasidagi bog’lanishning muqarrar ekanligini aniqlab beradi.

2. Fikrning isbotlanuvchanlik darajasiga qarab hukmning mantiqiy modalligi ikki asosiy qismga: a) problematik va b) ishonchliga bo’linadi.

a) Mantiqiy modallikdagi problematik hukm o’z xususiyatlari bilan ob'ektiv modallikdagi extimoliy hukmlardan ajraladi. Ob'ektiv modallikdagi problematik hukm tajribadan tekshirilgan bo’lib, uning yukorida bayon etilgandek, voqelikka o’tishi, ya'ni ob'ektiv voqelikni aks ettirishi muqarrardir.

Mantiqiy modallikdagi problematik hukmning xulosasi hali tajribada tekshirilmagan bo’ladi. Shuning uchun ham narsa, xodisa va ular belgisi orasidagi bog’lanish tasdiq yoki inkor problematik shaklda ifodalanadi.

Shuning uchun mantiqiy modallik shaklidagi problematik hukm: tasdiq shaklida «ehtimol S – P dir» va rad etuvchi shaklda «ehtimol S – P emas» formulalaridan foydalaniladi.

b) Ishonchli hukmlar tafakkur premetlari uchun ma'lum xususiyatni – belgining xos yoki xos emasligini aniqlaydi. Bunday hukmlar “S – P dir” yoki “S – P emas” formulalari bilan ifodalanadi.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin