tun borlig‘i, ekzistensial mohiyati tarbiya tufayli ro‘yobga chiqadi
va voqelikka aylanadi.
Yosh avlodning, umuman jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan
yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg'unlik va inqirozga
mahkum. Buni hech kim inkor qila olmaydi. 0 ‘zbekistonning
Birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Ma’lumki, o‘zbek xalqi
azaldan o‘zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi.
Albatta, fa'rzandga mehr qo‘yish, ularning qornini to‘q, ustini but
qilish o‘z yo‘li bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chog‘idan bosh-
lab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga
yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu
masalaga e’tibor bermaslik nafaqat ayrim ota-onalar, balki butun
jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ham ko‘pgina hayotiy
misollarda ko‘rish mumkin»1, deganida haqli edi.
E’tibor bersak xalqimizning lug‘at boyligida inson tarbiyasi bi
lan bogliq bir qator so‘z va iboralami uchratamiz: aqliy tarbiya,
ruhiy tarbiya, axloqiy tarbiya, ma’naviy tarbiya, g‘oyaviy tarbiya,
siyosiy tarbiya, ijtimoiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya
va hokazo. Diqqat bilan nazar solinsa tarbiyaning aksariyat shakl
lari tom ma’noda kishining ma’naviy tarbiyasiga qaratilganini
ko‘rish mumkin. Ma’naviy tarbiya negizini esa birinchi navbatda
aqliy, ruhiy va axloqiy fazilatlarni shakllantirish tashkil etadi.
Jamiyatimiz, xalqimiz ongi bunday salbiy tushunchalardan
xoli. Farzand tarbiyasi xalqimizning o‘z qolida. Biroq jamiyat-
ning, hayotning bugungi jadal rivoji, munosabatlarning tezligi
ba’zan kishini chalg‘itib, muhimni-nomuhimdan ajratib olishida
qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Bizni o‘rab turgan muhitda tarbi
yaga ta’sir e’tuvchi omillar salmog‘i ortib bormoqda. Masalan,
televideniya va radio, kino va video mahsulotlari, turli reklama
afishalari, internet kabilar shular jumlasidandir.
Bugungi g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning, chetdan kirib
kelayotgan turli tahdidlarning nishoni ham birinchi navbatda
yoshlar, ya’ni ularning ongi va qalbini egallash. Agarki, ota-ona-
Dostları ilə paylaş: