faoliyatidagi ehtiyojning murakkab jarayoni bolib, o‘zga kishilar
bilan m a’lumot almashish, ularni tushunish va idrok etishning
hamkorlikdagi strategiyasidir.
Muomala madaniyatida xushfe’llik, xushmuomalalik, hayo-
ibolilik, beozorlik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik
singari axloqiy
me’yorlar muhim sanaladi.
Muomala odobi boshqa kishilarning qadr-qimmatini, izzatini
joyiga qo‘yish bolib, ko‘pchilik oldida bir kishiga aytiladigan gap
boshqalarni noqulay ahvolga solib qo‘yadi. So‘zlash va tinglay
bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatini
tashkil etadi.
Asosiy axloqiy qadriyatlar.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga
ega bolib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va
rivojlanib boradi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, av
valo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi
faoliyati uchun foyda
keltiradigan narsa va hodisalar majmuyi bilan bogliq holda yu-
zaga keladi.
Axloqiy qadriyatlar esa har bir kishi, millat, elat, xalqning iqti-
sodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-madaniy, kundalik maishiy tur
mush faoliyatida nisbatan turg‘un, barqarorlik kasb etib, o‘zligini
bildirib, namoyon etib nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan
yuksak darajada shakllangan axloqiy sifat va fazilatlardan iborat.
Axloqiy qadriyatlarga insonparvarlik, jamoatchilik, adolat,
qonuniylik, vatanparvarlik,
xushmuomalalik va odoblilik, oddiy-
lik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiq ko‘ngillik va mard-
lik, saxiylik va m uruw atlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosa
bat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik
va saxovat, fidoyilik, sadoqat,
mehr-muhabbat, mehnatsevarlik,
sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi.
Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Axloqiy qadriyatlarning mazmuniga ko'ra burch, or-nomus,
vijdon, qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik,
rostgo‘ylik va hokazolarga; shakliga ko‘ra
esa ijobiy yoki salbiy,
ya’ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxt-
sizlik, hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin.
2. Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko‘ra:
310
— shaxsiy axloqiy qadriyatlar — kasbiy burchni bajarish, sevgi-
siga sadoqatli bo‘lish, halol rizq topish, so‘zining ustidan chiqish,
oila sha’nini saqlash, haromdan hazar qilish;
— milliy axloqiy qadriyatlar — mehmondo‘stlik, kattalarga nis
batan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e’zozlash, bolajonlik
va hokazolar;
— mintaqaviy axloqiy qadriyatlar — do‘stlik, yaxshi qo‘shnichi-
lik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, o‘zaro hurmat va boshqalar;
— umuminsoniy axloqiy qadriyatlar — insonparvarlik,
adolat-
parvarlik, vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik
kabi turkumlarga b o lish mumkin.
3. Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga ko‘ra:
— axloqiy ongda barqaror shakllangan ma’naviy-axloqiy qadri
yatlar: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayot-
gan kodekslar, normalar, tamoyillar, mafkuraviy g‘oyalar. M a
salan, «Harbiy qasamyod», «Shifokor qasamyodi», «Ichki ishlar
idoralari xodimlarining kasb odobnomasi» va h.k;
— axloqiy amaliyotda bevosita qollaniladigan axloqiy qadri
yatlar: yaxshilik yoki yomonlik, adolat
yoki razolatdan iborat
maqsadni ko'zlab, uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki maj-
burlash vositalarini qollab pirovard natijaga olib keluvchi qadri
yatlar;
— axloqiy munosabatlar tufayli zohir boladigan axloqiy qadri
yatlar: burch, shartni bajarish, halollik, saxiylik, kamtarlik, udda-
buronlik, tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga
ajratish mumkin.
Yangi axloqiy qadriyatlar yuzaga kelishi 0 ‘zbekistonda huqu-
qiy
demokratik davlatni qurish, fuqarolik jamiyatini shakllanti
rishda axloqiy qadriyatlar barcha fuqarolarni, millati, dini, tili,
irqidan qat’i nazar o‘zbek xalqi o‘zining milliy axloqiy qadriyat-
lari - sabr-qanoat, jamoatchilik, o‘zaro yordam, saxovat, tinch-
likni ardoqlash, shukronalik kabi axloqiy fazilatlarini namoyish
qilish orqali tinch-totuv yashashga chorlaydi va uni ta’minlaydi.
Qadriyatlar tizimida
Dostları ilə paylaş: