digan va sanalmaydigan bo‘lishi mumkin. Inson, stol, shoir — sanalmaydigan umumiy tushunchalar. XIX asr o‘zbek shoiralari, Nobel mukofotini olganlar — sanaladigan umumiy tushunchalar. Ayiruvchi tushuncha shunday sinf (umumiy) tushunchasiki, unda aks etgan belgilar shu sinfning har bir predmetiga xosdir. Fan, non. To‘plovchi tushuncha ham sinf (umumiy) tushunchasi bo‘lib, u aks ettirgan belgilar shu sinf- ni (umumiylikni) tashkil etuv- chi har bir predmetga taalluqli bolmaydi. < Qo‘shin, o‘rmon. Bo‘sh hajmli tushuncha real vo- qelikda mavjud bolmagan, le kin tushunchada ifodalanadigan buyum va hodisalarni aks ettiradi. Uchar gilam, kentavr, simob den- gizi. Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari to‘g‘risidagi axborot tashkil etadi. Masalan, «imij»
tushunchasining mazmunini — odamlar ongida muayyan shaxs,
tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obektga mos keladigan, idrok eti-
layotgan obyekt haqidagi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan
va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz
haqidagi ma’lumot tashkil qiladi.
Mazmuni bo‘yicha tushunchalar olti turga (konkret, abstrakt,
musbat, manfiy, nisbatdosh, nisbatsiz) bolinadi:
212
Mazmuni bo‘yicha tushunchalarning turlari Misollar Konkret (aniq) tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. «uy», «guidon», «trak- tor»