Falsafa asoslari


Ttishuncha so‘z bilan uzviy bogliq



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   221
Falsafa asoslari

Ttishuncha so‘z bilan uzviy bogliq. 
Ular o‘rtasidagi aloqadorlik 
tafakkur va til o‘rtasidagi boglanishning konkret tarzda namo­
yon bolishidir. Tushunchalar so‘z (talaba, universitet, qog‘oz) 
va so‘z birikmalari ( 0 ‘zbekiston Milliy universitetining talabasi, 
0 ‘zbekiston Milliy universiteti, rangli qog‘oz) yordamida ifodala- 
nadi. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, degan 
xulosa kelib chiqmasligi kerak. Ba’zi so‘zlar (ammo, Chunki, 
uchun va h.k.) hech bir tushunchani ifodalamasligi ham buning 
sabablaridan biridir. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir 
tilda ham turli xil so‘zlar bilan ifodalanadi. Tildagi omonim va 
sinonim so‘zlarning mavjudligi esa so‘z va tushunchaning aynan
210


emasligidan dalolat beradi. Ayrim so‘zlarning ko‘p ma’noliligi 
ba’zan tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shu 
sababdan kundalik hayotda qo‘llanadigan til bilan ilmiy til bir- 
biridan farq qiladi. Ilmiy til tabiiy til, sun’iy til va maxsus termin 
(atama)lardan tashkil topadi.
Termin (atama) ilmning har bir sohasida predmetlarni belgilash
uchun faqat bir ma’noda qoilaniladigan so‘z yoki 
so‘z
 birikmasidir.
Ilmiy tilda termin va tushuncha bir ma’noda qo‘llanadi
Tushuncha va so‘z shakllanishiga ko‘ra ham bir-biridan farq- 
lanadi. So‘zning shakllanishida so‘z yasovchi qo‘shimchalar 
ishtirok etadi. Shuningdek, o‘zlashtirma (boshqa tillardan kirib 
kelgan) so‘zlar ham milliy tillarda yangi so‘zlaming shakllani­
shiga sabab boladi, Tushuncha esa quyidagi mantiqiy usullardan 
foydalangan holda hosil qilinadi:
Taqqoslash 
usulida predmetlarning sifat va xususiyatlari o‘zaro so-
lishtirilib, tushuncha hosil qilinadi.______________________________

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin