Falsafa asoslari


Fazo va vaqtning xususiyatlari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   221
Falsafa asoslari

Fazo va vaqtning xususiyatlari. 
Fazo va vaqt borliq miqdoriy 
va sifatiy jihatlarni ifodalashiga qarab, metrik va topologik xu­
susiyatlarga ega. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning 
miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, olchanadigan, ko‘zga tash- 
lanadigan va nisbiy tabiatli xususiyatlaridir. Ularga kolam, bir 
jinslilik, izotroplik (anizotroplik) kabi xususiyatlar kiradi.
Fazo va vaqtning topologik xususiyatlari esa, borliqning tub 
sifatiy jihatlarini ifodalaydi. Bunday xususiyatlarga uzluksizlik, 
boglanganlik, olchamlilik, kompaktlik, tartiblanganlik singari 
xususiyatlar kiradi. Vaqtning topologik xususiyatlariga orqaga 
qaytmaslik, bir olchamlilik kabi xususiyatlar qo‘shiladi.
Fazo (vaqt)ning metrik o‘zgarishlari borliq strukturasini jiddiy 
o‘zgartira olmaydi, topologik o‘zgarishlar esa borliqning sifatiy 
o‘zgarishiga sababchi boladi. Masalan, bir boglangan sistema- 
ning ko‘p boglangan sistemaga o‘tishi fazo topologiyasini tubdan 
o‘zgartiradi, ya’ni fazoning ikki nuqtasini tutashtiruvchi turli- 
cha yollar paydo boladi. Bunday fazoda katta idishning ichiga 
kichik idishni sig‘dirish mumkin boladi. 0 ‘lcham darajasi ko‘p 
bolgan sistema olchov darajasi kam bolgan sistemaga nisbatan 
ko‘rinmas va murakkab boladi. Shuningdek, fazo va vaqtning 
metrik xususiyatlarini kuchli o‘zgarishi topologik xususiyatlari- 
ning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, fazoning egri- 
lik darajasi kuchli o‘zgarsa, bir boglangan fazo ko‘p boglangan 
fazoga aylanishi mumkin.
Hayot — borliqning namoyon bolish shakli. Tabiat va jamiyat 
haqidagi konkret fanlar borliqning muayyan xususiyatlarinigina 
o‘rganadi. Borliqning umumiy xossalari hac ida esa, falsafa fani 
tadqiqot olib boradi. Bu jihatdan falsafada hayot muammosiga 
nisbatan muayyan yondashuv shakllanganini alohida qayd etish
107


lozim. Xo‘sh, hayot nima? Borliqning eng murakkab shakllaridan 
biri hayot va uning mohiyati haqida to'xtalaylik. Biz hayot ekan- 
miz, olamni bilamiz. Hayotning xilma-xil turlari, shakllari borki, 
ular borliqning moddiy shaklini harakatga keltirishda, boshqa- 
rishda asosiy o‘rin tutadi. Hayotning eng murakkab shakli inson 
hayotidir. Bu inson ruhiyati, ongi, tafakkuri bilan chambarchas 
boglangan. Har bir odamga bir marotabagina hayot kechirish 
imkoniyati berilgan. Insonning qadr-qimmati shu hayotni qanday 
o'tkazganligi bilan olchanadi.
Odamning tabiati va hayoti u yashayotgan jamiyatdagi ijtimoiy 
muhitga ham bog‘liq. Farovon jamiyatda insonlar ham farovon 
hayot kechirishadi. Qashshoq jamiyatda esa qashshoqlik tomir 
otadi. Demak, jamiyatimizni qanchalik farovon qilsak, unda 
yashaydigan insonlarning, kelgusi avlodlarimizning hayoti ham 
shunchalik baxtli va farovon boladi.
Hayotning vujudga kelishi va mohiyati haqida hanuzgacha 
olimlar bir nuqtayi nazarga kelishmagan. Har bir insonning ha­
yoti takrorlanmas va o‘ziga xosdir. Balki stanokning bir detali 
o‘rniga boshqa detalni qo‘yish bilan natija o‘zgarmas yoki bir ish- 
chining o‘rniga boshqa ishchini qo‘yish bilan stanok to‘xtab qol- 
mas. Ammo bir otaning o‘rnini boshqa ota, bir do‘stning o'rnini 
boshqa do‘st bosa olarmikin? Shunday ekan, har bir odam tak­
rorlanmas va o‘z o‘rnida qadrli. Insonni, uning hayotini qadrlash 
muhim ijtimoiy vazifadir.
Inson tabiiy muhitsiz, suv, havo, quyosh va tuproqsiz yashay 
olmaydi. Bu unsurlar uning tirikchiligini ta’minlaydi. Bunday 
qulay sharoit inson uchun faqat Yer sharida mavjuddir. Yerning 
hayot tarqalgan qismi biosfera deb ataladi. Biosfera tirik orga- 
nizmlarning hayot kechirish muhitidir. Agar Yer shari quyoshga 
yaqinroq joylashganida, yer yuzasidagi harorat ko‘tarilib ket- 
gan b olar edi va oqibatda yerdagi namlik, suv yo‘qolar edi. 
Agar u quyoshdan uzoqda joylashganida, yer yuzasidagi harorat 
pasayib, hamma joy mangu muzlik bilan qoplanar edi. Har ik- 
kala holatda ham yer yuzasida hayotning paydo bolishiga im­
koniyat yo‘qolgan bolardi. Yana boshqa holni olaylik: Quyosh 
sistemasi Galaktika markaziga yanada yaqinroq joylashganda
108


edi, yer yuzasida kuchli gravitatsiya ta’sirida narsalarning vaz- 
ni og‘irlashib, insondek murakkab jonzodning, balki umuman 
hayotning paydo bo‘lishiga sharoit bo‘lmagan b olar edi. Aksin- 
cha, Quyosh sistemasi Galaktikamiz markazidan hozirgiga nis­
batan chetda joylashganda ham, gravitatsiya kuchining zaifligi 
ayrim kimyoviy va biologik jarayonlarning ro‘y berishiga xalaqit 
bergan b olar edi. Buning oqibatida yer yuzasida hayot paydo 
bolm as edi.
Demak, inson olamning eng ajoyib mo‘jizasi, Yaratganning 
in’omi, o‘zi uchun eng qulay bolgan joyda, Yer sayyorasida 
yashaydi va bunga shukur qilsa arziydi. Inson aql-idrokining 
olamga ta’sir ko‘rsatish chegarasi «Noosfera» deb ataladi. Qa- 
dimda insonning tabiiy muhitga ta’siri o‘ta kuchsiz bolgan. 
Davrlar o‘tishi bilan inson qolida qudratli kuch va quvvat man- 
balari to‘plangach, uning tabiatga ta’siri o‘zgardi, atrof-muhit- 
ni ifloslantirib, biosferadagi tabiiy muvozanatni izdan chiqara 
boshladi.
Bugungi inson o‘zligini anglamas ekan, uning sayyoramiz- 
ga halokatli ta’siri kuchaygandan kuchayib, oxir-oqibatda uning 
o‘zini ham halokatga olib borishi mumkin, degan ilmiy bashorat­
lar bor. Haqiqatan ham inson faoliyati aql-idrok bilan oqilona 
boshqarilmas ekan, u Yer yuzining halokatini tezlashtirishi 
muqarrardir.
Hozirgi zamondagi ekologik muammolardan biri ham inson 
tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va bu halo- 
katni to‘xtatib qolishdan iborat. Bu olamni qay darajada yaxshi 
bilib olishimiz va uning hayotiga nisbatan mas’uliyatni anglashi- 
mizga bogliqdir. Har bir inson jamiyatda va tabiatda tutgan ocz 
o‘rnini, umrining ma’nosi va bu hayotdagi mas’uliyatini to‘g‘ri 
anglasa, atrof-muhitni avaylab-asrashi, Yer yuzini gullatib yash- 
natishga harakat qilishi shubhasiz.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin