«Ontologiya» atamasi borliq haqidagi ta’limot ma’nosida ilk
bor R.Goklenius (1636-yil) va I.Klauberg (1646-yil)
tomonidan
ilmiy muomalaga kiritilgan. Lug‘aviy ma’noda u yunoncha «on-
tos» — borliq va «logos» — ta’limot degan mazmunni anglatadi.
G ‘arb faylasufi X.Volf tadqiqotlari bu atamaning keng tarqalishi-
ga asos yaratdi va u falsafaning asosiy mazmunini tashkil etuvchi
muhim bolim ini ifodalay boshladi.
«Borliq tushunchasi»1.
Faylasuflar qadim zamonlardan buyon
«borliq» va «yo‘qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vu
judga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko‘plab
asarlar yozishgan. Xo‘sh, borliq nima?
Bu savol bir qarashda juda
oddiy ko‘ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni
birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo‘q. Bu holat bor-
liqqa turlicha nuqtayi nazarlardan qarashlarning mavjudligi bi
lan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik,
moddiy jismlar bilan boglab tushuntirishadi.
Ularning nuqtayi
nazarlaricha, borliq — obyektiv realliknigina qamrab oluvchi tu~
shunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o‘y-xayollarimiz borliq
tushunchasidan chetda qolar ekanda,
degan savolga ular, bunday
tushunchalar obyektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi.
Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi —
ontologiya deb ataladi (bu tushunchani falsafada birinchi bor X.
Volf qollagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu
sohasi o‘rganadi.
Yo‘qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsa-
ga
aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham
yo‘qlikdir. Bu ma’noda yo‘qlik cheksizlik,
nihoyasizlik va man-
gulik bilan birdir. Yo‘qlik chekingan joyda borliq paydo bo'ladi.
Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo‘qlikdir.
Borliq yo‘qlikdan yo‘qlikkacha bolgan mavjudlikdir. Yo‘qlikni
hech narsa bilan qiyoslab bolmaydi. Fanda yo‘qlik nima, degan
savolga javob yo‘q.
Hozirgi zamon fanlarining xulosalariga ko‘ra, atrofimizdagi
har qanday jism
molekulalardan tashkil topj an, molekulalar esa
1
Dostları ilə paylaş: