(jumladan, iqtisod, siyosat, madaniyat sohalarida) davlatlar va xalq-
lar o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishiga
xizmat kundan-kunga kengayib va rang baranglashib bormoqda.
Shu bilan birga dunyoda barcha odamlar ham ezgu niyatlar bilan
ish
olib boradi, deyish qiyin. Ba’zilar buzg‘unchi kuchlar uchun
jahonda yagona axborot maydonining vujudga kelishi ham bunda
«ayni muddao» bo‘ldi. Ular zudlik bilan bu
qudratli vositani ham
o‘z qabih niyatlari yolida ishga solish harakatiga tushdilar.
Taraqqiyotga tahdidning zamonaviy ko‘rinishlaridan biri bu
«Ommaviy madaniyat» bolib, u o‘tgan asrning ikkinchi yarmida
G'arbda «pop kultura» nomi bilan vujudga kelgan.
Uning asosiy
maqsadi insonning ma’naviy yuksalishiga to‘sqinlik qilish, mil
liy madaniyatlar chegarasini buzib, bir xillikni o‘rnatishdan ibo-
ratdir. U millat, ma’naviyat, qadriyat
kabi tushunchalarni inson
ongidan butunlay o‘chirib tashlab, manqurtga aylangan olomonni
shakllantiradi. Bugungi kunda «ommaviy madaniyat» G ‘arb dun-
yosidagi madaniy hayotni izdan chiqarib, oila, nikoh, axloq bilan
bogliq qadriyatlarga putur yetkazgan holda butun
olamga giyoh-
vandlik, gomoseksualizm, SPID, egoizm, sadizm kabi illatlarni
tarqatmoqda. Bu kabi illatlarni o‘zida mujassam etgan «ommaviy
madaniyat» gfoballashuv sharoitidagi
axborotning shiddatli oqi-
midan foydalanib, milliy madaniyatlar qiyofasini o‘zgartirishga va
xalqlar turmush tarzini yaqinlashuviga sabab bolm oqda. Bir so‘z
bilan aytganda «ommaviy madaniyat» dunyoda bir xillikni shakl-
lantirmoqda. Inson hayotida bir xillik zerikarli va mazmunsiz
yashashga olib keladi.
Globallashuvning eng dolzarb
bolgan madaniyatlararo mu-
nosabatlardagi bu tendensiyalari bizning davrimizda ziddiyat
ko‘rinishini kasb etmoqda. Ana shunday «madaniy qarash»lardan
biri kosmopolitizm (yun. kosmorolites — dunyo, olam, dunyo
fuqarosi) bolib, bu
oqim tarafdorlari yagona dunyo, universa-
lizm g‘oyasini ilgari suradilar. «Yagona dunyo erkin fuqarosi»ning
bu g‘oyasi go‘yoki har qanday millat va mamlakat manfaatlari-
dan ustun turadi. Ularning qarashlariga ko‘ra hech qanday millat
yoki mamlakat yo‘q, hamma bir xil dunyo xalqlaridir. Bu g‘oya
ham «Ommaviy madaniyat»ning ko‘rinishlaridan biridir.
316
Milliy madaniyatimiz har doim tahdidlarga uchrab kelgan.
XX asrgacha gegemonlikni istagan bosqinchi kuchlarning qarshi-
ligiga uchrab kelgan bo‘lsa, endilikda mafkuraviy qurol birlamchi
bo‘lgan global zamonamizda hudud tanlangan qator muammolar
tahdid solmoqda. Bu muammolar
madaniy chegaralarni buzib,
milliy birliklarga ba’zan oshkora, ba’zan esa yashirin ravishda
o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. «Ommaviy madaniyat»
millat va xalq tanlamaydi. Shu bois ko‘p millatli 0 ‘zbekiston
xalqi uning har qanday shakllariga yo‘l bermasdan yagona milliy
mafkura atrofida birlashishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: