Falsafa asoslari


Ta’rif aniq bo‘lishi kerak, unda obrazli iboralar, mazmuni noaniq



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   221
Falsafa asoslari

2. Ta’rif aniq bo‘lishi kerak, unda obrazli iboralar, mazmuni noaniq
so‘zlar ishlatilmasligi kerak.
3. Ta’rif aylana shaklida bolib qolmasligi kerak, ya’ni aniqlovchi tu­
shunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning
o‘ziga murojaat qilish mumkin emas.
4. Ta’rif iloji boricha inkor shaklida bolmasligi kerak.
Thshunchalarni ta’riflash (definitsiya). 
Har bir inson hayoti 
davomida tushunchalarning aniq ta’riflanishiga ehtiyoj sezadi, 
tushunchaning ta’riflga asoslanib bilimga e^a bo‘ladi, voqea va 
hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini belgilaydi. Masalan, Majid 
Xavofiyning: «Sahiylik — bu (biror narsani) boshqa kishiga hech
217


qanday yomonlikni niyat qilmay va tamagirlikni o‘ylamay hamda 
shu narsaning qaytarilishiga umid boglamay tuhfa qilishdir», - de­
gan fikrini o‘qib, sahiylik tushunchasining mazmunini bilib olamiz. 
Tushunchaning mazmunini aniqlash, unga ta’rif berish demakdir.
Ta’riflash — definitsiya 
tushunchaning mazmunini ochib 
beruvchi mantiqiy amaldir.
Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar:
1. Tushunchani unga qarama-qarshi bo‘lgan tushuncha orqali ta’riflash.
2.
Tasvirlash 
— tushunchaning mazmunini u aks ettiruvchi predmet-
ning ba’zi tashqi belgilarini ko'rsatish orqali aniqlash.
3. 
Tavsiflash 
— predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur bel­
gilarini ko‘rsatish.
4. 
Ko‘rsatish 
(ostensiv ta’riflash) - predmetning o‘zini yoki suratini
ko‘rsatish orqali ta’riflash.
5. 
Misol keltirib ta’riflash. 
Bunda ta’riflanayotgan predmetning maz­
muni uni boshqa predmetga o‘xshatish, tafovutlash orqali aniqlanadi.
Biz kundalik hayotda va ilmiy bilishda qollaydigan tu­
shunchalarning ta’riflari yuqoridagi usullar orqali hosil qilingan.
Har bir fan doirasida qo‘llaniladigan atamalar qat’iy 
ta’riflangan bolib, ilmiy jamoat tomonidan qabul qilingandir. Bu 
ta’riflarni subyektiv xohishga ko‘ra o‘zgartirish mumkin emas. 
Kundalik hayotda qollaniladigan tushunchalar ijtimoiy hayot- 
dagi o‘zgarishlar, insonning yoshi, shaxsiy tajribasi, bilimi, dun- 
yoqarashi, ruhiy holati va boshqalar ta’sirida o‘zgarib turadi. Shu 
bois odamlar bir-birlarini tushunmasliklari, bir hodisaga nisbatan 
turli nuqtayi nazardan yondashishlari mumkin. Bunday holat- 
larda tomonlar avvalo bahsga sabab bo‘layotgan tushunchalarning 
mazmunini, ya’ni ta’rifini aniqlab olishlari zarur.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin