Falsafa asoslari


Аристотель. Никомахова этика / Аристотель. Сочинение. В 4 х-т. Т



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   221
Falsafa asoslari

1 Аристотель. Никомахова этика / Аристотель. Сочинение. В 4 х-т. Т.
4. - М.: Мысль, 1984. С. 55 - 62.
2 Falsafa: Qomusiy lug'at / Tuzuvchi va mas’ul miharrir Q.Nazarov. - Т.:
Sharq, 2004. - 40 b.
3 Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. - Т.: 0 ‘zbekiston Faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti, 2010. — 8 b.
267


ning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Binobarin, axloqning 
manbai jamiyat ehtiyoji va manfaatlaridan iborat.
Etika axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jami­
yatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. «Axloq» so‘zi arab- 
chadan olingan bolib, insonning muomala va ruhiy xususiyat- 
lari majmuyini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining 
ko‘plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy 
tushuncha sifatida u fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muay­
yan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng 
qamrovli qismini bildiradi.
Demak, axloq deb, avvalo inson bilan inson, so‘ngra inson 
bilan jamiyat o‘rtasidagi obyektiv va subyektiv aloqadorliklar tu- 
fayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvo- 
fiqlashtirib turish asosida har bir shaxs, jamoa, ijtimoiy guruh, 
millat, elatning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga sola- 
digan, yaxshi ezgu niyatlar sari yo‘naltiradigan, qadriyat maqo- 
mini olgan muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat, tamoyil va 
normalarning majmuyiga aytiladi.
Jamiyatning axloqiy hayotini o‘zida aks ettiruvchi axloqni 
ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida tarkibiy tuzilishi bo‘yicha 
uchta:
— birinchidan, kishilarning kundalik hayotida sodir etadigan 
axloqiy xatti-harakatlaridan iborat bolgan amaldagi axloq, ya’ni 
axloqiy amaliyot;
— ikkinchidan, muayyan qadriyatlar asosida fikr yuritish, ba- 
holash, qadr-qimmatini belgilashni o‘z ichiga oluvchi axloqiy 
ong;
— uchinchidan, o‘zini o‘zi axloqiy anglash — mavjud vaziyatni 
axloqiy jihatdan tahlil qilishni, ya’ni qalban o‘zi bilan gaplashish, 
o‘zicha baholash, o‘zini nazorat qilish, o‘zini o‘zi takomillashti- 
rish, boshqa odamlar bilan birga ich-ichidan aziyat chekish; aniq 
vaziyatda yaxshi va yomonni qalban his qilish, yaxshi va yomon- 
dan birini tanlashga irodaviy jihatdan tayyor turish kabi dara- 
jalarga ajratish mumkin.
Ana shu uchta darajadan olgan ijobiy xatti-harakatlar, xusu- 
san, yaxshilik, mehr-muruvvat, fidoyilik, saxovat, o‘zaro hurmat,
268


beg‘arazlik, shijoat, sadoqat va hokazolar asta-sekinlik bilan 
loqiy qadriyatlarga aylanib boradi.
Inson va jamiyat hayotida axloq quyidagi funksiyalarni baj^ 
radi:

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin