qanday yomonlikni niyat qilmay va tamagirlikni o‘ylamay hamda
shu narsaning qaytarilishiga umid boglamay tuhfa qilishdir», - de
gan fikrini o‘qib, sahiylik tushunchasining mazmunini bilib olamiz.
Tushunchaning mazmunini aniqlash, unga ta’rif berish demakdir.
Ta’riflash — definitsiya
tushunchaning
mazmunini ochib
beruvchi mantiqiy amaldir.
Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar:
1. Tushunchani unga qarama-qarshi bo‘lgan tushuncha orqali ta’riflash.
2.
Tasvirlash
— tushunchaning mazmunini u aks ettiruvchi predmet-
ning ba’zi tashqi belgilarini ko'rsatish orqali aniqlash.
3.
Tavsiflash
— predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur bel
gilarini ko‘rsatish.
4.
Ko‘rsatish
(ostensiv ta’riflash) - predmetning o‘zini yoki suratini
ko‘rsatish orqali ta’riflash.
5.
Misol keltirib ta’riflash.
Bunda ta’riflanayotgan predmetning maz
muni uni boshqa predmetga o‘xshatish, tafovutlash orqali aniqlanadi.
Biz kundalik hayotda va ilmiy bilishda qollaydigan tu
shunchalarning ta’riflari yuqoridagi usullar orqali hosil qilingan.
Har bir fan doirasida qo‘llaniladigan atamalar qat’iy
ta’riflangan bolib, ilmiy jamoat tomonidan qabul qilingandir. Bu
ta’riflarni subyektiv xohishga ko‘ra o‘zgartirish mumkin emas.
Kundalik hayotda qollaniladigan tushunchalar
ijtimoiy hayot-
dagi o‘zgarishlar, insonning yoshi,
shaxsiy tajribasi, bilimi, dun-
yoqarashi, ruhiy holati va boshqalar ta’sirida o‘zgarib turadi. Shu
bois odamlar bir-birlarini tushunmasliklari, bir hodisaga nisbatan
turli nuqtayi nazardan yondashishlari mumkin. Bunday holat-
larda tomonlar avvalo bahsga sabab bo‘layotgan tushunchalarning
mazmunini, ya’ni ta’rifini aniqlab olishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: