ehtiyoj sezgan va u insonning ma’naviy kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan. Shu bilan birga o‘z davrining qonun va xususiyatlarini zukkolik bi lan anglagan, hayot qonuniyatlaridan voqif bo‘lgan ba’zi yetuk faylasuf va allomalarning hayoti ham bir tekis kechavermagan, ularning g‘oya va qarashlar, jamiyat va millat kamoli uchun harakatlari hamma tomonidan ham bir xil qabul qilinavermagan. Bu boradagi tajriba shundan dalolat beradiki, falsafa tarixi bunday kishilarning nomini eslash va ularni sahi- falarida saqlab qolishni xush ko‘rmaydi, kimning kim ekani haqida xulosa chiqarishni esa odamlaming o‘ziga va kelajakka havola qilib qo‘ya qoladi. Shu tariqa kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq taraqqiy etavermagan. Rivojlanish ortidan inqiroz, yutuqlar ketidan maglubiyatlar farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar uni ta’qib etgan. Muayyan jamiyat taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun ilg‘or falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezgan, albatta. Bu esa 376
buyuk falsafiy ta’limotlar, bir tomondan, madaniy-intellektuat rivojla- nish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar taqozosi ekanidan dalolat beradi. Bu masalaning falsafa fani va uni o‘rganish uchun hozirgi davrdagi turli falsafiy g‘oya va mafkuralar, ta’limot va nazariyalar bilan bog‘liq yana bir muhim jihati ham bor. Globallashib borayotgan bugungi dun- yoning mafkuraviy manzarasi, ro‘y berayotgan g‘oyaviy kurashlarning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil qiladigan ushbu mavzuning tarixi, tavsifi va ahamiyati falsafaning o‘zi kabi qadimiy va nihoyatda dol-