doim oziq-ovqat taqchilligi hukm surayotgan mamlakat xalqlari
hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mintaqalarda ekiladigan yer may-
donlari aholi jon boshiga nisbatan kamayib, 0,2 ga ni tashkil
etmoqda. Holbuki, 1950-yilda bu ko‘rsatkich 0,5 ga ni tashkil
etgan edi.
Oziq-ovqat zaxiralarining o‘sishini, bir tomondan, ishlana-
digan yer maydonlarini
kengaytirish hisobiga, ikkinchi tomon
dan ekilayotgan maydonlarning hosildorligini oshirish hisobiga
ta’minlash mumkin. Keyingi paytlarda hosildorlikni ko‘paytirish
ustida juda ko‘p ishlar qilinib, o‘tgan asrning 80-yillari oxir-
lariga kelib dunyo miqyosida yetishtirilgan mahsulot o‘sishining
90% hosildorlikni ko‘tarish hisobiga to‘g‘ri keldi. Ammo, bizga
ma’lumki, bunday muvaffaqiyatlarga tabiatga haddan ziyod qi
lingan qattiq zug‘um natijasida erishildi. Juda ko‘p yerlar bun
day tazyiqqa dosh bera olmasdan ishdan chiqa boshladi. Bugungi
kunda ana shu yerlarni tabiiy holatiga qaytarish uchun imkoniyat
qolmadi.
Bunday tahlikali holatning sabablarini aholining tabiiy o‘sishi
nihoyatda tez sur’atlar bilan ko‘paygani,
ularning ish va oziq-
ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan
intilishi bilan tabiiy muhitning ekologik muvozanatini saqlash
uchun yetarli mablag‘ni topa olmayotganligidan izlash kerak.
Rivojlangan va kam taraqqiy etgan mamlakatlar o‘rtasidagi
tafovutni yo‘qotish ham davrimizning eng chigal jahonshumul
muammolari qatoridan o‘rin oldi. Rivojlangan mamlakatlarda
zamonaviy texnologiya, ilg'or ishlab chiqarish malakasi va insoni
yatning ilmiy-texnika yutuqlari sistemalashtirilgan bilimlar zaxi-
rasi to‘planib, shu bilan birga aholining tabiiy o‘sish darajasining
pastligi boshqa mamlakatlarga nisbatan o‘z mamlakati aholisi-
ning iqtisodiy yashash tarzining beqiyos darajada yaxshilanishiga
olib keldi. Bu mamlakatlarda olib borilayotgan
iqtisodiy siyosat-
ning o‘ziga xos tomonlari shundaki, mazkur mamlakatlarda in-
dustrlashtirish jarayoni o‘tgan asrimizning 70-yillari boshidayoq
tugallanib, eng‘ avval AQSH, keyinchalik Germaniya,
Yaponiya
va boshqa rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarish taraqqiyo-
tining yanada yuqoriroq bosqichiga o‘ta boshladi. Bunda ilmiy-
197
texnika yutuqlari ko‘proq talabga mos va yuqori texnologiyani
rivojlantirishga ko‘p e’tibor berdi, tabiiyki, oqibatda juda katta
foyda olina boshlandi. Bunday ishlab
chiqarish jarayonida ma-
lakasiz yoki kam malaka va bilimga ega bolgan ishchi kuchlariga
ehtiyoj keskin kamayib ketadi.
Bunda iqtisodiy taraqqiyot darajasi tabiiy resurslar yoki ishlab
chiqarilgan mahsulotlar bilan emas, balki ilmiy-bilim, texnologi
ya, murakkab mashina va uskunalar bilan olchanadi. Rivojla-
nayotgan mamlakatlar bu darajaga yetishish uchun bir qator ja-
rayonlardan o‘tgan.
Birinchidan, bu mamlakatlar tabiiy boyliklari hisobiga ort-
tirilgan milliy daromad miqdorining mamlakat aholisi jon boshi-
ga tushadigan salmogl keskin darajada ko‘paydi.
Ikkinchidan, mamlakat aholisining tug‘ilishini chegaralash,
ularga sarflanadigan mablag'ni yuqori texnologiyani egallashda
zarur bolgan mutaxassislar yetkazish uchun sarflash ko‘zda tu-
tildi.
Uchinchidan,
ilmiy tadqiqot, oliy o‘quv yurtlari va maorifga
taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy manba sifatida qarab, birinchi
darajali ahamiyat berildi. Chunki yuqori texnologiyani egallash
yuqori malakali ilm egalarini talab qiladi. Ijtimoiy taraqqiyot da-
rajasini belgilovchi eng asosiy omil —
ilmiy tafakkur esa jamiyat
a’zolarining ma’rifatlilik darajasini belgilab beradi. Bu sohada, bu
tun jahon miqyosida fan va ta’limga 3—4% yalpi milliy mahsulot-
ning miqdorida mablag1 ajratilayotgan bir paytda, 0 ‘zbekistonda
bu ko‘rsatkich bir necha marta ko‘p miqdorda ekanligi kelajakka
katta umid bilan qarashga imkon tug‘diradi.
XX asrning so‘nggi o‘n yilligida ba’zi mamlakatlar o‘rtasidagi
iqtisodiy ko‘rsatkich orasidagi tafovut tobora kuchayib bordi.
Agar XX asrning 60-yillarida Hindistonda ishlab chiqariladi-
gan yalpi ijtimoiy mahsulot jon boshiga 50—70 dollarni tashkil
etgan bolsa, Afg‘onistonda 60-70 dollar, Turkiyada 243 dollar,
Yaponiyada 1400 dollar, AQShda 3600—3800 dollar bolgan. 1994
yilgi ma’lumotlarga muvofiq, yalpi milliy mahsulot jon boshiga
Hindistonda 370 dollar, Afg‘onistonda 80 dollar, Turkiyada 3900
dollar, Bangladeshda 125 dollar, Germaniyada 22 ming dollar,
198
Italiyada 14,8
ming dollar, AQShda 26 ming dollar, Janubiy Ko-
reyada 8,7 ming dollar, Yaponiyada 37000 dollar bolgan.
Demak, kambag‘al davlatlarning kambag‘allashishi yanada
kuchayib bormoqda. Buning bosh sababchisi,
shu mamlakat-
lardagi demografik jarayon ekanligi ta’kidlanmoqda. Aholining
faqat miqdoriy o‘sishining o‘zi ko‘r-ko‘rona yaxshi yashash tarziga
olib kelavermaydi. Buning uchun mamlakat aholisining e’tiqodi,
milliy psixologiyasi, qadriyat va an’analarini hisobga olgan holda
faol demografik siyosat olib borish zarur.
Dostları ilə paylaş: