IKKINCHI BO‘LIM. MANTIQ FALSAFASI (LOGIKA)
10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari.
Tushuncha tafakkur shakli sifatida
Mantiq ilmi o‘rganadigan masalalar va uning asosiy qonunlari.
Mantiq ilmi jamiyat tarixida ikki ming yildan ko‘proq davr mo-
baynida o‘rganib kelinadi. Uni o‘rganish insonga olamni bilish, bi-
limlarini ko‘paytirish, atrofidagi odamlar bilan muloqotini to‘g‘ri
tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyatiga ega bolgan
inson to‘g‘ri tafakkur shakllari va ular bilan bogliq qonun-qoidalar-
ni bilib olar ekan, o‘z fikrini mantiqan to‘g‘ri qurishga,
asoslangan
bolishiga, nafaqat o‘zining balki boshqalaming ham fikrlaridagi
noaniqliklami aniqlashga va tuzatishga o‘rganadi. Bu ish uzoq ta-
rixga ega bolgan mantiq ilmini chuqur bilishni taqozo etadi.
Mantiq ilmining alohida fan sifatida
shakllanishi Qadimgi
Yunon faylasufi Aristotel (er. av. 384—322-yy.) nomi bilan bogliq.
U birinchi bolib, ushbu ilm o'rganadigan masalalar doirasini
aniqlab berdi. Aristotelning «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Bi
rinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Soflstik raddiyalar haqi
da» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga baglshlangan.
Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari ham mantiqiy ta’limotining
muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Ruh haqida»
asarlarida esa mantiq masalalari ma’lum darajada bayon qilingan.
Aristotel o‘z ta’limotini «logika» emas, «analitika» deb atagan.
Logika termini er.av.
Ill asrdan boshlab, fanni ifodalovchi term in
sifatida qollanila boshlagan.
«Mantiq» so‘zi yunon tilidagi «logika» so‘zining arabcha tar-
jimasidir. «Logikos» — so‘z, aql,
aql yuritish, qonun ma’nolarini
beruvchi keng qamrovli termindir. «Mantiq» istilohining qamrovi
ham «logos»niki kabi bolib, uning o‘zagi «so‘zlashuv» ma’nosini
beradigan «nutq» so‘zidir'.
Biz «mantiq» istilohini fanni ifodalash uchun qollaymiz.
Mantiq shakllari orasida quyidagilar muhim o‘rinni egallaydi:
Dostları ilə paylaş: