hamda kuch sarflab, ko‘proq mahsulot olish qoidasidir.
Buning
tejamkorlik, ekologik jihati xalq orasida «uvol» degan so‘zning
juda keng tarqalganligi va unga amal qilinishidan iborat.
Insonning har qanday ekologik faoliyati o‘zini va o‘zi yashayot-
gan tabiiy-ijtimoiy muhitni axloqiy hamda estetik o’zlashtirish
jarayonidir. Shu jumladan, ekologik madaniyatni yuksaltirish
insonning tabiatni maqsadga muvofiq axloqiy hamda estetik
o‘zlashtirishdan iborat maxsus faoliyatidir.
Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi
ahamiyati.
Jismonan sog‘, m a’nan
barkamol, zararli ta’sirlardan,
salbiy xislat, illatlardan xoli, toza, pok, soglom fikrli avlodni,
soglom naslli, jismoniy baquvvat, ruhi tetik,
flkri tiniq, iymon-
e’tiqodli, ma’naviyatli, mard va jasur, vatanparvar shaxsni tar-
biyalashda har bir jamiyat a’zosi olib
borayotgan turmush tarzi
juda katta rol o‘ynaydi. Soglom bolaning tugllishi, eng avvalo,
ota-onaning sogliglga bogliq. Soglom oila bolm asa,
barkamol
avlod ham, istiqboli porloq millat ham bolmaydi. Shuning uchun
ham mamlakatimizda bu masalaga nihoyatda katta e’tibor berib
kelinmoqda.
Inson uzoq um r ko‘rish va tinch hayot kechirish maqsadida
soglom ,
tetik va baquvvat bolish, o‘z yoshligi, husni va ish-
chanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning
asosiy omillaridan biri jismoniy harakatdir.
Soglom turmush inson farovon hayot kechirayotganidan dalo-
lat beruvchi omillardan biridir. Soglom
turmush kechirish uchun
organizmni tabiiy muhitning turli sharoitlariga chiniqtirish ta
lab etiladi. Salomatlik insonning ruhiy osoyishtaligi va tashqi
muhitning zararli ta’sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Or
ganizmni chiniqtirish, jismoniy mashqlarni bajarish,
sovuq suv-
da cho‘milish tashqi muhitning zararli ta’sirlariga organizmning
qarshiligini kuchaytirish omillari hisoblanadi. Chiniqish - bu
organizmni suv, quyosh va havo ta’sirida sekin-asta moslashtirib
borish mexanizmidir.
Dostları ilə paylaş: