ni yengillashtirishga xizmat qiladi va o‘zining yaratuvchisi usti-
dan hukmron bo‘la olmaydi.
Ayrim tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, hozirgi davrda fan soha-
sida erishilgan natijalar har o‘n yilda, informatsiya olish esa har
3-4 yilda ikki barobarga oshmoqda. Ana shunday sharoitda inson
ongi, uning xotira qudrati bu axborotlarni o'zlashtira oladimi, de
gan savol ko‘ndalang bolmoqda. Yangi bilimlar, axborot oqimi
unchalik kuchli bo‘lmagan yaqin olmishda tirishqoq kishi insoni
yat bilimi erishgan asosiy natijalarni o‘zlashtira olar edi. Bugungi
kunda faqat fanning turli yo‘nalishlari bo'yicha yiliga bir necha
million kitob nashr etilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, inson eng
yangi adabiyotlarni o‘rganib borishga harakat qilganda ham, uning
har bir o‘qigan betiga o‘n ming o‘qilmagan sahifa to‘g‘ri kelar ekan.
Kishilarning paydo bolgan yangi kitoblarning aksariyatini
jismonan o‘qib ulgurmaganligi «informatsion portlash» keltirib
chiqarayotgan oqibatlarning bir ko‘rinishi, xolos. Masalaning yana
bir jihati borki, bu inson to‘plagan bilim, axborotning ma’naviy
eskirishi, keraksiz bolib qolayotganligidir. Bunday eskirish sur’ati
tobora tezlashib bormoqda. Masalan, oliy ta’lim sohasida bu ja-
rayon olti-yetti yil, kompyuter texnologiyasi sohasida esa bir yil
davomida sodir bolayotganligi haqida fikrlar bildirilmoqda. Bu
agar siz oliy o‘quv yurtini bitirganingizga yetti yil bolgan bolsa,
o‘z vaqtida olgan bilimlaringizning aksariyati bugungi kun talabi-
ga javob bermasligini bildiradi. Ana shunday sharoitda kishilar
ning o‘z bilimlarini yuqori darajada ushlab turishlari ulardan
doimiy diqqat-e’tiborni, o‘z ustida ishlashni talab qiladi. Aks
holda, ta’lim dargohini eng yuqori natijalar bilan bitirgan muta-
xassis ham tez orada chalasavod bolib qolishi mumkin.
Umumlashtirib aytganimizda, bilishning mohiyatini tushu-
nish, u bilan bogliq bolgan jarayonlarni ilmiy talqin etish olam
va odam birligini anglash imkonini beradi. Ayni paytda, bilish
mohiyatini anglash insonning o‘zligini, yashashdan maqsadi,
hayotining ma’no-mazmuni kabi masalalarni chuqurroq tushu-
nishga yol ochadi. Bu bilish va u bilan bogliq masalalar har bir
inson hayotida nihoyatda muhim amaliy ahamiyatga ega ekan-
ligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: