genezisi
va rivojlanishi masalalariga ham tatbiq qildi. Kantning
inson irqlarining tabiiy kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham
muhim ahamiyatga ega.
Kant falsafada katta o‘rin qoldirdi. Uning vafotidan keyin ne-
mis falsafasining rivoji Hegel (1770—1831) ijodida o‘zining yuksak
cho‘qqisiga erishdi. Hegel dialektikaning
qonunlari va kategori-
yalari haqidagi ta’limotni rivojlantirdi. Falsafa tarixida birinchi
marta bir tizimga solgan holda dialektik logikaning asosiy qoi-
dalarini ishlab chiqdi. 0 ‘sha davrlarda hukmron bolgan meta-
fizik fikrlash uslubini tanqid qildi. Hegelning ta’kidlashicha,
kategoriyalar borliqning obyektiv shakllaridir.
Borliqning asosida
esa, «dunyoviy aql», «mutlaq g‘oya» yoki «dunyo ruhi» yotadi.
Rivojlanish g‘oyasi Hegel falsafasini qamrab olgan. Uning
ta’kidlashicha, rivojlanish tor doira ichida emas, doimiy, quyi-
dan yuqoriga qarab boradi.
Mana shu jarayonda miqdor
o‘zgarishlarining tub sifat o‘zgarishlariga olishi yuz beradi.
Rivojlanishning manbai esa har qanday o‘z-o‘zidan harakat-
ning sababi bolgan qarama-qarshilikdir. Hegel falsafasida borliq
dialektik o‘tishlar zanjiri sifatida bayon qilingan. Hegel fikri
cha, tarix dunyoviy ruhning yoki mutlaq g‘oyaning rivoji sifatida
namoyon boladi. Umuman tarix bu mohiyatan fikrning, aqlning
o‘z-o‘zidan rivoji tarixidir. Hegel ta’limoticha, aql tarixda shun
day namoyon boladiki, unda har bir xalq ruh o‘z-o‘zini ang-
lab, tobora yuqorilab borishiga o‘z hissasini qo‘shish
huquqi-
ni oladi. Lekin bu jarayon qandaydir tartibsiz (xaotik) amalga
oshmaydi. Hegel umumjahon tarixini to‘rt bosqichga boladi:
1. Sharq dunyosi. 2. Yunon dunyosi. 3. Rumo dunyosi. 4. Ger
man dunyosi: Hegelning da’vosicha, faqat german xalqlarida
to liq erkinlik bolgan. Bu xalqlar o‘z tarixiy rivojlanishlarida
isloxotchilik (reformatsiya), 1789-yil
Fransuz inqilobi mevalari-
dan bahramand bolganlar. Faqat ulargina umumiy fuqarolik va
siyosiy erkinlikka erishganlar. Hegelning ta’kidlashicha, aqlga
muvofiq davlatchilikni o‘rnatgan faqat german xalqigina umum
jahon — tarixiy jarayonining haqiqiy timsolidir. Hegel umumiy
falsafiy sistemasi ham, uning yaratgan metodi ham boshqa kam-
chiliklardan, ichki qarama-qarshiliklardan xoli emas edi.
80