Falsafa asoslari


Bilish va o‘z-o‘zini anglash



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   221
Falsafa asoslari

Bilish va o‘z-o‘zini anglash. 
Inson voqelikni aks ettirish bilan 
bir qatorda o‘zi haqida fikr yuritish, ruhida kechayotgan jarayon- 
larni tahlil qilish, xatti-harakatlarini boshqarishdek qobiliyatga 
ham ega. 0 ‘zini o‘zgalardan ajrata bilish, o‘ziga munosabat, im- 
koniyatlarini baholash o‘z-o‘zini anglash sifatida namoyon boladi. 
0 ‘z-o‘zini anglashda o‘zini bilish, baholash va tartibga solishdek 
unsurlarni ajratish mumkin. Bu unsurlar o‘z-o‘zini anglashning 
sohibiga — subyektiga ko‘ra farqlanuvchi muayyan shaxs, ijtimoiy 
guruh, millat, jamiyatga xosdir.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi haqida gap ketar ekan, u o‘zini 
alohida organizm, oila, ijtimoiy guruh, millat, madaniyatga man- 
subligini va yuqoridagi xususiyatlaridan qat’i nazar alohida va 
betakror «Men» sifatida anglashdek bosqichlarni bosib o'tishim 
ta’kidlash zarur.
Insonning kamol topish jarayoni, o‘z-o‘zini anglashning rivoj- 
lanishi o‘ziga xos xarakter kasb etadi. Masalan, dastlabki davrda 
bolada avvalo, boshqalar tomonidan berilgan tasavvur va baholar 
ustunlik qiladi. Bolaning tafakkuri o‘sishi bilan, u olamni mus­
taqil anglay boshlaydi va o‘zining imkoniyatlarini o‘zi baholashga
143


o‘rganib boradi. Aynan mana shu davrda to‘g‘ri yolga qo‘yilgan 
tarbiya muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki, aynan mana shu 
tarbiya ta’sirida bolada o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ham 
yoki unga ortiqcha baho berib yuborish holati ham shakllanib 
qolishi mumkin.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglash jarayonida u mansub bolgan 
madaniyat, turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy omil­
lar ham kuchli darajada ta’sir ko'rsatadi. Ana shunday xilma-xil 
ta’sirlar mavjudligi shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, baholashi va 
faoliyatini tartibga solishi, nazorat qilishini ta’minlaydi. Aks hol­
da ozgina iqtisodiy qiyinchilik, kichkinagina ijtimoiy muammo 
shaxs hayotini izdan chiqarib yuborishi, turli xil ta’sirlar domiga 
tortishi mumkin. Buni tushunib olish bugungi kunda inson ongi 
va qalbi uchun kurash tobora keskinlashib va intensivlashib bo- 
rayotgan bir sharoitda ayniqsa muhimdir.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin