Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   221
Falsafa asoslari

Nozidlik qonuni. 
Inson tafakkuri aniq, ravshan bolishi bilan 
birga, ziddiyatsiz bolishi ham zarur. Ziddiyatsizlik inson tafak-
205


kuriga xos bolgan eng muhim xislatlardan biridir. Ma’lumki, 
obyektiv voqelikdagi buyum va hodisalar bir vaqtda, bir xil sha- 
roitda biror xususiyatga ham ega bolishi, ham ega bolmasligi 
mumkin emas. Masalan, bir vaqtning o‘zida, bir xil sharoitda 
inson ham axloqli, ham axloqsiz bolishi mumkin emas. U yo 
axloqli, yo axloqsiz boladi.
Bir vaqtning o‘zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taal- 
luqli bolmasligi tafakkurda nozidlik qonuni sifatida shakllanib 
qolgan. Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yol qo‘ymaslikni 
talab qiladi va tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil bolishini 
ta’minlaydi.
Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan 
ikki o‘zaro bir-birini istisno qiluvchi (qarama-qarshi yoki zid) 
fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bolishi mum­
kin emasligi, hech bolmaganda ulardan biri, albatta, yolg‘on 
bolishini ifodalaydi. Bu qonun «А ham В ham В emas bola 
olmaydi» formulasi orqali beriladi.
Nozidlik qonuni qarama-qarshi va zid mulohazalarga nis­
batan qollanadi. Bunda qarama-qarshi mulohazalarning har 
ikkalasi ham bir vaqtda yolg‘on bolishi mumkin; o‘zaro zid 
mulohazalar fcsa, bir vaqtda yolg'on bolmaydi, ulardan biri 
yolg‘on bolsa, ikkinchisi albatta chin boladi. Qarama-qarshi 
mulohazalarda esa, bunday bolmaydi, ya’ni ulardan birining 
yolg‘onligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi. Masalan: 
«Aristotel — mantiq fanining asoschisi» va «Aristotel — mantiq 
fanining asoschisi emas» — bu o‘zaro zid mulohazalardir. Bu 
zid mulohazalarning har ikkalasi bir vaqtda yolg‘on bolmaydi. 
Ulardan birinchisi chin bolganligi uchun, ikkinchisi yolg‘on 
boladi. 0 ‘zaro qarama-qarshi bolgan «Bu qog‘oz oq rangda» 
va «Bu qog‘oz qora rangda» mulohazalarining esa ikkalasi bir 
vaqtda, bir xil nisbatdayolg‘on bolishi mumkin. Chunki qog‘oz 
oq ham, qora ham bolmasligi, balki sariq, qizil yoki boshqa 
rangda bolishi mumkin.
Ba’zida ikki qarama-qarshi fikr aytilganda mantiqiy ziddiyat 
bolmasligi mumkin. Bunda bir masala yuzasidan bayon qilin­
gan qarama-qarshi flkrlar turli vaqtda va turli nisbatda aytilgan
206


boladi. Masalan: «Akmal musobaqada qatnashmadi» va «Akmal 
musobaqada qatnashdi». Bu mulohazalar turli vaqtga nisbatan 
(bir oy awal yoki keyin), turli munosabatda (suzish yoki shaxmat 
bo'yicha) bayon qilingani tufayli bir-birini inkor etmaydi. De- 
mak, fikrlash jarayonida vaqt, munosabat va obyekt birligining 
saqlanishi Nozidlik qonunining amal qilishi uchun zaruriy shart- 
sharoit hisoblanadi.
Mantiq ilmi umuman har qanday zid mulohazalarni taqiq- 
lamaydi, balki bir masala yuzasidan bir xil vaqt va munosabat 
doirasida o‘zaro zid, qarama-qarshi mulohazalarni bayon qilish 
mumkin emasligini ta’kidlaydi.
Formal mantiq mantiqiy ziddiyatlar bilan real hayot ziddiyat- 
larini chalkashtirib yuborishni qoralaydi. Chunki bulardan bi- 
rinchisi tafakkurda yo‘1 qo‘yib bolmaydigan ziddiyat bolsa, ik- 
kinchisi buyum, hodisalar taraqqiyotining ichki manbaini tashkil 
qiladigan dialektik ziddiyatdir. Birinchisi subyektiv, ikkinchisi 
obyektiv ziddiyatdir.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin