Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   221
Falsafa asoslari

Umumbashariy muammolar. 
Odamzod nasli XX asming ikkinchi 
yarmida globallashuv natijasida shunday muammolar domiga tortil- 
diki, endilikda ularning iskanjasidan qutulib ketish yoki ketmaslik 
bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar XX asming 
birinchi yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umum­
bashariy muammo — yadro halokatining oldini olish ko£ndalang 
bolib turgan bolsa, endi o‘zgardi. Aholi tabiiy o‘sishining yuqori 
darajasi saqlanib qolishi, fan-texnika yutuqlaridan tor manfaat- 
lar yolida foydalanishga ruju qilinishi va bir qator mintaqalarda 
murakkab ekologik vaziyatning vujudga kelishi masalani chigal- 
lashtirib yubordi. Oqibatda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida turli 
tipdagi bashoratlar kelib chiqdi. Ana shundiy sharoitda har bir 
aql-zakovatli odam «Bunday yolda qanday muammolar, qiyin- 
chiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini yetarli darajada
189


aniq tasavvur qilayapmizmi? degan savolni o‘z oldiga ko‘ndalang 
q o ‘y is h i 
va unga javob topishi zarur bolib qoldi. Bu savolni butun 
jahon xalqlarining ishtirokisiz hal etib bolmaydi.
Tabiatga kishilarning zug'umi kuchaya borgan sari tabiiy 
muvozanatning buzilishi oqibatida kishilarning yashash tarzi, 
sogligl, ijtimoiy muhitga bolgan aks ta’siri tobora halokatli tus 
ola boshladi. Insoniyat bunday tahlikali holatdan faqatgina har 
qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa man- 
faatlarini keyinga surib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar te- 
varagida jipslashish, zudlik bilan ta’sirli choralar qollash orqa- 
ligina qutulishi mumkin. Shu ma’noda butun dunyo yagona va 
o‘zaro bogliqdir. Bizning mushtarak burchimiz yer yuzini bo- 
lalarimiz va nabiralarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun 
munosib qilib qoldirish ekanligi shubhasiz.
Hozirgi paytda insoniyatga xavf solib turgan umumbashariy 
muammolar deganda butun dunyo, barcha davlatlar va xalqlarning 
ishtirokisiz yechish mumkin bolmagan muammolar tushuniladi.
Bunday muammolar quyidagilardir:
— termoyadro urushi xavfming oldini olish va qurollanishni 
bartaraf etish;
— jahon lqtisodiyoti va ijtimoiy hayotning o'sishi uchun 
qulay shart-sharoit yaratish;
— iqtisodiy qoloqlikni tugatish; yer yuzida qashshoqlik va 
ochlikka barham berish;
— tabiiy boyliklardan oqilona va kompleks yondashgan holda 
foydalanish;
— insoniyatning baxt-saodati yolida fan-texnika yutuqlari- 
dan foydalanish uchun xalqaro hamkorlikni yanada faollashtirish 
(eng xavfli kasalliklarga qarshi kurash, koinotni o‘zlashtirish);
— dunyo okean boyliklari va imkoniyatlaridan unumliroq 
foydalanish; ozon qatlami yo‘qolishi xavfining oldini olish va 
h.k.;
— insoniyat va uning kelajagi to‘g‘risidagi o‘zaro hamkorlikda 
jiddiy tadqiqotlar olib borish; kishi organizmining tobora tez 
sur’atlar bilan o‘zgarayotgan sun’iy va tabiiy muhitga moslashish 
jarayonini ilmiy tahlil qilish.
190


Insoniyat oldida ana shu xildagi muammolarning ko‘ndalang 
turib qolishining o‘ziyoq kishilik sivilizatsiyasi o‘ta murakkab, 
o‘ta qaltis bir jarayonni boshidan kechirayotganligidan darak be­
radi. Umumbashariy muammolarning ba’zi bir guruhlari mav- 
judki, ularni hal qilishning o‘zidayoq butun planetamizdagi ijti­
moiy hayotning keyingi ming yillikdagi aniq manzarasini chizib 
berish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday 
muammolar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi:
Birinchidan, hozirgi paytdagi mavjud ijtimoiy kuchlar 
o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar (ijtimoiy-iqtisodiy sistemalar 
o‘rtasidagi, mintaqaviy ziddiyatlar, davlatlar, milliy va diniy nizo- 
lar va h.k.) bolib, bular shartli ravishda «intersotsial» muammolar 
deb hisoblanadi. Ular urush va tinchlik, mehnat resurslaridan 
foydalanish darajasi va shu kabilarni ham qamrab oladi.
Ikkinchidan, «inson va jamiyat» o‘rtasidagi munosabat bi­
lan bogliq muammolar bolib, bularga ilmiy-texnika taraqqiyoti 
(ITT); maorif va madaniyat; aholi ko‘payishining tez sur’atlar bi­
lan ildam ketishi — «demografik portlash», kishilar salomatligini 
saqlash, kishi organizmining nihoyatda tez o'zgarib borayotgan 
ijtimoiy muhitga moslashishi, Shuningdek, insoniyatning kelajagi 
kabi masalalarni kiritish mumkin.
Uchinchidan, «inson — tabiat» munosabatlariga esa xom 
ashyo resurslarini tejash, aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan 
ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish kabi muammolar kiradi. Bu 
guruh muammolar ijtimoiy omillar ta’sirida vujudga keladi, ular­
ni hal qilishda esa ijtimoiy omillarning o‘rnini va ahamiyatini 
to‘g‘ri anglagan holdagina masalaning tub mohiyatini tushunish 
mumkin.
Xuddi Shuningdek, sof ijtimoiy umumbashariy muammolar­
ning yechimida tabiiy omillarning bu jarayonga bevosita ulanib 
ketishini ham nazardan soqit qilmaslik kerak. Ham ijtimoiy, ham 
tabiiy omillar asosida yuzaga chiqadigan umumbashariy (global) 
muammolar bir butunlikni tashkil etib, ularga har tomonlama 
(kompleks) yondashish kerakligini hayotning o‘zi taqozo etmoq- 
da. Bu esa, o‘z navbatida, falsafa fani zimmasiga katta mas’uliyat 
yuklaydi.
191


Insoniyatning kelajagi to‘g‘risida tarixda turli-tuman bashorat- 
lar mavjud, ular bir necha xillarga bolinadi. Masalan, xalqi­
mizning ilk tarixiy qadriyatlaridan bolgan muqaddas «Avesto» 
yozma yodgorligi ham umumiy bir tarzda insoniyatning kelgusi 
istiqbolini bashorat qilib, kishilarni mushtarak maqsadlar tomon 
yo‘naltirishga harakat qilgan. Bunday bashoratlar diniy mazmun- 
ga asoslangan bolib, o‘z davri uchun katta ahamiyat kasb et­
gan edi. «Avesto»da Zardusht olim idan so‘ng 3000 yil olgandan 
keyin, erkin farovonlik zamoni keladi, Axura Mazda qudrati 
Axriman yovuzligi ustidan to la g‘alaba qozonadi, deya ishonch 
bildirilgan edi.
Ikkinchi xil bashoratlar o‘rta asrlarda keng tarqalgan, hozirda 
ham G ‘arb mamlakatlarida shuhrat qozonayotgan bir qator G ‘arb 
futurologiyasi mazmuniga ega. G ‘arb futurologiyasining mashhur 
namoyandalaridan Fon Karman, Ye.Shervin, G.Kan va boshqa- 
lar insoniyatning kelgusi istiqbolini, asosan, yadro halokati yoki 
boshqa bir umumbashariy muammolar bilan boglab pessimistik 
manzaralarni chizib ko‘rsatishga urinadilar.
Kishilik jamiyatining kelgusi istiqboli to‘g‘risida jiddiy ilmiy 
bashoratlar orasida 1968-yilda A. Pechchei tomonidan asos solin- 
gan «Rim Rlubi» a’zolari bolgan J. Forrester, D. Medouz, Ya. 
Tinbergan, A.King va boshqalar tayyorlagan hisobotlarning il­
miy ahamiyati nihoyatda katta. Ularda insoniyatning kelgusi is­
tiqbolini shubha ostida qoldirayotgan umumbashariy muammolar 
kolamining kengayib borishi, kishilar tomonidan tabiatga qilina- 
yotgan zug‘umning mudhish oqibatlari qanday bolishi to‘g‘risida 
jiddiy mulohazalar yuritiladi. «Rim klubi» a’zolari tomonidan 
qilingan bashoratlar ilmiy-falsafly mazmunga ega bolib, unda 
asosan tajriba sinovidan o‘tgan bilimlar va mantiq qonunlari va 
kategoriyalariga suyangan holda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida 
muhim ilmiy xulosalar bayon qilingan.
Demak, insoniyat taraqqiyotining kelgusi istiqbolini belgi- 
lashdagi eng muhim belgilar sirasiga umumbashariy muammolar 
tabiatini chuqur anglash, bu muammolarning yechimi umumin­
soniy mushtarak manfaatlar yolida hamjihatlikda qilingan sa’y- 
harakatlar ekanini alohida ta’kidlash lozim. Ana shunday misollar
192


anchagina. Masalan, 1955-yil 31-yanvarda Frederiko Julio Kyuri 
(u shu paytda jahon ilmiy xodimlari federatsiyasi tashkilotining 
prezidenti edi) Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rasselga xat 
orqali murojaat qilib, yadro qurolining juda xavfli tus olayotgan- 
ligini, bu falokatning oldini olish uchun fan arboblari birgalikda 
harakat qilishi lozimligini bildiradi. B. Rassel F. Kyuri taklifini 
qo‘llab-quwatlab, bu murojaatga imzo chekuvchi vakillar bir xil 
siyosiy oqim tarafdorlari bolib qolmasligi, bunda jahondagi bar­
cha kuchlar, har bir xalq, jamiyat vakillari ishtiroki zarurligini 
ta’kidlaydi.
Masalaga bunday yondashish falsafiy tafakkur taraqqiyotining 
yangi bosqichini boshlab bergan edi. Bu esa ilmiy-siyosiy ada- 
biyotlarda «yangicha tafakkur uslubi» deb atalgan va jahonning 
eng atoqli olimlari A. Eynshteyn, F. Julio Kyuri, M. Born, L. Po­
ling va boshqalar tomonidan imzo qo‘yilgan manifestga asos qilib 
olingan edi. Natijada 1955-yil 9-iyul kuni B. Rassel tomonidan 
o‘tkazilgan matbuot konferensiyasida «Rassel-Eynshteyn mani­
fest» nomi bilan shuhrat qozongan, butun Yer yuzi aholisiga, 
siyosat va davlat arboblariga qaratilgan mashhur chaqiriq e’lon 
qilingandi. U hozirgi paytda tinchlik va qurolsizlanish uchun 
kurashuvchi Paguosh harakatini boshlab bergan edi. Mani- 
festda: «Biz yangicha flkr qilishga odatlanishimiz kerak. Biz o‘z- 
o‘zimizdan u yoki bu guruh mamlakatlarning harbiy g‘alabasini 
ta’minlash uchun nimalar qilish zarur, deb emas, balki yadro 
halokati va uning dahshatli oqibatlari qanday bolishi mumkinligi 
to‘g‘risida insoniyatni ogohlantirish uchun nimalar qilding, deb 
so‘rashimiz kerak», — degan so‘zlar bor edi.
«Rassel-Eynshteyn manifesti» chop etilganiga ham mana 60 
yilga yaqin vaqt o‘tdi. Bu vaqt mobaynida yadro qurollarini ish­
lab chiqish va sinab ko‘rish kolami bir necha barobar ko'paydi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘tgan vaqt mobaynida qurolla- 
nishga 18—20 trln. dollar mablag‘ sarflandi. Hozirgi kunda harbiy 
sohalar uchun har yiliga 1,4 trln. dollar miqdorida mablagc ajra- 
tilmoqda. Bir kunda qurol-yaroqqa ajratiladigan mablag' 3,4— 
3,5 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun quyidagi 
raqamlarga murojaat qilamiz. Jahon sogliqni saqdash tashkilo-
193


tining bezgakka qarshi kurash tadbirlari uchun bir yilda 28—30 
mln. dollar ajratishini, xalqaro nufuzli tashkilot YUNESKOning 
bir yillik budjeti 950—980 mln. dollar miqdorida ekanligini hi- 
sobga olsak, masala oydinlashadi.
Harbiy sanoat o‘z domiga tabiatning shunday noyob boyliklari- 
ni tortayaptiki, bu sarf-xarajatlar o‘sish sur’atining tezligiga qarab 
beixtiyor o‘z kelajagimiz to‘g‘risida xomush xayollar og'ushida 
qolmasdan iloj yo‘q. Bu soha faqat tabiiy resurslar bilan chekla- 
nib qolmasdan, balki, o‘ta kamyob aql egalari, talantli kishilar­
ning aqliy faoliyatini ham o‘z izmiga solib, oqibatda, ilmiy-texni- 
ka taraqqiyotining insoniyat manfaatiga qaratilgan yo‘nalishiga 
asosiy to‘siq bolib qolmoqda.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin