Tayanch tushunchalar:
dunyoni anglash, ong, in’ikos, bilish,
gnoseologiya, bilim, kundalik (empirik) bilim,
nazariy bilim, bi
lish obyekti, bilish subyekti, bilish metodlari, haqiqat, o‘z-o‘zini
anglash, axborot.
Takrorlash uchun savollar
1. Ong nima?
2. Gnoseologiya nimani o‘rganadi?
3. Bilish nima?
4. Bilish obyekti, subyekti, predmeti tushunchalarini izohlang.
5. Bilishda haqiqatga erishish yolini izohlang.
6. Bilimlar va axborot omili ta’siri ortishini qanday tushuna-
siz?
7. Bilishning yoshlarni tarbiyalash
va kamol toptirishdagi aha-
miyati nimada?
7-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy
qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi
«Jamiyat» tushunchasining mazmun-mohiyati.
Insoniyat azal-
azaldan jamoa bo‘lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy ma-
koni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyo-
rada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga
kirgan. Demak, umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning
umri, hayoti o’tgan hamma davri,
joy va hududi bilan bogliq
barcha o‘zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.
Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, sivili
zatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushiga nisbatan ham ushbu
tushuncha qollanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushun
cha bolib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a’zosi deb ata
ladi. Har bir jamiyatning o‘z qiyofasi, tuzilishi, tarkibiy qismlari
mavjud bolishi tarixiy zaruratdir. Muayyan jamiyat hayotiga xos
bolgan yashash va taraqqiy etish sohalarining ham o‘ziga xos xu
susiyatlari bor. Bu masalani o‘rganish ayniqsa dunyo hamjamiyati
va 0 ‘zbekiston hayotida tub o‘zgarishlar ro‘y berayotgani hozirgi
davrda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
146
Jamiyat bilan bogliq masalalar azaldan ko‘plab mutaxassis-
larning diqqatini tortib keladi. Fan
tarixida bu mavzuga doir
turlicha qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar mavjud. Bu masalalar
qadimgi avlodlarimizdan qolgan «Avesto» va « 0 ‘rxun~Yenesey
toshbitiklari»da, Al-Xorazmiy, Al-Buxoriy, Al-Beruniy, Najmid-
din Kubro, Mirzo Ulug‘bek,
Alisher Navoiy, Bobur va boshqa
allomalarimiz merosida yorqin ifodasini topgan. Sharq siyosat-
shunosligida jamiyat bilan bogliq masalalar Konfutsiy, Kaykovus,
Nizomulmulk, Mirxond, Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi
ko‘plab allomalar ijodidan o‘rin olgan.
Ijtimoiy taraqqiyot davomida jamiyat to‘g‘risidagi qarash
lar, g‘oyalar va ta’limotlar rivojlanib takomillashib borganli-
gini, xususan vatandoshimiz Abu
Nasr Forobiyning ijtimoiy-
falsafiy qarashlari tizimida hamda Amir Temur va temuriylar
sulolasining jamiyat rivoji masalalariga oid nazariy va amaliy
jihatdan yondashganligida ko‘rish mumkin. Xususan, «Temur
tuzuklari»da qayd etilgani kabi: «... saltanat qurish, davlat tu-
tish ishlarini bir tuzukka bogladim va saltanatni boshqarish
haqida qollanm a (dasturulamal) yozib qoldirdim,
toki far-
zandlarim va avlodimdan bolganlarning har biri unga muvo-
fiq ish yuritsin, mehnatu mashaqqatlar, ko‘p harbiy yurishlar,
urush-talashlar bilan, Tangrining inoyati va hazrati Muham-
madning, unga Tangrining marhamatlari va salomlari bolsin,
tolei
baland millatning sharofati, onhazratning ulug'vor avlodi
va qimmatli sahobalariga qilgan muhabbat va do‘stligim orqali
qolga kiritgan saltanatni saqlagaylar»1. Shuningdek, mazkur
mavzuga Ahmad Donish, Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi mu-
tafakkirlarimiz ijodida ham alohida ahamiyat berilgan.
Hozirgi
davrda ham ushbu masalaga doir ko‘plab kitoblar, risolalar va
qollanm alar chop etilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, jamiyatning mohiyatini, tuzilishini, qo-
nuniyatlarini bilish, ularga tayangan holda boshqaruv va rahbar-
lik faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning
Dostları ilə paylaş: