zaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so‘rasalar, sakkizta deb ayt-
gil: o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin;
rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‘ullansin,
kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin; kasbni obro‘ olish,
yaxshi nom chiqarishning sababi, deb bilsin; moli harom odam
lar (amaldorlar, poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar,
kazzob do‘kondorlar) bilan muomala qilmasin...»1.
Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmat-
korlar) odobi, maddohlar odobi singari masalalarda ham xuddi
shunday asosli fikrlar bildiradi. Sotishning sakkiz odobi, sotib
olishning o‘n ikki odobi borligini bayon etadi. Sotish odobi haqida
xaridorga muloyim gapirish, dag‘allik qilmaslik, olchovdan, ya’ni
tarozidan urmaslik, xaridorni aldamaslik kabilarni aytib o ladi.
Sotib olish odobida esa molni halol pulga sotib olish, qalbaki,
soxta pul bermaslik, sotuvchiga qo‘pol gapirmaslikni ta’kidlab
o‘tadi2. Kasbiy odobning barcha uchun birdek taalluqli hisoblan-
magan, balki muayyan kasb-kor egalarigagina mansub bolgan
ijtimoiy xulq-atvor qoidalari, me’yorlari mavjuddir. «Kasb odobi»
atamasi «kishilar o‘rtasidagi kasb faoliyati bilan bogliq munosa-
batlarga ma’rifiy tus beradigan xulq-atvor kodeksidir»3.
Kasb axloqi kasb odobiga nisbatan keng tushuncha. Chun
ki kasb odobi kasb axloqi tarkibiga kirib unga shaxs xulq-atvori
asos bolsa, kasb axloqi xulq-atvor bilan birgalikda, umuminsoniy
axloqiy kasbiy me’yorlarga asoslanadi. Kasbiy axloq insonning
kasbiy burchlari o‘z kasbiga bolgan munosabatini belgilaydigan
axloqiy me’yorlar majmuyi bolib, u kishilarni u yoki bu kasbga
mansubligiga qarab birlashtiradi.
Masalan, rahbarlikning axloqiy jihatlari borasida ta’kidlash
joizki, bu boradagi kasb odobi qonun-qoidalari faqat kabinetlarda
emas, balki, xalq bilan muloqot jarayonida shakllanadi. Rahbar
xodimlar faoliyatidagi kamchilik sifatida 0 ‘zbekiston Prezidenti
Dostları ilə paylaş: