— tafakkurlash shakllari, ularning tabiati va ularning tuzilmasi
(strukturasi) bilan bogliq qonuniyatlari;
— fikrlar o‘rtasidagi aloqalarning qonunlari;
— bu qonunlarning buzilishi bilan bogliq bolgan xatolar.
Tafakkur va uning xususiyatlari.
Tafakkur
bilishning yuqori
bosqichi ratsional (lotincha ratio — aql) bilish bolib, unda pred
met
va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi,
ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy boglanishlar
aks ettiriladi.
Aqliy bilish, tafakkurlash voqelikni abstraktlashgan (mavhum-
lashgan) va umumlashgan holda aks ettiradi. Tafakkurlash til bi
lan
uzviy aloqada, ya’ni til fikrning voqe bolish shakli hisobla
nadi. Sharq mutafakkirlari tilga katta e’tibor berganlar.
Tafakkur (aqliy bilish) hissiy bilish bilan uzviy bogliq. Tafak
kur yordamida buyum va hodisalarning mohiyatini tushunishga
erishiladi.
Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib,
muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, mulohaza va xu
losa chiqarish hamda ular o‘rtasidagi
aloqalar shaklida aks et-
tirib, ma’lum mantiqiy qonun-qoidalarni vujudga keltiradiki,
to‘g‘ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan xoli
fikrlash ana shu qonun-
qoidalarga amal qilishni taqozo etadi. Bu qonun-qoidalar amali-
yotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlash yoki rad etish,
ularning
to‘g‘riligi yoki xatoligini tasdiqlash yoxud inkor etishga xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: