Falsafa asoslari


Uchinchisi — istisno qonuni



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   221
Falsafa asoslari

Uchinchisi — istisno qonuni 
nozidlik qonunining mantiqiy 
davomi bolib, fikrning to liq mazmunini qamrab olib, bayon qi­
lingan ikki zid fikrdan biri chin, boshqasi yolg‘on, uchinchisiga 
o‘rin yo‘q ekanligini ifodalaydi.
Bu qonun fikrlar o‘rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. 
Agarda zid munosabatlar fikrning toliq mazmunini qamrab 
olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi 
ma’lum bolsa, unda «Uchinchisi — istisno» qonuni amal qil- 
maydi.
Istisno qonuni quyidagi holatlarda qollanadi:
1. Alohida olingan yakka buyumga nisbatan bir xil vaqt va 
munosabat doirasida o‘zaro zid fikr bildirilganda. Masalan:
Toshkent — 0 ‘zbekistonning poytaxti.
Toshkent — 0 ‘zbekistonning poytaxti emas.
2. Son va sifatiga ko‘ra o‘zaro zid mulohazalar bayon qilingan- 
da, buyum va hodisalarning sinfi haqida tasdiqlab bayon qilingan 
mulohaza bilan, shu sinf buyum va hodisalar ning bir qismi haqi­
da inkor etib bayon qilingan mulohazalardan biri chin, ikkinchisi 
yolg‘on, uchinchisiga o‘rin bolmaydi.
207


Masalan:
Hamma san’atkorlar qo‘shiqchidir.
Ba’zi san’atkorlar qo'shiqchi emas.
Bu ikki mulohaza bir vaqtda chin ham, yolg‘on ham bola 
olmaydi. Ulardan biri (Ba’zi san’atkorlar qo'shiqchi emas) albatta 
chin, ikkinchisi yolg‘on, uchinchi mulohazaga o‘rin yo‘q.
Demak, Uchinchisi — istisno qonuni:
1. Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan.
2. Umumiy tasdiq va juziy inkor etuvchi mulohazalarga nis­
batan.
3. Umumiy inkor va juziy tasdiq mazmunidagi mulohazalarga 
nisbatan qollanadi.
«Uchinchisi — istisno» qonunida ham, nozidlik qonunidagi 
kabi vaqt, munosabat, obyekt aynanligiga rioya etish shart, aks 
holda bu qonun o‘z kuchini yo‘qotadi, fikrning izchilligiga zarar 
yetadi va mantiqsizlikka yo‘1 qo‘yiladi.
«Uchinchisi — istisno» qonuni, boshqa mantiqiy qonunlar sin- 
gari, ziddiyatli mulohazalarning chin yoki yolg‘onligini aniqlab 
berolmaydi. Buning uchun voqea va hodisalarning rivojlanish qo- 
nuniyatlarini bilish talab qilinadi. Inson o‘z bilimlariga asoslan­
gan holda o‘2aro zid mulohazalardan qaysi biri chin yoki yolg‘on 
ekanligini aniqlaydi. Bu qonun o‘zaro zid mulohazalar bir vaqtda 
chin bolmasligini tasdiqlaydi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin