Falsafa asoslari


Вернадский В.И. Начало и вечность жизни. — М.: «Сов. Россия»



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   221
Falsafa asoslari

1 Вернадский В.И. Начало и вечность жизни. — М.: «Сов. Россия»,
1989. - С. 186-187.
371


Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, inson tafakkuri noosfera- 
ning turli-tuman yo‘nalishlarini vujudga keltirmoqda. Nano- 
texnologiyalar bugun hayotimizga kirib kelmoqda. Tabiat va 
nanotexnologiyaning o‘zaro munosabati murakkab bo‘lib va 
ko‘p ma’noli xususiyatlarga ega. Uning o‘ziga xosligi shunda 
ko'rinadiki, nanotexnologiyaning ba’zi bir obyektlari tabiat 
obyektlaridan farq qiladi. Tabiatda mavjud bo‘lmagan nano- 
mahsulotlar sun’iy dunyoni paydo qilib tabiatga nisbatan mu- 
nosabatni qiyinlashtiradi. Shu bilan birgalikda nanotexnologiya 
nafaqat sun’iy dunyoni yaratadi, balki tabiat bilan yangi mu- 
nosabatlarni o‘rnatadi. Bu muammolar bugun insoniyat oldiga 
turli-tuman hal etilmagan masalalarni ham qo‘ymoqda. Texni­
ka insoniylashuvi, inson ma’naviyati bilan uyg‘unlashuvi, in­
son manfaatlari har bir insonning ongi va faoliyatiga singishi 
lozim. Negaki ular inson ma’naviy olami, estetik ongi va didi, 
estetik ehtiyojlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan olamni 
estetik anglashda texnologiyalarning roli muhimligini hayot- 
ning o‘zi ko‘rsatmoqda. Buni kompyuter texnologiyalari, in- 
ternetning farzandlarimizga ta’siri orqali ko‘rishimiz mumkin. 
EAV va kommunikatsiya texnologiyalaridan ma’lumotlar oqimi 
manfaatdorlik nuqtayi nazaridan yetkazilishi, ataylab qarama- 
qarshi xarakterdagi ma’lumotlarni ketma-ket berish orqali oxir- 
oqibatda yoshlarning idrokini susaytirishga olib keladi. Internet 
va uning shakllari bo‘lgan internet-televideniya, internet-radio, 
elektron pochta, onlayn-video, ijtimoiy tarmoqlar kabi ko‘plab 
axborot tarqatish texnologiyalari imkoniyatlaridan yoshlarning 
ma’naviyati va bilim darajasini oshirishda maqsadli va oqilona 
foydalanish zarur.
Shu o‘rinda reklamalarga ham alohida to‘xtalib o‘tish lozim. 
Reklamaning estetik jihatlari va g‘ayriestetik holatlar mavjudligi 
hech kimga sir emas. Ayrim firma va kompaniyalar o‘zlarining 
sifatsiz ayni paytda zararli mahsulotlarini reklama qilishda usta- 
lik bilan foydalanmoqda. Bunday reklamalarni ko‘rgan yoshlar 
maqtalgan «o‘sha» narsalarni tatib ko‘rishni xohlaydi. Bu reklama 
beozor ko‘ringani bilan ma’lum mamlakat turmush tarzini ham 
yoshlarga yetkazayotgani, ularda qiziqish uyg‘otayotganini unut-
372


maslik lozim. Shunday ekan, ijtimoiy voqelikdagi hodisa hamda 
jarayonlarga yoshlarda ongli munosabatni shakllantirish, ularning 
erkinlik haqidagi tasavvurlari, ijtimoiy mas’uliyatga munosabat- 
larini tarixiylik va zamonaviylik o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash 
asosida quyidagilarni yoshlar turmush tarziga singdirib borish 
zarur:
— jamiyatning har bir fuqarosini global jarayonlarni mulohaza- 
korlik bilan tahlil qilishga o'rgatish, ularning axloqiy mas’uliyatni 
chuqur his qilishiga erishish;
— shaxs erkinligi oila, mahalla, davlat va jamiyatni o‘zaro 
uyg‘unligida ro‘yobga chiqqani, xorijdan eksport qilinayotgan, 
razolat va tubanlikka yetaklovchi «ommaviy madaniyat» millat 
axloqi, urf-odati, dinu-diyonati, imon-e’tiqodiga mutlaqo yot 
ekanligini, ular ruhiyatiga muntazam singdirib borish;
— sharq kishisiga xos fazilatlarni yuksaltirish asosida har bir 
shaxsning erkinlik va mas’uliyatni chuqur anglashga safarbar 
etish o‘z amaliy faoliyatida demokratik qadriyatlarga tayanish 
ko‘nikmasini hosil qilish;
— ayni paytda erkinlikni tom ma’noda mohiyatan anglashda 
uning g‘arbona (Yevropacha) tamoyillariga ko‘r-ko‘rona asosla- 
nishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday 
taqlid yuqorida ta’kidlaganimizdek, kutilmagan oqibatlarga, xu- 
susan erkinlik niqobiga o‘rangan mas’uliyatsizlikka, demokratiya 
niqobiga o‘rangan parokandalikka, bosh-boshdoqlikka olib keli- 
shi mumkin.
Nima bo‘lganda ham globallashuvjarayoni ijobiy ta’sirini e’tirof 
etgan holda o‘tmish qadriyatlarimiz bilan zamonaviy tamaddun 
o‘zgarishlarni muntazam o‘rganib borish milliy qiyofasizlik, did- 
sizlik, axloqsizlik, mas’uliyatsizlik kabi salbiy holatlarga zamin 
yaratuvchi global ta’sirlardan yoshlarni imkon darajada asrash, 
bugungi kundagi eng muhim vazifadir.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin