Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   221
Falsafa asoslari

Qonun tushunchasi. 
Dunyoning mavjudligi ana shunday boti­
niy va zohiriy o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan 
iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‘z mohiyati va xususiyatlarini 
saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan.
Masalan,' biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam 
tortishish qonunini o‘rganganimizda ana shunday holni idrok et- 
ganmiz. Bu qonunning asosiy mohiyati butun olamdagi narsalar­
ning bir-biri bilan aloqadorligi tamoyilining doimiy takrorlani­
shi, har soniya va har daqiqada bu holatning sodir bolib turishini 
isbotlaydi.
Xo‘sh, qonun o‘zi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayo­
tida qanday ahamiyatga ega? Qonunni bilmasdan, o‘rganmasdan 
turib yashash mumkinmi? Qonun tushunchasi kundalik hayoti- 
mizda nisbatan tez-tez ishlatib turiladigan tushunchadir. Xu­
susan, fizika yoki kimyo qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki 
bolmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h.k. Bozor iqti- 
sodiyotiga o lish tamoyillarining uchinchisi ham qonun to‘g‘risida 
bolib, unda barcha sohada qonunning ustuvorligi ta’minlanishi 
ta’kidlanadi. Yuqoridagilarni birlashtirib turadigan, barchasi 
uchun ham umumiy bolgan xossa, xususiyatlar bormi?
112


Eng awalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — ta­
biat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amal­
ga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h.k.) asosiy 
vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf 
qilish yoki ularning amal qilish xususiyatlarini o‘rganish va ochib 
berishdan iborat.
Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez 
bo£ladi. Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga 
erishish qiyin. Yaqin o‘tmishda iqtisodiyotning o‘ziga xos qonun­
larini pisand qilmay, turli xil syezd, plenum, konferensiya qaror- 
lari asosida eksperimentlar o‘tkazib, barcha uchun farovon hayot
— kommunizm jamiyatini barpo qilmoqchi bolishganini va bun­
day siyosat qanday oqibatlarga olib kelgani barchaga ma’lum.
Hozir mustaqil 0 ‘zbekiston barcha rivojlangan mamlakatlar 
singari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan de­
mokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish yoli dan bormoq­
da. Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga 
xos xususiyatlari e’tiborga olingan.
Endi shunday savol: Nima uchun inson qonunni bilishi 
kerak? Bunda oddiy misollarga murojaat qilamiz: yoz oylarida 
barcha odamlar issiq kiyimlar (etik, palto, qolqop va h.k.) so­
tib olishadi, o‘tin yoki ko‘mir g‘amlab qo‘yishadi va h.k. Nima 
uchun? Chunki ular tabiatning bitta qonunini, ya’ni fasllarning 
o‘zgarishi, yozdan keyin kuz, undan keyin qish kelishini juda 
yaxshi bilishadi.
Yoki yana bir, jo‘nroq bolsa-da, misol: sizga birov uyning
5-qavatidan tashlasang, falon pul beraman desa, rozi bolmaysiz. 
Nima uchun? Chunki siz I. Nyuton kashf qilgan «Butun olam 
tortishish qonuni»ni yaxshi bilasiz. Balki bilmassiz ham, havo- 
ning o‘z jismingizdan zichligi kamligiga e’tibor qilmassiz ham, 
deylik. Ammo siz bu holda omon qolishingiz qiyinligini, mayib 
bolishingizni yaqqol tasawur qilasiz.
Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkin- 
dir. Erkinlik nima? Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Har 
qanday qonunga xos belgilardan biri zaruriylik, ya’ni obyektiv 
tarzda amalga oshish, o‘z-o‘zidan namoyon bolishdir. Erkinlik
113


esa ana shu zaruriylikni anglab olish va unga amal qilishdan 
iborat faoliyatni anglatadi.
Yuristlarda shunday ibora bor: «Qonunni bilmaslik javob- 
garlikdan xolos qilmaydi». Ana shu tufayli siz yuridik qonun- 
larni qancha yaxshi bilsangiz, o‘zingizning faoliyatingizni shunga 
moslab olib borasiz. Demak, shuncha erkin bo‘lasiz. Bu holda 
siz nima qonuniy, nima esa qonuniy emasligini yaxshi bilasiz, 
qonunga xilof qadamlar qo‘ymaysiz.
Yuqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga quyidagicha ta’rif 
berish mumkin: Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, 
zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog‘lanishlari, o‘zaro 
aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Endi qo­
nunning belgilariga to‘xtalamiz:
— qonun turli-tuman aloqadorliklar, boglanishlardan faqat 
muhimlarini, ya’ni shunday bog‘lanishlarni ifodalaydiki, bu- 
lar olamning mavjudligi, o‘zgarishlari va undagi narsa hamda 
hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘ladi;
— qonun zaruriy boglanishlarni ifodalaydi, ya’ni tasodi- 
fiy boglanishlar, goh paydo bolib, goh yo‘qolib ketadigan 
boglanishlarga asoslanmaydi;
— qonun'narsa va hodisalarning umumiy boglanishlarini ifo­
dalaydi.
Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi bog‘lanishlarni 
(munosabatlarni) ifodalaydi, ya’ni bir safar yuz berib, ikkinchi 
safar yuz bermaydigan bog‘lanishlarni qonun qamrab olmaydi. 
Masalan, 2019-yili qishdan keyin bahor kelib, 2020-yilda qishdan 
keyin birdaniga yoz kelishini tasavvur qilib bolmaydi. Chunki, 
bu tabiat qonuni — fasllar o‘zgarishi qonuni doirasiga kirmaydi.
Tabiat qonunlarining yana bir eng muhim xususiyati — u 
obyektiv xarakterga ega, ya’ni u insonga ham, insoniyatga ham 
bogliq emas. Biror kishi, hatto millatning irodasi bilan ham, 
tabiat qonuniga tub o‘zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo‘q 
qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil 
qilgan boglanishlar, munosabatlar obyektiv xususiyatga ega.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin