m a’lum
boladiki, nom til ifodasi bo‘lsa, tushuncha tafakkur
shaklidir.
Tushuncha buyum va hodisalarning umumiy, muhim va farq
qiluvchi belgilarini bir butun, yaxlit holda aks ettiruvchi tafak
kur shaklidir.
Buyum va hodisalarning belgilari muloqot va fikr
yuritish jarayonida biror predmetning
vakili sifatida xizmat qi-
ladigan belgilardan farq qiladi. Buyum va hodisalarning belgilari
predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biri-
ga o‘xshashligini ifoda qiluvchi xususiyatlar va munosabatlarni
ifodalovchi belgilardir. Masalan, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish
faqat insonga xos belgidir. Boshqa tirik mavjudotlar
bunday faoli-
yat bilan shug‘ullanmaydilar.
Buyum va hodisalarning belgilari umumiy, muhim, farq
qiluvchi turlarga bolinadi. Bir sinfga mansub bolgan hamma
predmetlarga xos bolgan belgilar — umumiy belgilardir.
Inson-
lar sinf! uchun qaddini tik tutib yurish, kulish va boshqa shun-
day belgilarga misol boladi. Biror belgining o‘zgarishi yoki yo‘q
bolishi tushunchaning ham o‘zgarishi yoki yo‘q
bolishiga olib
keladigan belgi muhim hisoblanadi. Inson uchun aqllilik (tafak
kur qilish) muhim belgidir. Farq qiluvchi belgi predmetni o‘ziga
o‘xshash boshqa predmetlar orasidan tanib olishga imkon beruv-
chi belgidir. Masalan, har bir inson o‘ziga xos individual belgi
lari bilan boshqalardan ajralib turadi. Demak, tushuncha ma’lum
belgilariga ko‘ra bir to‘plamga birlashgan predmetlarning birligini
ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: