125
tendensiyasi
umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib
chiqqan bolib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
«Butun», «qism», «struktura», «sistema», «element» kategori
yalari.
Falsafaning «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» kate
goriyalari bilan «butun», «qism», «struktura», «sistema», «ele
ment» kategoriyalari o‘rtasida uzviy bogliqlik va muayyan farqlar
mavjud. Ya’ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va
hodisalar rivojlanish jarayonidagi boglanish, aloqadorlik muno-
sabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa, «bu
tun», «qism», «struktura», «sistema», «element» kategoriyalari esa,
ularning makon va zamondagi bog‘lanish munosabatlarini jara-
yon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtayi nazardan, butunni — umu
miylik, qismni yoki elementni — alohidalik tarzida olib qarash
holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o‘xshashlik bolishiga
qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin
emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmuyi
ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy
jihatdan «butun», «qism», «element»larga ajratish bilishga xos nis-
biy hodisa bolib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy
shartdir. Shunga ko‘ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar
tizimi bilishnihg bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib
qaralishi kerak.
Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalari-
dan bolib hisoblanadi. Sistema — grekcha so‘z bolib, mantiqiy
ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birik-
ma, degan ma’nolarni anglatadi.
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan ele-
mentlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu
nuqtayi nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy
faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy elementlarini
tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Xusu-
san, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga kola
turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, Chunki
insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi ele
mentlarning mavjudlik holati va rivojlanishi obyektiv qonuniyat-
larini o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga
126
qaratilgan. Ya’ni, insonning obyektiv reallikni nazariy bilishga
asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyat-
lari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan
unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqador
ligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi.
Struktura esa, narsa-hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va muno-
sabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan
sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin ti-
lida tuzilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil
qilgan elementlarning nisbatan turg‘un boglanish, aloqadorligi
va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda struktura-
ni sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tash
kil qilgan elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik
holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan,
tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga qa-
rab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNK
laming o‘zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi,
tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular umumlashgan
holda, moddiy olamning obyektiv realligi tarzida mavjud bolsa
ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistema-
lardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga,
makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura»
va «tashqi struktura»ga ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro
boglanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan
nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy
munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon boladi.
Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bolsak, unda-
gi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning
ongli munosabatlari tarzida ko'zga tashlanadi. Ya’ni, jamiyat
ning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabat
lari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. 0 ‘z navbatida, siste
mani tolaligicha bilish, uning strukturaviy zuzilishidagi har bir
elementning funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo
etadi.
127
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, insonlarning narsa hamda
hodisalarga muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga ko‘ra yondashi-
shiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida
olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasi-
da, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi,
lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib
tahlil qiladigan bo‘lsak, uning ichki elementlardan iborat mus
taqil sistemaligini ko‘ramiz. Shunga ko‘ra, sistema, struktura va
element nisbiy tushunchalar bolib, kategoriyalar sifatida, unga
bolgan munosabat doirasida konkretlashadi.
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy
kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish,
strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bolib
hisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyati-
ga ko‘ra: muhim va muhim bolmagan, asosiy va asosiy bolmagan
elementlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Chunki har
qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xu-
susiyatlariga kola, o‘z ahamiyatiga ega boladi. Biroq, ularning
ahamiyatini, yuqorida ko‘rsatilganidek, turkumlashtirish mutlaqo
nisbiy hamda shartli xarakterga ega bo‘lib, muayyan manfaatlar
va ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga kola,
konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdagi element
larning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga
kelib turishi bilan izohlanadi. Ya’ni, sistemadagi uning xarakteri-
ni belgilab turgan muhim element, ma’lum vaqtga kelib muhim
bolmagan elementga aylanishi yoki aksincha bolishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategori
yalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda
metodologik asos boladi.
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o‘quv
qollanmalaridan farqli olaroq, bu kategoriyalarni qiyosiy tahlil
qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmuni
ni ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va
hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va
tasodif», «imkoniyat va voqelik» kategoriyalarining mazmuni,
128
yuqorida ko‘rsatilgan «alohidalik», «xususiylik» «umumiylik», «bu
tun», «qism», «struktura», «element» kategoriyalari mazmuni bilan
uzviy bogliqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-
birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit
sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, buning uchun
har bir kategoriyaning mazmunini alohida tahlil qilish zarur.
«Mohiyat va hodisa» kategoriyasi ham shunday tahlilni talab
qiladi. Mohiyat — o‘zida alohidalik, maxsuslik, umumiylikning
mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism,
sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa,
ularning boglanish!, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon
bolishidir. Mohiyatni alohidalik, maxsuslik, umumiylik, butun,
qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o'rganish maqsad
ga muvofiq. Bundan tashqari, subyekt nazarida ahamiyatiga va
funksiyasiga ko‘ra, asosiy va asosiy bolmagan, nisbatan barqaror
yoki o‘zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi ja
rayonida o‘rnini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur.
Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson ehti-
yojlarini qondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan
iborat. Masalan, jamiyat ustqurmasining siyosiy elementi bo'lgan
davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda
vositalari mamlakat hududida yashayotgan kishilarning muayyan
hayot sharoitlarini ta’minlashdan iborat bolib, uning mohiyatini
tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, har qanday mohiyatni odamlaming
manfaatlari va ehtiyojlariga, sivilizatsiya kelajagiga boglab tahlil
qilgandagina, u ahamiyatga ega boladi.
Narsa va hodisalarni bilish hamda o‘zgartirishga inson muay
yan ehtiyojlar asosida yondashadi. Bu yondashish subyektiv
xarakterga ega bolib, uning konkret ehtiyojlari va manfaatlari
nuqtayi nazaridan baholanadi. Masalan, chanqagan kishi uchun
suv uning chanqog‘ini qondirish, flzik uchun agregat holati,
elektr tokini o'tkazishi yoki optik xususiyatlari, ximik uchun,
uning H 20 kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun-tegirmon
parragini aylantirish xususiyatlari asosiy mohiyat hisoblanadi.
Narsa va hodisalar doimiy rivojlanib turishi jarayonida, ular
ning mohiyati ham, shunga mos tarzda hodisa ham o‘zgarib tura-
129
di. Mohiyatdagi har qanday juziy o‘zgarish ham, uning muqarrar
o‘zgargan hodisasida ifodalanadi. Masalan, suvning elektr tokini
o‘tkazish xususiyati, uning temperaturasiga bogliqligi aniqlan-
gan. Agar biz suvning temperaturasini ma’lum darajada ko‘tarsak,
uning elektr tokini o‘tkazish xususiyatini o‘lchaydigan asboblar
bu o‘zgarishlarni qayd qilmasligi mumkin. Lekin, bundan suv
ning mohiyatini ifodalaydigan elektr tokining o‘tkazuvchanlik
xususiyati yo‘qolgan, degan xulosa kelib chiqmaydi.
Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida boglanishlari
makon va zamondagi muayyan konkretligi bilan ajralib turadi.
Mohiyat va hodisa o‘z xususiyatlariga ko‘ra sistema, struktura va
elementlarda o‘ziga xos tarzda namoyon boladi. Shuning uchun
har qanday hodisani va mohiyatni tahlil qilishda aniq tamoyil-
larga asoslanish lozim.
Dostları ilə paylaş: |