Inkorni inkor qonuni.
Borliqning hamma sohasida doimo eski,
umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi
narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bolib turadi.
Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi.
119
0 ‘zgarish va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zini inkor etish
tamoyili nihoyatda muhim. Bunda vorislik — eskining inkori va
yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ana shu ja
rayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunining mo
hiyatini bildiradi.
Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo‘q» so‘zi bilan
qo‘shilib ketadi, inkor qilmoq — «yo‘q» demakdir, biror nar
sani rad etmoqdir. Lekin dialektikada inkor kundalik ongda
ishlatiladigan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada inkor qi
lish to‘g‘ridan to‘g‘ri «yo‘q» degani emas, ya’ni narsani mavjud
emas, deb e’lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo‘qotib
tashlamoq emas.
Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy al-
mashuvi bo‘lmasdan, balki eskining bag‘rida vujudga kelib, un-
dan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik inkorning
muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o‘rniga yangining
kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo‘lganligi uchun taraqqiyotning
muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, u yangini eski bilan vorisiy
bog‘liq ekanligini ham ifodalaydi.
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega shunday
deb atalishini izohlamoq lozim. Falsafaning bu ta’limotini ikki
marta takrorlanuvchi inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va
hodisalarning doimiy ravishda o‘zgarib, bir holatdan ikkinchi
holatga o‘tib borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan
kelib chiqadi.
Bu qonunga ko‘ra, har bir mavjud bo‘lgan narsa va hodisa
o‘zigacha bolgan sifat va miqdor inkor etilishining mahsuli, shu
bilan birga, ana shu narsa va hodisalarning o‘zi ham sharoitning
o‘zgarishi, vaqtning o‘tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. De
mak, har bir narsa va hodisaning o‘zgarishi va rivojlanishi hami
sha ikki va undan ko'proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. In
soniyat tarixi — avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham
ana shunday hoi nazarda tutiladi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyot-
dagi davriylikning muayyan halqasida, ya’ni navbatdagi inkor
bosqichida uning oldingi bosqichidagi ba’zi belgilar takrorlanadi.
120
Masalan, don o‘simlikdan yana donlarga aylanadi, keyinroq yana
o‘simlikka va hokazo.
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to‘g‘ri chiziq
shaklida emas, doira shaklida boladi, uning oxirgi nuqtasi
boshlang‘ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning
oxirgi nuqta bilan tutashishi bolmasdan, balki yuqori bosqichda
sodir bolishi sababli taraqqiyot spiral shaklga ega boladi. Bu spi-
ralning har bir yangi o‘rami oldingi o‘ramiga nisbatan yuqori roq
bosqichda yuzaga keladi.
Dialektik inkor yangi bilan eski o‘rtasidagi boglanishni but-
kul rad qiladi, deb tushunmaslik kerak. Yangi qanchalik i!g‘or
bolmasin, u yo‘q joydan paydo bolmaydi, balki eskining qobiglda
asta-sekin shakllanadi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda eskidan
yangiga o‘tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, balki
uning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi va rivojlanish davom et-
tiriladi. Demak, yangi bilan eski o‘rtasida vorislik mavjuddir. In
korni inkor qonuni taraqqiyotda vorislik va qaytariluvchanlikning
birligini tavsiflaydi. Dialektik inkorning muhim xususiyati ana
shundan iborat.
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jara
yonida ro‘y berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda kat
ta ahamiyat kasb etadi. Yangi jamiyatni barpo etishga qaratilgan
o‘zgarishlar hamma narsani butunlay yo‘q qilishni bildirmaydi.
Aksincha, bu — xalqimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijti-
moiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy yutuqlarni saqlab qolib, ularni
yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning
asosiy tamoyili Islom Karimovning yangisini qurmasdan, eskini
buzmaslik lozimligi to‘g‘risidagi xulosasida yaqqol o‘z asosini
topgan.
Har qanday fanning o‘ziga xos qonunlari va asosiy tushuncha-
lari boladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, og'irlik, tezlik, kuch
kabi tushunchalarga juda ko‘p duch kelish mumkin. Ularning
aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlar-
ning nomi bilan boglangan. Masalan, fizil.ada Nyuton, Fara-
dey, Avagadro qonunlari va hokazo. Matematikani esa Pifagor,
al-Xorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin.
121
Xuddi shunday falsafaning fanlik maqomini belgilaydigan asosiy
tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni
o‘rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining maz
munini aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga ko‘ra, «qonun»
falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayoni
dagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib
turuvchi, ichki o‘zaro bog‘lan ishlar, aloqalar, munosabatlarning
mantiqiy ifodasi ekanligini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Endi kategori-
yalarning mohiyati va mazmuni bilan qisqa tanishaylik.
Kategoriya nima? Bu so‘z qadimgi yunon tilidan olingan
bo‘lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish» degan ma’nolarni
anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi
davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan.
Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta’riflab ber-
gan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni obyektiv
voqelikning umumlashgan in’ikosi sifatida qarab, turkumlashti-
rishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar
mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat»,
«o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu
turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga
ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat»,
«holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifa
tida o‘rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilina
di. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko‘proq politika va rito-
rika (notiqlik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida
tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shinni, mam-
lakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madani
yati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bolgan. Ammo o‘sha
davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch
tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qi
lingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto
Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana
shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va
yoshlarni bu ilm yoliga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sa
bab bolganlikda ayblagan ham edilar. Bu hoi Suqrotning buyuk
122
shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifoda-
lashga kirishishi uchun turtki bolgan. Olim falsafaning qonun va
kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va
falsafani fan darajasiga ko‘targan. 0 ‘sha davrdan boshlab falsafa
o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bolgan
fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn
Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
XVII—XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi
davr vujudga keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar
«sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko‘plik, yax-
litlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat,
o‘zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik
va novoqelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan
farqli olaroq, Hegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat,
miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushun
cha» (obyektiv, subyektiv, absolyut g‘oya) tarzida izohlagan.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni
umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifati-
dagi quyidagi tavsiflari bor: 1) obyektiv voqelikning in’ikosi; 2)
narsa va hodisalarning o‘zaro boglanish va aloqadorligini man
tiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning
rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) bor
liqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy-mantiqiy bilish
darajalaridan biri. Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam,
undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi
aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir,
degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat,
makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shun
day kategoriyalaridir.
Falsafada o‘z xususiyatlariga kola, «juft kategoriyalar» deb
ataladigan; umumiy boglanish va aloqadorlik munosabatlarini
ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning
muayyan yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror,
davriy takrorlanib turuvchi boglanish va alo ladorlik munosabat
larini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik,
boglanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jara-
123
yonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tar
zida vujudga kelgan.
Dostları ilə paylaş: |