Falsafa asoslari


Ushbu qism f.f.d., prof. B. Turayev asarlari asosida tayyorlandi



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   221
Falsafa asoslari

Ushbu qism f.f.d., prof. B. Turayev asarlari asosida tayyorlandi.
91


atomlardan tuzilgan. Atomlar murakkab tuzilgan yadro va elekt­
ron qobiqlardan iborat. Atomning elektron qavatlari bir-biridan 
va atom yadrosidan muayyan uzoqlikda joylashgan boladi. Eng 
sodda atom hisoblanuvchi vodorod atomining yadrosi bitta pro- 
tondan, murakkabroq atomlarning yadrosi esa, proton va ney- 
tronlardan tashkil topadi, proton va neytronlar kvarklar va ularni 
tutashtirib turuvchi glyuonlar (glyuon — yopishtiruvchi degan 
ma’noni beradi)dan tashkil topgandir. Proton va neytron nuklon- 
lar (lot. nucleus — yadro, o‘zak) hisoblanadi, nuklonlar va xipe- 
ron (yun. hiper — ustida, yuqoridan tashqari)lar, barionlar (yun. 
barys — og‘ir) deyiladi. Bular o glr zarrachalar sifatida kuchli 
o‘zaro ta’sirlar maydonida bolib, adronlar (yun. adros — kuchli) 
gruppasiga mansub.
Organik va anorganik moddalar molekula tuzilishi bilan bir- 
biridan farq qiladi. Jonli organizmlar organik moddalardan tashkil 
topgan boladi. Jonli organizmlarning tarkibi asosida hujayralar 
va hujayra sistemalari yotadi. Yer shari atrofini qurshab turuvchi 
biosferani bir butun jonli sistema deb olish mumkin. Mikroorga- 
nizmlar, o'simlik dunyosi, hayvonot dunyosi va insonning o‘zaro 
aloqadorliklari bu biosferaning mavjudligini ta’minlab turadi.
Ma’lumki,'Yer shari va o‘z atrofida harakatlanuvchi Oy bilan 
birga yilda bir marta quyosh atrofini aylanib chiqadi. Bu sistema 
ham biosferaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Yer yuzida mintaqalarning 
farq qilishi, fasllarning almashinuvi ana shu sistema harakati bi­
lan boglangandir. Quyosh va uning atrofida harakatlanuvchi say- 
yoralar, ularning yoldoshlari, asteroidlar, meteoritlar, kometalar 
va kichik planetalar birgalikda quyosh sistemasini tashkil etadi. 
Quyoshdan eng uzoqda joylashgan planeta Pluton uning atrofini 
247 yarim yilda bir marta toliq aylanib chiqadi, ya’ni Yer yili — 
365,25 kunga teng bolsa, — Pluton yili 247ta Yer yiliga tengdir.
Quyosh sistemasi millionlab yulduzlarni o‘z ichiga oluvchi Ga- 
laktika (Somon yoli) tarkibiga kiradi. Uning diametri 94,6 mln. 
yoruglik yiliga teng. Undan keyingi sistema galaktikalar to‘pi 
bolib, uning diametri 1 megaparsekka teng, u 30 tagacha galak- 
tikani o‘z ichiga oladi (1 parsek (3,26 yo. y.). Keyingi sistema — 
galaktikalarning mahalliy to‘pi, unga 2 ta gipergalaktika va 27 ta
92


mitti galaktikalar kiradi. Majmuada 500 tagacha galaktika boladi, 
uning diametri — 5 megaparsek. Galaktikalar majmuasi galakti- 
kalarning o‘ta majmuasiga birlashadi, uning diametri 40 mega­
parsek bolib, o‘zida 10 mingdan ziyod galaktikani birlashtiradi. 
O la yirik majmualar koinotning boshqa strukturaviy biriiklariga 
kiradi. Koinotning radiusi esa 15—20 mlrd. yo.y. tengdir.
Bu sistemalarni falsafiy jihatdan umumlashtirib, borliqning 
moddiy ko‘rinishlarini turli xil struktura darajalariga ajratish 
mumkin.
Sifatiy jihatdan materiya ikki xil shaklda, ko‘rinishda uchray- 
di: moddasimon va nomodda ko‘rinishida. Materiyaning mod- 
dasimon ko‘rinishdagi shakllari ikkiga, modda va antimoddaga 
ajraladi. Bular bir-biri bilan chambarchas boglangan bo‘lib, ular 
to‘qnashganda keskin sifatiy o‘zgarish ro‘y beradi, ya’ni modda- 
ning moddaviy ko‘rinishi nomoddaviy ko‘rinishga aylanadi. Ma­
teriyaning nomoddaviy ko‘rinishi ham ikki xil shaklda uchraydi: 
maydon va nurlanish. Muayyan maydondagi nurlanishlar fizik 
vakuumda (fizik vakuum fizik jismlardan xoli bolgan joy) mod­
diy zarrachalarning hosil bolishiga imkon beradi. Xullas, bular 
ham bir-biri bilan chambarchas boglangandir. Materiyaning biz 
yuqorida qayd etgan ko‘rinishlaridan boshqacha ko‘rinishdagi 
turlari ham bolishi mumkin. Ularning tabiati hali fanga ma’lum 
emas. Agar biz borliqning moddiy ko‘rinishlarini tuzilishi jiha- 
tidan turkumlashtirsak, borliqning struktura darajalari haqidagi 
xulosa hosil boladi.
Borliqning strukturaviy tuzilishini uning sifatiy rivojlanishi 
nuqtayi nazaridan olib qarasak, moddiy olam bu holda ham uchta 
darajaga ajraladi. Uning tashkiliy struktura darajalarini: anor- 
ganik dunyo (notirik tabiat), organik dunyo (tirik tabiat) va ijti­
moiy dunyo (jamiyat)ga ajratiladi. Ular bir-biridan xilma-xilligi, 
uyushganligi, nisbiy mustaqilligi va faolligi bilan farq qiladi.
Anorganik dunyo yoki notirik tabiatda fizikaviy va kimyoviy 
aloqadorliklar hukmronlik qiladi, shu tufayli notirik tabiatdagi 
qonuniyatlar shu tabiat fanlari doirasida che Siangan bolib, tirik 
dunyoga nisbatan passiv va tashkiliy uyushganligi past darajada 
boladi.
93



Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin