Falsafa asoslari


UCHINCHI BO‘LIM. ETIKA: AXLOQ FALSAFASI



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   221
Falsafa asoslari

UCHINCHI BO‘LIM. ETIKA: AXLOQ FALSAFASI
13-mavzu. «Etika» fanining predmeti va
jamiyat hayotidagi ahamiyati
Etika fanining mohiyati va predmeti. 
Etika fani bir necha ming 
yillik tarixga ega qadimiy fan. U bizda «axloq ilmi», «odobnoma» 
kabi nomlar bilan atalgan. Axloq — inson ma’naviy kamoloti sar- 
chashmalaridan biri bolib, u tufayli jamiyat ravnaq topadi, fuqa- 
rolarning baxt-saodat haqidagi orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi. 
U o‘zining paydo bolish tabiatiga ko‘ra ijtimoiy-tarixiy hodisa 
hisoblanadi. Odamzod ijtimoiy mavjudot sifatida shakllana bosh- 
lagan kundanoq axloq paydo bolgan. Aniqrog‘i, odamzodning 
o‘zi ular o'rtasidagi axloqiy munosabatlarning hosilasi sifatida 
shakllana borgan. Odamlar o‘rtasidagi axloqiy munosabatlar 
negizida jamiyatning axloqiy hayoti ijtimoiy borliqning tarkibiy 
qismi sifatida qaror topgan.
Inson va jamiyat hayotida axloq talab qiluvchi, tartibga soluv- 
chi, boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi kuch bolganligi uchun ham 
buyuk mutafakkirlar, shoirlar, olimlar, davlat va jamoat arbob- 
larining diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Axloqning mohiyatini, ta- 
biatini tadqiq qilish tarixiylik va mantiqiylik, tizimli yondashuv 
usullari (metodlari) orqali ish ko'rishni taqozo etadi. Axloq ilmini 
o‘rganishga baglshlangan xorijiy va o‘zbek tilidagi adabiyotlarda 
«axloq», «etika», «moral» degan tushunchalar ko‘plab ishlatila- 
di. «Etika» so'zi qadimgi yunonistonlik mutafakkirlar tomoni- 
dan fanga kiritilgan. 0 ‘z vaqtida Gomer «ethos» (etos) so‘zidan 
«birgalikda yashaydigan joy, uy, g‘or, uya, in, makon» ma’nosida 
foydalangan bolsa, eramizdan avvalgi IV asrda yashagan yunon 
faylasufi Arastu «etos» so‘zidan ikkita: «Etika» (axloq) va «Eti- 
kaviylik» (axloqiylik) degan tushunchalarni keltirib chiqaradi. U 
«axloqiylik»ni inson qalbining takomillashgan sifatlari — xotir- 
jamlik, oglrlik, vazminlik, bosiqlik, mardlik, botirlik, jasurlik, 
qahramonlik, o‘rtachalik, mo‘tadillik va hokazolarni ifodalovchi 
tushuncha deb bilgan. Shu asosda u etikani-yaxshi fazilatlarga 
(xislatlar) ega bolgan kishilarni yoki kishilarning yaxshi sifatla-
266


rini, ya’ni xayrli, saxovat va himmatli, ezgu ishlarini o‘rgatuvchi 
ilm sohasi deb tushungan.
Darhaqiqat, Arastu etikaga; insonlar o‘rtasidagi munosabat 
doirasi va oqil ijtimoiy hayvon (individ)ning axloqini o‘rganuvchi 
fan deb, ta’rif bergan. Bu haqda «Nikomax etikasi», «Evdem eti­
kasi», «Katta etika» kitoblarini yozib «etika» faniga asos solgan1. 
Demak, G ‘arbiy Yevropada bundan 2500 yil oldin axloq masalasi 
ilm sohasi sifatida o‘rganila boshlangan.
Axloqshunoslik ilmi tarixida axloq va uning mazmun-mohi- 
yatiga doir juda ko‘plab ta’riflar berilgan. Jumladan, «Falsafa: 
qomusiy lug‘at»ida: «Axloq (arab. Xulqning ko‘pligi; lot. Moralis
— xulq-atvor) — ijtimoiy ong shakllaridan bin. Kishilarning tari- 
xan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy 
hayotdagi o‘zaro, Shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlar- 
ni tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar 
yig‘indisi»2, — deb ta’riflangan.
Ba’zi mualliflar «axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega ekan- 
ligini, ya’ni umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini 
anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xat- 
ti-harakatining eng qamrovli qismini bildirib, jamiyat, zamon, 
ba’zan insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan umum­
bashariy ahamiyatga ega ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, in- 
soniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa ekanligini 
ta’kidlaydi3.
Har bir insondan umri davomida jamiyatda qabul qilingan 
urf-odat, an’ana va qonun-qoidalarga amal qilishi talab etiladi. 
Ana shu jarayonda inson va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan 
obyektiv aloqadorlik, ya’ni ijtimoiy munosabat — xulq atvor, 
odob, xatti-harakat, prinsip va normalarning majmuasi axloq-

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin