Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   221
Falsafa asoslari

ekzistensializm
vakillari Yaspers va Marsel fikricha, 
inson o‘z erkin faoliyati davomida Xudoga qarab unga yeti- 
shish uchun, kamolot tomon harakat qiladi. Haqiqiy erkinlik 
insonga tahlikali onlarda, tashvishda, yolglzlikda namoyon 
boladi. «Axlika, mas’uliyat sof erkinlikning o‘zidir, faqat shun­
day sharoitda inson o‘zini tolaligicha anglaydi. Hayot va olim , 
qolqinch, dahshat tushunchalari bu taTimotning markaziy 
tushunchalaridir. Ekzistensialistlar fikricha, olam ma’nosiz va 
uni bilib bolmasligi abadiy, inson umri olkinchi bolganligi 
uchun ham dahshatlidir.
Yangi zamon falsafasining yana bir oqimi pragmatizm AQSH- 
da keng tarqalgan. Umuman olganda, «pragmatizm» foydali faoli- 
yatga undovchi, «foydaga» qanday qilib erishish yollari vausullari 
haqida mulohaza yurituvchi ta’limotdir. Bunda «foyda» tushun­
chasi «tajriba», «haqiqat» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
85


Pragmatizm ta’limotining yirik namoyandalari Ch. Pirs, 
U. Djems, J. Dyui va boshqalardir. Ularning ta’limotida 
olamning o‘zgamvchanligi o‘z ifodasini topgan. Ular tajribani 
turli tasodif va kutilmagan vaziyatlarni o‘zida mujassamlashtir- 
gan, ongimizdan tezkor qarorlarni qabul qilishni talab etuvchi 
hodisalar majmuyi sifatida ta’riflaydilar. Insonning xatosiz faoli­
yat ko‘rsatishi uchun uning xatti-harakatlarini boshqarib turuv- 
chi vosita — intellektdir. J. Dyui fikricha, intellekt insonni o‘rab 
turgan olamdan nusxa oladi, hamda unga muhitga moslashishga 
yordam beradi. Pragmatizm falsafasining maqsadi insonga olam­
da o‘z o‘rnini topishga yordam berishdan iborat. Dyui tajriba 
natijasining «foydali» tomoniga e’tiborini qaratadi. Jems fikricha, 
haqiqat foydali bo‘lgan narsa yoki hodisadir.
Pragmatizm AQSH ijtimoiy-madaniy hayotining qadriyat- 
larini ifoda etib, u yerdagi ishbilarmonlar, menejerlar, siyo- 
satchilar va davlat arboblari o‘rtasida keng tarqalgan. Amerika- 
liklar bu ta’limotning nazariyotchilarini xalqning dunyoqarashi 
o‘zgarishida, hozirgi amerikacha hayot tamoyillarini keng om- 
maga singdirishda katta xizmat qilgan faylasuflar sifatida qadrlay- 
dilar. Masalan, J. Dyuini «Amerikaning Arastusi» deya hurmat 
bilan tilga oladilar.
Jamiyat taraqqiyotiga oid g‘oyalar tahlili falsafada antik davr- 
lardan, Suqrot va Aflotun zamonlaridan boshlab shakllana bosh- 
lagan. Bu g‘oyalarning rivojida XVII—
XVIII asrlarda yashagan 
italiyalik faylasuf Dj. Viko, XVIII asrda yashagan I.G. Gerder va 
ayniqsa, nemis falsafasining yirik namoyandasi Hegel katta hissa 
qo‘shganlar. Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi ta’limotlar orasida 
tadrijiy taraqqiyot va inqilobiy sakrashlar yo‘lidan borishni ilgari 
suradigan ta’limotlar talaygina. Ko‘pchilik tadrijiy yo‘lni ma’qul 
ko'radi va biz yuqorida tilga olgan faylasuflarning aksariyati ana 
shunday qarash tarafdorlaridir.
Afsuski, boshqacha qaraydigan ta’limotlar ham bor. Yangi davr 
falsafasida tarqalgan ana shunday nazariyalardan biri marksizm 
bo‘lib, keyinchalik sobiq ittifoqda hukmron mafkuraga aylan- 
gan bu ta’limotning asoslari K. Marks (1818—1883) va F. Engels 
(1820—1895) asarlarida ta’riflab berilgan va keyinchalik hayotda
86


salbiy oqibatlarga olib keldi. Uning K. Kautskiy, V. Plexanov 
boshliq mo‘tadil tarafdorlari sotsial-demokratiyaga ko‘proq moyil 
boMishdi. Rossiyada V. Lenin boshchiligidagi tarafdorlari esa sin- 
fiy kurash va proletariat diktaturasini mutlaqlashtirish yolidan 
bordilar. Bu o‘z navbatida, inqilobiy sakrash usulini tanlashga 
olib keldi va Rossiyani terror yoliga boshladi. Oqibatda esa bu 
tipdagi dunyoqarash jamiyat va xalqlar taqdirida g'oyat salbiy 
o‘rin tutishi ma’lum boldi.
G ‘arbda Marksning hozirgi davrdagi tarafdorlari «neomark- 
sizm» oqimini tashkil etadilar. Ko‘pgina neomarksistlar sinfiy 
kurashni mutlaqlashtirmaslik, inqilobiy emas, tadrijiy sakrash 
yolidan borish ustuvor bolishi lozimligini e’tirof eta boshladi- 
lar. Ammo ularning asl qarashlariga ko‘ra jamiyat, millat emas, 
sinf va ular o‘rtasidagi kurash taraqqiyotni belgilaydi, degan o‘sha 
ta’limotga bogliqligicha qolmoqda.
Alohida ta’kidlash lozimki, yaqingacha sobiq Ittifoq va uning 
ittifoqchilari hududida mutlaq hukmron bolgan ushbu mafkura- 
ning taqdirini va oqibatini o‘rganish, uning tarixidan xolisona 
xulosa chiqarish, bu ta’limotning qanday ayanchli natijalarga olib 
kelganini bilib qo‘yish ham foydadan xoli emas. Bu borada lom- 
mim demaslik foyda bermaydi. Zero, ta’limotlar tarixi — inson- 
lar, xalqlar va ularning taqdiri, jamiyat va davlatlar yuksalishi 
yoki tanazzuli tarixidir. Bu yuksalish yoki tanazzul ko‘p hol­
larda muayyan g‘oyalar, mafkuralar ta’sirida ro‘y beradi. Gohida 
minglab, millionlab kishilarni maftun qilgan ba’zi g‘oyalar yoki 
mafkuralar oxir-oqibat ana shu millionlarning zavoliga sabab 
bolishi ham mumkin. Biz qisqa tahlil qilgan marksizm va key- 
inroq u paydo bolgan hududda shakllangan natsional sotsializm 
(fashizm) nazariyalari ana shu tarixiy haqiqatni isbotlaydi. Bu 
haqiqatning ostida esa, biror ta’limot qadriyatlarini mutlaqlashti­
rish, albatta, muayyan «izm»ga, aqidaparastlikka olib keladi, bu 
o‘z navbatida jaholat va qabohatga eltuvchi yoldir, degan umum­
insoniy tamoyil yotadi.
XX 
asrga kelib jamiyat. tarixiy taraqqiyotiga oid ta’limotlarni 
umumlashtirish natijasida ijtimoiy taraqqiyotning plyuralistik 
modeli, «lokal madaniyatlar» hamda «sivilizatsiyalarning xilma-
87


xilligi» konsepsiyalari shakllandi. Ularga ko‘ra, jamiyat tarixi — 
o‘ziga xos madaniyatlarning birligi emas, xilma-xilligidan iborat. 
Shu ma’noda u organik tabiatdagi hayot shakllarining rang-barang- 
ligiga qiyoslanadi. Demak, tabiat qanday xilma-xillikning birligi 
bolsa, jamiyat ham ana shunday rang-baranglikning uyg‘unligidir. 
Jamiyatda ham hamma va har bir narsaning o‘z o‘rni bor.
Bu g‘oyalar nemis faylasufi va sotsiologi O. Shpengler (1880— 
1936) va ingliz tarixchisi A. Toynbi (1889—1975) ta’limotlarida 
har tomonlama asoslab berishga harakat qilindi. O. Shpengler 
o‘zining «Yevropaning so‘nishi» nomli asarida tarixni bir-biridan 
mustasno bo'lgan madaniyatlar majmuyidan iborat, deb hisoblay- 
di hamda mukammal rivojlangan 8 xil madaniyatni ko‘rsatadi. 
Bular: arab, hind, vavilon, xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab 
madaniyatlari, mayya va russ-sibir madaniyatlaridir. Madaniyat­
lar o‘ziga xos diniy asosga ega bolib, ularning har biri qat’iy 
biologik maromga (ritmga) bo‘ysunadi. Va quyidagi asosiy davr- 
larni bosib o‘tadi: tug‘ilish va bolalik, yoshlik va kamolot, qarilik 
va so‘nish. Buning asosida madaniyatlar rivojining ikki bosqichi 
mavjud, deb ko‘rsatiladi. Birinchi bosqich — madaniyat ravnaqi 
(sof madaniyat) va ikkinchisi — uning tanazzuli («sivilizatsiya»).
O. Shpengler yevropotsentrizmga, ya’ni barcha madaniyatlarni 
yevropalashtirish g‘oyasiga qarshi chiqdi. Har bir madaniyatning 
o‘ziga xosligi, bir-biridan mustasno holda rivojlanish g‘oyasini 
mutlaqlashtirdi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik ham mav- 
judligiga kam e’tibor qaratdi.
Yana bir olim A. Toynbi esa o‘zining 12 jildlik «Tarixni 
o‘rganish» asarida madaniyatlarning hududiy rivojlanish g‘oyasini 
davom ettirdi. Biroq uning ta’limoti Shpengler konsepsiyasidan 
o‘zining ikki jihati bilan farqlanadi. Birinchidan, insonda o‘z 
hayotini erkin belgilash imkoniyati mavjudligini, tarixiy taraqqi­
yot zaruriyat va erkinlikning o‘zaro birligidan iborat ekanligini 
nazarda tutsa, ikkinchidan, tarixiy taraqqiyotning davriy mode- 
li dunyoviy dinlar (buddizm, xristianlik, islom)ning barcha 
xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil g'oyasi 
bilan boyitilgan. Toynbi G ‘arb xristian sivilizatsiyasining tanaz- 
zulga qarab borayotganligini ko‘rsatib, uning oldini olish yolini


ma’naviy birlikda, jahon xalqlarining yagona dinni qabul qilish- 
larida, deb hisoblaydi.
Umuman olganda, hozirgi paytda jamiyat taraqqiyotining sivi- 
lizatsion konsepsiyasi ko‘pchilik faylasuflar tomonidan tan olin- 
moqda. Xususan, industrial va postindustrial jamiyat g'oyalari, 
ayniqsa, ommaviylashib bormoqda. Unga ko‘ra, jamiyat taraqqi­
yotining bosh mezoni — sanoatning rivojlanish darajasidir.
Shunday qilib, XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib rang- 
barang falsafiy ta’limotlar shakllandi. Ularning barchasini maz­
kur mavzuda ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmasa-da, yuqorida 
bayon etilgan ma’lumotlardan falsafiy plyuralizm haqida, falsafa 
zamon va makon bilan bog‘liq murakkab fan ekanligi to‘g‘risida 
muayyan xulosaga kelish mumkin. Bu sohadagi bilimlarimiz, o‘z 
navbatida bizning milliy g‘oya va mafkuramizni shakllantirishga, 
ma’naviyatimizning boyib, mustahkamlanib borishiga, intellek- 
tual kamolotimizga xizmat qiladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin