6-mavzu. Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‘nalishlari
Bilish va uning shakllari.
Bilishning mohiyati, shakllanish va
rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida
muhim o'rin egallab kelmoqda. Inson o‘z bilimi tufayli borliq,
tabiat, jamiyatni va nihoyat, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Bilishga qa
ratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali
usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega.
Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va
muammolari bilan
shug‘ullanuvchi maxsus sohasi — «Gnoseologiya» vujudga keldi
va u qadimgi lotincha «gnozis» — bilish va «logos» — fan, ilm
ma’nolarini anglatadi.
Inson bilishi nihoyatda ko‘p qirrali, murakkab va ziddiyatli ja-
rayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini
hal etish bilan shug‘ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning
rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqib,
gnoseologiya oldiga yangi
vazifalar qo‘yadi. Xususan, XVII asr o‘rtalarida yevropalik fay-
lasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil
qilishning usullarini o‘rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash
bilan shug‘ullandilar. Tajribaga asoslangan
bilimgina haqiqiy bi-
limdir, degaji g‘oyani olg‘a surdilar.
XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyat-
lariga, ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustunligiga alo
hida urg‘u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalari-
ning haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari
haqida bahs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladi-
mi, degan masala keskin qo‘yildi. Insonning bilish imkoniyatlariga
shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldi.
Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g£risida
bilimlar hosil
qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turi-
dir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va
tasavvurga ega bolmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan
muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi.
Bilishning mahsuli, natijasi
ilm bolib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y
beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bolgan ma’naviy ehti-
yoj, hayotiy zaruriyatdir.
136
Insoniyat ko‘p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umum
lashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o‘zi
uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qan
day turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bi-
limlar hosil qilinadi.
Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qi
lish butun insoniyatga xos bolgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita
hayotiy ehtiyojdan, farovon hayot kechirish
zaruratidan vujudga
kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti
davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug‘ullanadigan va il
miy nazariyalar yaratuvchi alohida sotsial guruh vujudga keldi.
Bular ilm-fan kishilari bolib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan
shug‘ullanadilar.
Bilishning ikki shakli:
Dostları ilə paylaş: