Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos rivojlanish mexanizmi bor, u iqtisodiy



Yüklə 8,91 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü8,91 Kb.
#183896
Bozor iqtisodiy-WPS Office


Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos rivojlanish mexanizmi bor, u iqtisodiy

stimullarga, ya’ni kishilarni to’q va xotirjam yashash, obro’ga ega bo’lish, hayotda

o’z o’rnini topish kabi manfaatlarini yuzaga chiqarishga asoslanadi. Bozor

mexanizmi iqtisodiy rag’batlantirish mexanizmidir. Unda iqtisodiy faollikka undash

va hatto zo’rlash ham bor, ammo bu ma’muriy zo’rlash emas, balki iqtisodiy jihatdai

majburlashdir. Masalan, raqobat hammani yaxshi ishlashga majbur qiladi. Bozor

mexanizmi iqtisodiy bo’lganidan bu tizimda foyda zarar, sarf-xarajat, yutishyutqazish, narx-navo, raqobat-kelishuv, soliq-subsidiya degan narsalar keng

ishlatiladi.

Bozor iqtisodiyotiga xos belgilardan biri erkin, ya’ni liberallashgan narxlarning

bo’lishi va hamisha narxni hisobga olib, foyda-zararni nazarda tutgan holda

ishlashidir. Iqtisodiy mexanizmlar ishlab chiqarishni tez va eng avvalo resurslarni

tejab-tergab sarflagan holda rivojlantirishni ta’minlaydi. Natijada moddiy

to’kinchilik yuzaga keladi. Binobarin, bozor iqtisodiyoti taqchilliksiz iqtisodiyot

hisoblanadi. Uning ijtimoiy mo’ljal-maqsadi farovonlikni oshirish. Farovonlikni

kishilarning ishbilarmonligi, mshnatining natijasi, o’z mulkini samarali ish bilishi

ta’minlaydi. Har bir kishi qo’lidan kelgan ish bilan shug’ullanib, ishlaganiga qarab

daromad ko’rishi adolatli hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti kambag’al va

qashshoqlarning emas, balki o’ziga to’q kishilarning tengligidir. Tengsizlikning

bo’lishi ham adolatli hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan sharoitida eng kam

daromad chegarasini davlat qonun yo’li bilan belgilab qo’yadi. Masalan, AQShda

2002 yilda eng kam ish xaqi 1 soat ishlaganlik uchun 6,0 dollar qilib belgilangan va

uni bundan kamaytirib bo’lmaydn. Bozor iqtisodiyotida daromadlarning yuqori

chegarasi belgilab qo’yilmaydi, bu esa kishilarda pul topish ishtiyoqini kuchaytirib,

ko’plab ishlab chiqarishga rag’bat beradi. Kishilar iqtisodiy faollikni yuzaga

chiqaradi. Boyligi adolatli yo’l bilan topilganidan uni yashirmaedan oshkor e’lon

qiladilar. Masalan, 2002 yil natijasiga ko’ra AQSh eng katta boylar ro’yxatiga 400 ta

boy kiritilib, ularning boyligi 0,5 milliard dollardan 43,0 milliard dollargacha

bo’lganligi e’lon qilindi. 2002 yilda jahondagi eng boy kishining puli 48 milliard

dollar bo’lgan va uning nomi - Bil Geyts, ikkinchi o’rinda Uorren Beffet – 36 mlrd.

dollar va uchinchi o’rinda Mg’crosoft asoschisi Pol Allen – 21 mlrd. dollarga ega.

Bozor iqtisodiyotida shunday qoida bor:

Jamiyatiing naqadar boy bo’lishi har bir oila, har bir kishining naqadar boy



va farovon yashashiga bog’liq.

Bu qoidaning yuzaga chiqishiga bozor mexanizmi xizmat qiladi. Chunki, u
Yüklə 8,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin