Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi.
Globallashuv
jara-
yonida yangi estetik qadriyatlar qaror topib bormoqda. Bu inson
ning tabiatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatida aks etadi. Ne-
mis faylasufi Immanuil Kant tabiatni axloqiylik bilan bog'laydi:
«Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash
tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka,
ezgulikka qobiliyat mav-
judligidan dalolat beradi», — deydi u1. Ammo Hegelning, tabiatda
ideal yo‘q, shu sababli u ikkinchi darajali go‘zallik turi,
degan
fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni
«bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan marksizm ta’limotida keng e’tirof
etildi. Natijada uzoq yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor
qaratilmadi. Biz me’moriy
obidalarni asrash, tiklash haqida
qayg'urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin land-
shaft estetikasini chetga chiqarib qo‘ydik.
Hozirgi kunda shu narsa aniq bo'ldiki, tabiatni eng ulug‘
va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik
borib turgan estetik
savodsizlikdir. Aniqrog‘i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qi-
lish mumkin emas. XXI asrda olamni bilish,
voqelikni estetik
o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni qadriyat sifatida e’zozlashga
alohida e’tibor berilmoqda. Endilikda odamlarning yaratuvchan-
lik faoliyati yuksalishi barobarida estetik qadriyatlarga nisbatan
munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Bu o‘z navbatida inson mohi-
yatan
eng oliy qadriyat ekanligi, inson manfaatlarining ustuvor-
ligini ta’minlash barcha islohot va evrilishlarning bosh maqsadiga
aylanganligi bilan belgilanadi.
Insoniyatni o‘rab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-muhit,
tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini
ifodalaydigan
qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Bunday qadriyat
lar jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini
Dostları ilə paylaş: