Falsafa asoslari


Abstrakt (mavhum) tushunchalarda



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   221
Falsafa asoslari

Abstrakt (mavhum) tushunchalarda 
predmetning
belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks
ettiriladi.
«oq», «bosim», «qo‘r~
quv»
Musbat (ijobiy) tushunchalarning 
mazmunida
predmet unga xos bolgan belgilar orqali fikr
qilinadi.
«aqlli», «uyli», «hu-
narmand»
Manfiy (salbiy) tushunchalarning 
mazmunida
predmet unga xos bolmagan belgilar orqali
fikr qilinadi.
«aqlsiz bola», «hayosiz
odam», «kuchsiz jang-
chi», «foydasiz ish»
Nisbatdosh tushunchalar 
esa zaruriy ravishda
bir-birining mavjud bo'lishini taqozo qiladi­
gan, biri orqali boshqasini bilish mumkin
bolgan predmetlarni yoki ularning belgi va
xususiyatlarini aks ettiradi.
«ustoz va shogird»,
«qattiq va yumshoq»,
«sevinch va qayg‘u->
Nisbatsiz 
tushunchalar 
zaruriy 
ravishda
bir-birining mavjud bolishini taqozo qil-
maydigan, nisbatan mustaqil, alohida mavjud
bolgan predmetlarni aks ettiradi.
«ustoz va shogird»,
«qattiq va yumshoq»,
«sevinch va qayg‘u»
Mazmuni noaniq tushunchalar. 
Kundalik hayotda va ilmiy 
bilishda qollaniladigan shunday tushunchalar bor-ki, ularning 
mazmunini aniqlab bolmaydi. Buning bir necha sabablari bor:
1. Voqelikdagi buyum va hodisalar, ularning xususiyatlari 
ko‘p qirrali va murakkabdir. Masalan, «sevgi», «haqiqat» shun­
day tushunchalar jumlasidandir. Bu tushunchalarni har bir inson 
o‘zicha talqin qiladi.
2. Olamdagi barcha narsa va hodisalar doimiy o‘zgarishdadir. 
Ba’zan bu o‘zgarishlarning vaqt chegarasi noaniq boladi. Ma­
salan, «yosh yigit», «qari odam» tushunchalarida «qachondan 
boshlab?» «qay vaqtgacha?» kabi savollarga aniq javob bolmagani 
uchun, bu tushunchalarning mazmuni noaniqdir.
3. Odamlar bir xil bolgan obyektlarni har xil baholaydilar. 
Masalan, «zerikarli film», «qiyin vazifa», «yoqimli kuy» va h.k. 
Shunday tushunchalarga nisbatan «nima uchun?» degan savolni
213


qo'ysak, hamma har xil javob beradi, natijada bu kabi tushuncha- 
larning aniq mazmunini bilib bolmaydi, lekin tasawur qilish 
mumkin. Bunday tushunchalar ilmiy adabiyotlarda yoki normativ 
hujjatlarda qollanilganda ularning mazmuni qat’iy aniqlab olina- 
di. Masalan, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi dasturda 
«yoshlar», «yosh oila», «yosh mutaxassis» kabi tushunchalarning 
mazmuni qat’iy belgilangan1.
Tushunchalarning mazmuni va hajmiga ko‘ra turlarini bilish 
fikrlash jarayonidagi noaniqliklarni bartaraf etishga, fikrni aniq 
va to‘g‘ri bayon qilishga yordam beradi. U yoki bu tushuncha­
ning mazmuni va hajmiga ko‘ra qaysi turga mansub ekanligini 
aniqlash unga mantiqiy tavsif berish deyiladi. Masalan:
Universitet — umumiy sanaladigan, to‘plovchi, aniq, musbat, 
nisbatsiz tushuncha.
Kentavr — bo‘sh hajmli, aniq, musbat, nisbatsiz tushuncha.
Bilimsiz — umumiy sanalmaydigan, mavhum, manfiy, nisbat- 
dosh tushuncha.
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bogliq bolib, bu 
bogliqlik teskari nisbat qonunida ifodalanadi. Bu qonunga ko‘ra 
tushunchaning hajmi keng bolsa, uning mazmuni tor boladi va 
aksincha, tushunchaning hajmi tor bolsa mazmuni keng boladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat 
qonuni tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amal- 
lar asosida yotadi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin