Masalan:
Hamma san’atkorlar qo‘shiqchidir.
Ba’zi san’atkorlar qo'shiqchi emas.
Bu ikki mulohaza bir vaqtda chin ham, yolg‘on
ham bola
olmaydi. Ulardan biri (Ba’zi san’atkorlar qo'shiqchi emas) albatta
chin, ikkinchisi yolg‘on, uchinchi mulohazaga o‘rin yo‘q.
Demak, Uchinchisi — istisno qonuni:
1. Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan.
2. Umumiy tasdiq va juziy inkor etuvchi mulohazalarga nis
batan.
3. Umumiy inkor va juziy tasdiq mazmunidagi mulohazalarga
nisbatan qollanadi.
«Uchinchisi — istisno»
qonunida ham, nozidlik qonunidagi
kabi vaqt,
munosabat, obyekt aynanligiga rioya etish shart, aks
holda bu qonun o‘z kuchini yo‘qotadi,
fikrning izchilligiga zarar
yetadi va mantiqsizlikka yo‘1 qo‘yiladi.
«Uchinchisi — istisno» qonuni, boshqa mantiqiy qonunlar sin-
gari, ziddiyatli mulohazalarning chin yoki yolg‘onligini aniqlab
berolmaydi. Buning uchun voqea va hodisalarning rivojlanish qo-
nuniyatlarini bilish talab qilinadi. Inson o‘z bilimlariga asoslan
gan holda o‘2aro zid mulohazalardan qaysi biri chin yoki yolg‘on
ekanligini aniqlaydi. Bu qonun o‘zaro zid mulohazalar bir vaqtda
chin bolmasligini tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: